108
Kasb-hunarlarga oid ma’lumotlar
iborat bo‘lishi kerak. Agar maktab yoki uyingizdagi eshiklarning qulflarini
tuzatish zarurati tug‘ilsa, ana shu ishni bajarishingiz lozim.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Eshik qulflarining qanday turlarini bilasiz? Ularni ta’riflang.
2. O‘yma eshik qulfining tuzilishini tushuntiring va ko‘rsating
.
3. Eshik qulfini o‘rnatish tartibini so‘zlab bering.
4. Eshik qulflarida qanday nuqsonlar bo‘ladi va ular qanday bartaraf etiladi?
5. Eshik qulfining surma zulfi
n yoki lo‘kidoni uyaga to‘g‘ri
kelmay qolganida nima
qilish kerakligini ayting.
6. Eshik qulflarini tuzatishdagi xavfsizlik texnikasi qoidalarini so‘zlab bering.
7
. Sopol bak tuzilishini tushuntiring.
8
. Qalqovuchli kranning tuzilishi va ishlash prinsipini sinfdoshingizga tushuntiring.
9
. Yopishtirma qulfning tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring.
10. eshikka qulfni o‘rnatish ketma-ketligini izohlang.
Mustaqil amaliy ish
Sopol bakni ta’mirlash ketma-ketligi asosida mashqlar bajaring. Yopishtirma va osma
qulflarni ta’mirlash va o‘rnatish bo‘yicha mashqlar bajaring.
Ro‘zg‘orshunoslik bo‘limida
buyum va mahsulot turlari, ularni tayyorlash, ishlov
berish usullari va amalga oshirish bosqichlarini bilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malaka
-
larni egallash bilan birga sohaga oid quyidagi kasb-hunarlar bo‘yicha ham ma’lumotlarga
ega bo‘lasiz:
• Suv, gaz ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini o‘rnatish, ta’mirlash
va ishlatish
ustasi.
•
Santexnika ishlari ustasi.
•
elektr-gaz
payvandchi
.
•
Gaz va suv iste’
moli nazoratchi-operatori.
109
•
Sanitariya-texnik tizimlar, texnologik quvurlar tugunlari
va detallarini tayyorlash
bo‘yicha chilangar.
•
kir yuvish mashinalari va kimyoviy tozalash jihozlariga xizmat ko‘rsatish va
ta’mirlash bo‘yicha texnik.
• Maishiy buyum va ashyolarni tozalash, kiyimlarni oqartirish va bo‘yash mashinalari
operatori.
• Duradgorlik va pol yotqizish ishlari ustasi.