Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik


O‘yma qulflarni tuzatish va o‘rnatish



Yüklə 3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/154
tarix27.12.2023
ölçüsü3 Kb.
#199813
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   154
Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun dar

O‘yma qulflarni tuzatish va o‘rnatish
Eshik qulflari o‘yma (8
3
-rasm) va yopishtirma (8
4-rasm) bo‘ladi. 
Qulflar xonadon eshigini ishonchli berkitishga mo‘ljallangan. Ularning 
uzoq vaqt ishlashi va mustahkamligi o‘z joyiga yaxshi o‘rnatilishiga, to‘g‘ri 
ishlatilishiga va vaqti-vaqtida qarab turilishiga bog‘liqdir. Odatda, har bir 
eshik qulfi bilan birga uning eng kamida uchta kaliti bo‘lishi kerak. Qulf
-
larning tuzilishi har xil: oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Oddiy qulflar 
arzon, lekin ishonchsizroq bo‘ladi.
Quyida o‘yma eshik qulfining tuzilishi va ishlash prinsipini ko‘rib chiqamiz.
qulf shtreben – 1 (teshiklar ochilgan va 
eshik kesakisiga mahkamla nadigan bur-
chakli qoplagich), plastina – 2 (uning 
teshi 
gidan surma zulfin – 3 va lo‘kidon –

o‘tadi), uzatuvchi richag – 4, vtulka – 5, 
boshqaruvchi tutqich – 7, surma mexa
-
nizmning prujinasi – 6, plastinka – 8, 
plastinka va prujinalar to‘plami –
10 dan 
tuzilgan.
Sizlar qulfning tuzilishini yaxshi 
bilib 
olgach, undan to‘g‘ri foydalanish
-
dan tashqari, qulfning ayrim nuqsonlari
-
ni o‘zingiz bartaraf eta oladigan bo‘lasiz.
Ko‘pincha qulf zulfin prujinalari
-
ning yoki qulf teshigi plastinalarining
tushib yoki surilib ketishi natijasida 
buziladi. Bunday hollarda zulfin ham, 
lo‘kidon ham ishlamaydi. Shuning uchun 
o‘yma yoki yopishtirma eshik qulfining
qopqog‘ini chiqarib olib, prujinalar
-
ni o‘z joyiga o‘rnatish, ularni tegishli 
chek lagichlar bilan ta’minlash va ularni 
solidol bilan moylab, qopqoqni yopish 
kerak. Ularni kalit solib tekshirilganda 
ishlasa, demak, qulf tuzatilgan bo‘ladi. 
83-rasm.
o‘yma qulfning tuzilishi.
84-rasm. 
Yopishtirma qulflar:
a – qutisimon; b – qutisimon ikki 
aylanadigan saqlagichli; d – qutisi-
mon surmali va saqlagichli.


107
Eshik qulflari buzilishining boshqa sabablari ularni qattiq kuch bilan ochib-
yopish, qoidali o‘rnatilmagani bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda eshikning 
singan joyiga mos bruska qo‘yib mustahkamlanadi va eshik qulfining teshi
-
gini boshqa joydan ochiladi.
eshikning qulf uchun ochiladigan teshigini rejalashda qulfning bo‘yi 
va eni 1–2 
mm
qo‘yim bilan belgilanadi. Shunda qulf uyaga bemalol joyla-
shadi. Shundan so‘ng qulf uyasi o‘yiladi, rejalanadi, parmalab kalit uchun
teshik 
ochiladi. Qulfni uyaga kiritib, uning to‘g‘ri turishi tekshiriladi, qulf
-
ning tayanch plastinasi uchun o‘yiq belgilanadi. Shundan so‘ng qulfni 
chiqarib olib, plastina uchun belgilangan o‘yiq o‘yiladi va qulfni uyaga kiri
-
tib, burama mixlar bilan mahkamlanadi.
Eshik tutqichlarini o‘rnatishda qulf plastinalarining o‘rnini ham belgi
-
lash, tutqich va kalit uchun ochiladigan teshiklarni ham hisobga olish zarur. 
Qulf plastinalari to‘g‘ri o‘rnashgach, burama mixlar bilan mahkamlanadi. 
eshik tutqichlarini o‘rnatishda tashqari tutqichni vtulka – 5 ning uyasiga 
kiritiladi, kvadrat sterjenning bo‘sh uchiga esa ichki tutqichni tegishli ho
-
latda kiydiriladi va shtift bilan mustahkamlanadi. Eshikni yopib va kalit
ni 
qulfga solib, zulfin hamda lo‘kidonni bir necha marta u yoq-bu yoqqa su
-
rib, ular uchun eshik kesakisining qayer
laridan 
uya ochish kerakligi belgilanadi. keyin ular-
ni lo‘kidon va surma zulfinga moslab, 3–5 
mm
qo‘shib o‘yiladi. Shundan so‘ng uyalar ustiga 
qoplagich o‘rnatiladi va qulfni ochib-yopib ba
-
jarilgan ish tekshirib ko‘riladi.
Qulflar ishlamasligining yana boshqa sabablari 
ham bo‘ladi. bular eshiklarning qiyshayib yoki 
tob tashlab qolishidir. Bunday paytlarda eshik
larni 
dastlabki holatiga qaytariladi. bu ishlar tegishli 
tuzatishlar orqali amalga oshiriladi va eshikning 
oshiq-moshiqlarini boshqatdan mustahkamlab 
o‘rnatiladi. Agar bu usul yordam bermasa, uyani egov bilan kengay
tirish va 
zulfinni bemalol uyaga kira oladigan qilish lozim 
(85-rasm).
Ushbu mashg‘ulotdagi amaliy ishlar eski qulfl arni tuzatishdan, uyalarni 
o‘yish va ularni oldin dan tayyorlab qo‘yilgan bruskalarga o‘rna tishdan 

Yüklə 3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin