Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Jamoada shakllanish
Bu 
jamoa 
ichida 
kishining 
turli 
qobiliyatlari 
shakllanadi va bu qobiliyatlar 
turli jamoalarga kirish va 
chiqish imkonini beradi. Har 
bir yosh pogʻonasiga oʻtish bu 
doim "tugʻilish" ni bildiradi 
ya’ni hayotning yangi shakliga 
kirish demakdir. Shu tarzda 
inqirozlarni 
ikki 
guruhga 
boʻladi: "tugʻilish" inqirozlari (bunday yashash mumkin emas) ikkinchisi, 
rivojlanish inqirozlari (sen kabi boʻlmoqchiman) va oʻzini anglashning yangi 


239 
usullarini qidirish va boshqalar. Hayotiy inqirozlar chet el psixologlaridan 
Sh.Byuller, B.Livexut, E.Erikson kabilarning diqqat e’tiborida boʻldi. Inson 
hayotning davrlariga, bosqichlarga boʻlgan holda, ular bir bosqichdan 
ikkinchisiga oʻtish davridagi qiyinchiliklarga e’tibor berishadi. Bundan tashqari 
ayollar va erkaklarda uchraydigan inqirozli qodisalar xususiyatlari orqali
inqirozni keltirib chiqaruvchi omillarni taqlil etadi.1980 yillarda AQShda 
Amerikalik jurnalist Geyil Ishnxiyning "kishilar hayotidagi bashorat qilish 
mumkin boʻlgan inqirozlar" nomli maqolasida Amerika oʻrta sinflarining yuqori 
qatlamlaridagilarini hayotini umumlashtirish asosida 4 ta inqirozni ajratadi: 
"Tomirlarni sugʻirish" ota onadan mustaqillikka chiqish (16 yosh). Maksimal 
yutuqlar (23 yosh) hayotiy rejalar korreksiyasi (30 yosh) hayotning oʻrtasi (37 
yosh) eng ogʻir davr psixologiyada psixik rivojlanish inqirozlarini oʻrganishga 
katta e’tibor berilgan. Bir psixologik hodisalarni oʻrganishda turli atamalardan 
foydalanilgan. "Yoshlar inqirozlari" va "psixik inqirozlarning rivojlanishlari" 
tushunchalari sinonim sifatida ishlatiladi. Bu esa oʻz navbatida noaniqlikni 
keltirib chiqaradi. Masalan, inqirozli hodisalarning rivojlanishi ma’lum qisqa 
vaqt ichida kuzatiladi. Ammo hech ham yosh nazarda tutilmaydi. Yosh - bu 
inqiroz koʻrinadigan fon xolos, asosiy oʻzgarish, ijtimoiy vaziyat va bosh 
faoliyatning oʻzgarishi va albatta, psixik rivojlanish inqirozlari bolalik davri 
bilan chegaralanmaydi. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati va asosiy faoliyati 
bolalik davridan tashqarida ham oʻzgaraveradi. Shunday qilib, rivojlanishning 
psixik inqirozlari - bu rivojlanishning bir bosqichidan ikkinchisiga oʻtish 
hisoblanadi. Bu oʻtish ijtimoiy vaziyatning oʻzgarishi, asosiy faoliyatni 
almashtirish va psixologik yaqinliklarning paydo boʻlishi bilan belgilanadi. 14-
16 yoshdan asosiy faoliyat va ijtimoiy vaziyatning oʻzgarishi psixik rivojlanish 
inqirozlarni keltirib chiqaradi. Katta kishining asosiy faoliyati oʻquv - kasbiy va 
kasbiy faoliyatlar boʻlganligi sababli bu oʻzgarishlarni shaxsning kasbiy 
rivojlanishi inqirozlari deyish toʻgʻri boʻladi. Bu inqirozlarning paydo boʻlishida 
asosiy faoliyatni almashtirish va oʻzgartirish muqim ahamiyatga ega. Kasbiy 
inqirozlarning bu turi sifatida ijodiy inqirozlar hisoblanadi. Bu inqirozlar ijodiy 
natijasizlik, ahamiyatli yutuqlarining yoʻqligi, kasbiy kuchsizlik bilan 
belgilanadi. Bu inqirozlar ijodiy kasb vakillari uchun, ya’ni yozuvchilar, 


240 
rejissyorlar, aktyorlar, arxitektorlar va boshqalar uchun ogʻir kechadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin