Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 
 
 
© TAQI-2018
 
 



KIRISH 
Kasbiy psixologiya fanini oʻrganish davomida mutaxassislar mehnat 
jamoalarida yuzaga keladigan shaxslararo munosabatlarga kirishishning 
psixologik 
mexanizmlarini 
anglash 
umuman 
olganda 
shaxslararo 
munosabatlarning muammolari, mehnat jamoalarida muomala, psixologiyaning 
umumiy qonuniyatlari va uslublarini ham keng oʻrganishga erishadilar.
Kasbiy psixologiya fani oʻquvchilarni kasblar olamiga doir bilimlar bilan 
qurollantirish hamda amaliy koʻnikma va malakalarni hosil qilishi lozim. 
Buning uchun kasblarga doir qoʻllanmalar, tarqatma materallar bilan ta'minlash 
lozim. Shundagina kasb tanlash jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchilik, 
ziddiyat, toʻsiqlarni oldini olgan holda oʻquvchi-yoshlarni ongli ravishda kasbga 
yoʻllash imkoniga ega. 
Ijtimoiy taraqqiyotni roʻyobga chiqarish uchun mamlakatda yuqori 
malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni jahon standartlari darajasiga 
koʻtarmoq lozim, fan va texnikaning bugungi kundagi taraqqiyotiga javob berish 
uchun keng saviyali, bilimdon, oʻz kasbining fidoiy kishisini kamol toptirish 
orqali davlatimizga bozor iqtisodiyotiga bardosh beradigan, raqobatbardosh 
mahsulotlar yartuvchi kasb egalarini shakllantirish joiz. Toki ular davr 
talablariga ogʻishmay javob beradigan, qiziqishi keng, malakasi mustahkam
xotirasi barqaror, fikr yuritishi puxta, izlanuvchan, mehnatsevar, vatanparvar, 
iymon – e’tiqodli insonlar boʻlib voyaga yetishsin. 
Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi 
soha mutaxassislariga muhtojligini nazarda tutish va shunga yarasha oʻquv yurti 
talabalari ularning mayli, intilishi, qiziqishi, imkoniyati, aqliy va jismoniy 
qobiliyatiga qarab hamda u yoki bu kasbga yaroqliligini aniqlab, soʻngra kasbga 
yoʻllash kerak. 
Talabalarni mustaqil mehnat faoliyatiga puxta tayyorlash va ularning kasb 
– hunarini oʻz qobiliyatlariga yarasha toʻgʻri tanlashlariga erishish uchun 
maktab oʻqituvchilarining pedagogik mahorati, bilim saviyasi, didaktik 
(shuningdek, akdemik, tashkilotchilik, perseptik va h.k.) qobiliyatlari yuksak 
boʻlishi, fan asoslarini turmush bilan bogʻlab oʻrganilishi, toʻgarak va 
qoʻshimcha yordamchi kurslar oqilona uyushtirilishi, maktablarda kasb – hunar 



toʻgʻrisida ma’ruzalar oʻqilishi, suhbatlar, munozaralar oʻtkazilishi, sayohatlar, 
uchrashuvlar, kasb – hunar fotokoʻrgazmalarini tashkil qilishlari zarur. Kasbiy 
psixologiya fani 1800-yillarda yaratilganidan buyon mustaqil fan sohasida ulkan 
muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. 2 - jahon urushidan buyon psixologiyaning 
talablarida olimlarning klinik amaliyotlari juda ham yaxshi natijalarga erishdi.
1961-yillarda Amerika Psixologlari Assotsiyasining soʻnggi prezidenti 
E.L.Kelly Professional psixologlar uchun 1-ruxsatnomani Amerika Qoʻshma 
shtatlarida qabul qilingan.
1

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin