Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

I.P.Pavlov 
Periferiyadagi nerv tolalari orqa miya bilan bosh miyaning 
ichki qismlariga kiradi. Ular bosh miyaning hamma qismlari bilan, jumladan, 
bosh miya poʻsti bilan bogʻlanadi. 
Periferiyadagi nervlar bosh miya bilan orqa miyadan chiqqanda hiyla 
yoʻgʻon (ba’zilari juda ham yoʻgʻon) boʻladi. Lekin bu nervlar organizmga 
yoyilib ketganda, koʻpgina juda ingichka ip va tolalarga boʻlinadi, chekka 
tarmoqlar deb shularni aytiladi. 
I.P.Pavlov ta’limotiga koʻra, periferiyadagi nerv analizatorning bir 
qismini, ya’ni uning retseptor qismini (chekka tarmoqlarini) va oʻtkazuvchi 
yoʻlni tashkil etadi. 
Periferiyadagi nervlar ikki xilga, ya’ni sezuvchi va harakatlantiruvchi 
nervlarga boʻlinadi. 
Sezuvchi nervlar
chekka tarmoqlarning qoʻzgʻatilishi natijasida hosil 
boʻlgan qoʻzgʻalishni markazga, ya’ni orqa miya bilan bosh miyaga oʻtkazadi. 


29 
Tevarak-atrofimizdagi voqe’likni ana shu nervlar yordami bilan sezamiz 
va idrok qilamiz. Bu nervlar retseptor (sezuvchi), markazga intiluvchi yoki 
afferent nervlar deb ham ataladi. 
Harakatlantiruvchi
(yoki motor) nervlar markazdan muskul va bezlarga 
impuls oʻtkazadi. SHu nervlar yordami bilan muskullarimiz harakatga keladi
xilma-xil ish-harakatlar qilinadi, turli bezlar (masalan, soʻlak bezlari) ning 
faoliyati ham shu nervlar yordami bilan idora etiladi. Bu nervlar markazdan 
qochuvchi yoki efferent nervlar deb ham ataladi. 
Periferiyadagi nervlardan ba’zilari qoʻzgʻalishi periferiyadan markazga 
ham, markazdan periferiyaga ham oʻtkazadi.
Sezuvchi va harakatlantiruvchi 
nervlardan qoʻzgʻalish bir xil tezlik 
bilan 
oʻtmaydi; sezuvchi nervlar 
qoʻzgʻalishni 
harakatlantiruvchi 
nervlarga nisbatan sekinroq oʻtkazadi. 
Sezuvchi nervlar ayrim sezgi 
organlariga yoyilib, har bir organning 
asosiy negizini tashkil etadi. har bir 
sezuvchi nerv muayyan organga koʻruv, 
eshituv, hid bilish va shunga oʻxshash 
organlarning biriga xos boʻlgan spetsifik qoʻzgʻalishlarni oʻtkazadi. 
Harakatlantiruvchi nervlar ayrim organlarning va muskul ayrim qismlari 
harakatini idora etadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin