Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


 Psixika va ong rivojlanishining nazariy va konseptual asoslari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

1.2.3. Psixika va ong rivojlanishining nazariy va konseptual asoslari 
Kishi psixikasining paydo boʻlishi va rivojlanishi eng murakkab 
muammolardan biri boʻlib, tabiat qonunlarining mohiyatini tushunib etishga 
harakat qiladigan tadqiqotchilarni bu muammo hamma vaqt qiziqtirib kelgan. 
Materialistik yoʻnalishdagi olimlar psixikaning paydo boʻlishi uzoq davom 
etgan materiya rivojlanishining natijasi deb izohlaydilar. Ular materiyaning 
tabiatini tadqiq qilishar ekan, harakat materiyaning hayot kechirish usuli, uning 
tarkiban oʻziga xos ajralmas xususiyati ekanligi uchun ham materiya 
harakatining 
turli 
shakllarini 
oʻrganadilar. 
Harakatsiz, 
mutlaqo 
harakatlanmaydigan materiya umuman boʻlmaydi. Olamdagi butun materiya, 
jami noorganik va organik tabiat harakatlanish, oʻzgarish va rivojlanish holatida 
boʻladi. Jonsiz tabiatda harakat jism va moddalarning mexanik, fizikaviy va 
kimyoviy ta’siri tarzida yuz berishi mumkin. Jonli materiyaga in’ikosning 
biologik shakllari xos boʻlib, jonli materiyaning ma’lum bir bosqichida 
in’ikosning yangi shakli sifatida psixika paydo boʻladi. Har qanday jonli 
organizm barcha tashqi qoʻzgʻatuvchilarga nisbatan tanlangan holda 
munosabatda boʻladi va bu bilan jonli materiyaning sifat jihatidan yangi 
xususiyatini – oʻzini oʻzi tartibga solish xususiyatini namoyon qiladi.
Uzoq vaqt davom etgan evolyusiya natijasida hozirgi organizmlarda 
in’ikosning qoʻzgʻaluvchanlikdan tortib, to uning ancha yuksak darajadagi 
shakllari boʻlmish sezgilar, idrok, xotira, tafakkurga qadar turli shakllarini 
koʻramiz. Agar jonli mavjudotlarning hayot kechirish muhiti hamma joyda 
mutlaqo bir xil boʻlganida, ehtimol, yer yuzi bir xil turdagi hayvonlar bilan 
toʻlib ketgan boʻlardi. Haqiqatda esa muhit iqlim jihatidan ham, yashash sharoiti 
jihatidan ham gʻoyat rang- barang boʻlib, bu organizmlarning tabaqalanishini 
taqozo etadi. Aks ettirish usullari yuksalgan sari hayvonlarning mazkur turi 
muhitning bevosita ta’siridan shunchalik ozod boʻla boradi. Yashash 
sharoitlarining keskin oʻzgarishi hayvonlarning joyini oʻzgartirishga majbur 
etishi azaldan ma’lum. Ta’sirlanuvchanlik tirik organizmning biologik 


32 
ahamiyatiga ega boʻlgan (biotik) ta’sirga javob berish qobiliyati demakdir. 
Oddiy ta’sirlanuvchanlik sodda, bir hujayrali tirik organizmdayoq seziladi. Ular 
muhitning ta’siriga harakatlanish bilan javob beradi. Muhit biotik ta’sir 
oʻtkazishi mumkin boʻlib, buning natijasida jonli organizmda protoplazmaning 
xossasi oʻzgaradi. Qoʻzgʻatish ta’siriga uchraydigan oʻzini tartibga soluvchi 
tizim sifatida tirik hujayrada qidiruv harakatlari hosil boʻladi. Biotik omillarga 
nisbatan oʻziga xos harakatlar bilan javob berish usullari 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin