Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


Eksperimental metod va eksperimental psixologiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Eksperimental metod va eksperimental psixologiya 
Tadqiqot maqsadi va vazifalarni belgilash: ijtimoiy psixologik tadqiqot 
buyurtmachi va bajaruvchilar oʻrtasidagi munosabat oʻzaro kelishib olinadi. 
Tadqiqot uchun sarf qilinadigan harajatlar: moliyaviy va mehnat resurslari 
hisoblab chiqiladi. Bunda maqsad va vazifa aniqlab olinadi. Maqsad - bu ongda 
oldindan payqalgan tadqiqot natijasidir. Muammoni oʻrganish darajasi, ijtimoiy 
buyurtma, tadqiqot manfaatlariga bogʻliq boʻladi. Empirik (eksperiment) 
tadqiqotning umumiy maqsadi: ob’yekt rivojlanish turlari, tuzilmasi, 
oʻzgaruvchanligi va tendensiyalaridir. Bu faktlar turli maqsadlarga qoʻllanishi 
mumkin: a) nazariy hulosalar olishda; b) oʻrganish metodining effektivligi, 
bilish imkoniyati orqali hulosalar olishda; v) amaliy maslahatlar olishda; g) kam 
oʻrganilgan soha boʻyicha informatsiya toʻplaganda. Ijtimoiy psixologik 
tadqiqot maqsadi turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, muayyan ishlab chiqarish 
korxonasida mehnat unumdorligini koʻtarish muammosini ijtimoiy psixologik 


56 
tadqiqot qilish zarur boʻlsa, bunda asosiy maqsad mehnat unumdorligi 
pastligining 
asosiy 
sabablarini 
aniqlash, 
mavjud 
yashirin 
iqtisodiy 
imkoniyatlarni qidirib topish va mavjud shart-sharoiti oʻzgarishidan iborat 
boʻladi. Tadqiqotning asosiy vazifasi esa belgilab olingan maqsadning 
mazmunan, uslubiy va tashkiliy jihatdan yanada oydinlashtirib olishdan iborat 
boʻladi. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda maqsad-bu tadqiqotlarni nazariy yoki 
amaliy yoʻnalishlarda boʻlishini koʻrsatuvchi moʻljal vazifasini oʻtaydi. Ayni 
vaqtda dastur oʻtkazilayotgan tadqiqot qanday muammoni hal etishi yoki qanday 
xarakterdagi natijalarga ega boʻlishi xususida konkret savollarga javob berishi 
lozim.
Eksperimental psixologiyaning hozirgi davr holati.
Maqsadni amalga oshirish jaryonida bir yoʻla bir necha xil manzaralarga 
duch kelish mumkin. Zero, hamma narsa oldindan aniq belgilanishi qiyin. 
Hamma imkoniyat va yutugʻlarni toʻla aniqlik bilan hisobga olishga urinish 
be’manilikdan va shallaqilikdan boshqa narsa emas. Shu bilan birga barcha 
tadqiqotchi kutilgan natijalardan tashqari yana qoʻshimcha natijalar paydo 
boʻlishini nazardan qochirmaslik kerak. «Agar siz qandaydir yoʻllanmagan, 
kutilmagan 
hayolingizga 
keltirmagan 
narsani 
topishni 
oʻylamaydigan 
boʻlsangiz, siz bu narsani hech qachon topa olmaysiz» degan edi. Maqsadni 
amalga oshirishda ba’zan faqatgina asosiy vazifa emas, ikkinchi darajali 
vazifalarni ham bir yoʻla bajarishga toʻgʻri keladi. Shunig uchun ham ishda 
asosiy qoʻshimcha u yoki masalalar bir yoʻla hal etiladi yoki hal etishning 
konkret yoʻllari belgilab beriladi.
Eksperimental psixologiya Maqsadni amalga oshirish jarayonida 
tadqiqotchi 3 an’anaviy vazifani bajarishni oʻz oldiga qoʻyadi:
1) oʻrganiluvchi mavzuni ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish;
2) ilmiy-nazariy mavzuning boshqa ilm va hayot bilan bogʻliqligi;
3) krizis holatlardan chiqishning aniq-ravshan yoʻllarini belgilab berish 
(dasturda metodologik tavsiyalarni yaratishni qayd etadi).
Ba’zan hal etilmagan noasosiy vazifalar alohida mustaqil tadqiq etilishi 
dasturda koʻrsatilishi lozim. Demak, empirik ijtimoiy psixologik tadqiqot 
maqsadi nazariy, metodik, amaliy, informatsion boʻlishi mumkin. Maqsad 


57 
tadqiqot jarayonini tashkil qiladi va e’tibor qaratishga yordam beradi. Maqsad 
ma’lum bir vazifalarni echish natijasida amalga oshadi va tadqiqot jarayonini 
tashkil qiladi, e’tibor qaratishga yordam beradi.
Maqsad ma’lum bir vazifalarni echish natijasida amalga oshadi. Agar 
maqsad tadqiqot nima uchun oʻtkaziladi degan savolga javob bersa, vazifa 
tadqiqotni qanday oʻtkazish, qoʻyilgan maqsadni qanday nazariy, metodik 
masalalarni echish zarur degan savolga javob beradi. Maqsad bir necha 
vazifalarga boʻlinadi: a) shu haqda tushuncha berish. b) nazariy tipologiyasini 
bayon etish va hokazo. Asosiy va asosiy boʻlmagan vazifalarni ajratish kerak. 
Bu vaqtni toʻgʻri taqsimlashga xizmat qiladi. Ilmiy -tadqiqot bosqichlari
Tadqiqot ob’yekti va predmetini aniqlash: Koʻpincha mehnat jamoalari 
ob’yekt boʻlib xizmat qiladi. Ob’yekt qanchalik aniq boʻlsa, metod shunchalik 
toʻgʻri tanlangan boʻladi. Emperik tadqiqot tipik ob’yektlari odamlar fikri, 
jamoadagi munosabatlar, siyosiy jarayonlar. Bu ob’yektga bir necha predmet 
toʻgʻri kelishi mumkin. Predmet «ong tuzilmasi» va hokazo. Umuman ob’yekt 
(lat. predmet) - falsafada kishi ongidan tashqarida, unga bogʻliq boʻlmagan 
holda mavjud boʻlgan har qanday hodisa. Keng ma’noda - kishi bilishga intilgan 
predmet, hodisa (masalan, oʻrganish ob’yekti) va oʻz faoliyatini shunga 
yoʻnaltirish (koʻrish ob’yekti). Ob’yekt odatda mustaqil tushuncha sifatida 
tadqiqochi ixtiyoridan chetda turadi va maxsus oʻrganiladi. Predmet esa 
tadqiqotchi tomonidan muayyan shaklga solinadi va mahsus tadqiqot qoʻlami 
sifatida oʻrganiladi. Ob’yekt predmetidan ma’no doirasi jihatidan ancha keng, 
predmet ob’yektning hosilidir. Birgina ob’yektning oʻzida bir necha alohida 
tadqiqot predmetlarini ajratib olib oʻrganishi mumkin. Ijtimoiy voqealikni 
ob’yekt sifatida qayd etishi va unda predmetni ajratib chiqarish, hamisha yuzaga 
kelgan ijtimoiy ziddiyatli muammo va bu muammoni hal etish holatlari bilan 
chambarchas bogʻliq. Ba’zan tadqiqotchi oldin maxsus masala, ya’ni predmetni 
aniqlab oladi va shundan soʻng shu masala atrofidagi muhit, masalaga qon - 
qarindosh tomonlarini, ya’ni ob’yektni belgilaydi. Bu yondashuvlar dialektik 
materializimning induktiv bilish usullariga muvofiq va har ikki yondashuv ham 
toʻgʻri deb e’tirof etishi mumkin. Ob’yekt - bu haqiqiy mavjud boʻlgan tuzilma 


58 
boʻlib, predmet - abstrakt qoʻyilgan tadqiqot muammosidir. Muammoni nazariy 
tahlil qilish va asosiy tushunchalarni ishlab chiqish.
1
a) defetsiyalashni (ta’riflash), ya’ni ilm-fanda ishlab chiqilgan nazariy va 
metodologik nuqtai nazaridan muammoning asosiy tushunchalarini aniqlash, 
nazariy asoslar boʻlmaganda esa tadqiqotchi oʻz konsepsiyasini mustaqil 
yaratish kerak. b) tadqiqot tushunchalariga bogʻliq, ya’ni muammoning nazariy 
tahlili bevosita tushuncha bilan dialektik uzviylikda rivojlanadi. Bunda nazariy 
va empirik koʻrsatkichlar oʻzaro aloqada boʻladi. Tadqiqot ob’yektining 
tahminiy, sistemali tahlili: Oʻrganilayotgan ob’yekt sistemali tahlil qilinadi. Bu 
ob’yektni, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy bogʻliqlikda oʻrganishdir. 
Sistemali tahlil natijasida faqat ob’yektdagi mavjudlik mexanizimiga emas, 
balki institutsional, oilaviy-maishiy, shaxsiy tuzilmalar ham aniqlanadi. 
Ob’yektning sistemali tahlili asosida gipoteza shakllanadi. Tushunchalarni 
nazariy va empirik interpritatsiyasi: Dasturni tuzishdagi keyingi qadam, bu 
interpritatsiyadir. Intrepritatsiya - sharhlash, izohlash, tushuntirib berish, talqin 
qilish natijasida olingan tushunchalar elementidir. Dasturni tuzishda 
tushunchalar nazariy va empirik interpritatsiya talqin qilinadi: a) nazariy 
interpritatsiya (izohlash) - bu tushunchalar mazmuni muammoning nazariy 
aspekti nuqtai-nazardan tushuntirishi («e’tiqod» va «qadriyat» tipi belgilanadi). 
b) empirik (eksperiment) interpritatsiya tushunchalarni empirik faktlar bilan 
taqqoslash, oʻrganilayotgan soha bilan mosligini aniqlash, operatsional 
tushuncha toʻplash. Eksperimental psixologiya va praktikum fanida metod 
tushunchasi va uning mohiyati
Kuzatish metodi. Umumiy psixologiyada bu metodning ob’yektiv (tashqi) 
va sub’yektiv (oʻzini oʻzi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi 
oʻzgarishlarni kuzatish uchun quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq: 
kuzatishning maqsadi va vazifasini qat’iy belgilash; kuzatish ob’yektini tanlash, 
ya’ni kimni va nimani kuzatish; kuzatiluvchining yoshi va jinsini aniqlash; 
tadqiqot oʻtkazish va rejasini tuzish; kuzatish qancha muddat davom etishini 
1
Davis S. F. Handbook of Research Methods in Experimental Psychology. – Blackwell 
Publishing Ltd, 2003.46-49-bet.


59 
qat’iylashtirish; kuzatishni shaxsni qaysi faoliyatlarida (oʻyin, mehnat, oʻqish, 
sport) amalga oshirishini belgilash; kuzatish oʻtkazishning shaklini (yakka, 
guruhiy, jamoaviy) qayd etish; kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalarini 
tanlash, saralash (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, video magnetofon, 
fotoapparat, video kamera va boshqalar). Suhbat uyushtirishdan avval 
tadqiqotchi beriladigan taxminiy savollarni tayyorlab qoʻyadi. Bunda 
sinaluvchilarning yoshi, jinsi, qiziqish doirasi, imkoniyati hisobga olinadi, 
shuningdek, ularni toliqtirib qoʻymaslikning diqqat markazda turishi ijobiy 
natijalar berishi mumkin. Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. Bu metod 
psixologiyada inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va hayolining xususiyatlarini 
aniqlash maqsadida keng qoʻllaniladi.Odam chizgan rasmlar, yasagan 
oʻyinchoqlar, modellar, toʻqigan narsalar, tikkan qoʻgʻirchoqlar, toʻqib, soʻzlab 
berilgan hikoyalar, texnik konstruksiyalar sxemasini tushunish kabilarni tahlil 
qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, badiiy va abadiy qobiliyati, 
ijodiy hayoli, texnik ijodi yuzasidan materialllar toʻplash mumkin.Mazkur 
metodda ijod mahsulini yaratgan jismoniy shaxs bevosita ishtirok 
etmaydi.Tekshiriluvchi bilan tekshiruvchi(ob’yekt bilan sub’yekt) oʻrtasida 
muloqot oʻrnatish uchun shaxsning psixikasi toʻgʻrisida sirtdan muayyan hukm 
va xulosa chiqaradi.Tekshiruvchi (oʻqituvchi, murabbiy, psixolog) ekspert) 
ekspert tariqasida shaxslar ijodiyotiga baho beradi, bunda mehnat mahsulining 
shakli, mazmuni, sifati, orginalligi, hajmi, xususiyati bilan bir keskin tafovut 
qilishi nazarda tutiladi.Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali har xil 
yoshdagi va kasbdagi odamlarning psixik xususiyatlari toʻgʻrisida ma’lumotlar 
toʻplash mumkin. Lekin, ulardagi ruhiy oʻzgarishlar, kamol topish va bularning 
kechishini ifodalovchi materiallar yigʻish uchun bu metod yetarli emas.
Test metodi.Test tushunchasi inglizcha sinash, tekshirish, demakdir. 
Shaxsning aqliy oʻsishini, qobiliyatini tekshirishda qoʻllaniladigan qisqa standart 
masala, topshiriq, misol, jumboqlar test deb ataladi.Test ayniqsa insonning 
qanday kasbni egallashi mumkinligini kasbga yaroqligi (moyilligi) yoki 
yaroqsizligini, iste’dodlilar yoki aqli zaiflarni aniqlashda, odamlarni muayyan 
oʻlchovlarga binoan saralashda keng qoʻllaniladi.Ushbu metodning qiymati 
tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiriluvchining mahoratiga va qiziqishiga, 


60 
yigʻilgan psixologik ma’lumotlarning xolisligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga 
bogʻliqdir.
1

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin