Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 
 


67 
Sotsiometriya metodi. 
Bu tadqiqot metodiga AQShlik Djon Moreno asos solgan boʻlib, kichik 
(birlamchi) guruh a’zolari oʻrtasida emotsional, hissiy munosabatlarni bevosita 
oʻrganish va darajasini oʻlchashda qoʻllaniladi. Mazkur metod yordamida 
muayyan guruhdagi har bir a’zoning oʻzaro munosabatlarini aniqlash uchun 
uning faoliyatida kim bilan ishtirok etishi soʻraladi. Olingan ma’lumotlar 
matritsa, grafik, sxema, jadval, diagramma shaklida ifodalanadi. Ulardagi 
miqdor koʻrsatkichlari guruhdagi odamlarning shaxslararo munosabatlari 
mazmuni yuzasidan ma’lum bir xulosa qiladi. Biroq ma’lumotlar guruhiy 
munosabatlarning tashqi koʻrinishini aks ettiradi xolos. Uni takomillashtirish 
maqsadida hozirgi vaqtda psixolog olimlar Ya.L.Kolominskiy va I.P.Volkov 
tomonidan 
sotsiometriyaning 
kichik 
guruhlar 
psixologiyasiga 
moslab 
oʻzgartirilgan variantlari, koʻrinishlari ishlab chiqilganki, ular orqali 
shaxslarning bir – birini tanlashi motivlarini aniqlash mumkin. Ayniqsa, 
sotsiometriyaning Ya.L.Kolominskiy ishlab chiqqan oʻzgartirilgan varianti 
bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar toʻgʻrisida toʻla axborot berishga 
yordam beradi. Odatda oʻquvchilardn quyidagicha savollarga javob berish talab 
qilinadi: “Sen sayohatga kim bilan borishni xohlaysan?”, “mashgʻulotlarga kim 
bilan birga tayyorlanishni istaysan?”, “Kim bilan qoʻshni boʻlib yashashni 
yashashni yoqtirasan?” sinaluvchi har uchta javobdan bittasini “eng ma’qul” deb 
tanlashi lozim. Unga “avval, hammadan koʻra koʻproq kim bilan birga boʻlishini 
xohlasang, oʻshaning familiyasini yoz”, “aytilgan shartlarga binoan uchinchi 
shaxsning familiyasini yoz” deb uqtirish maqsadga muvofiq. Guruhiy 
tabaqalanishni koʻrsatish uchun sotsiogramma toʻrtta “maydon”ga ajratiladi. 
Qizlar doiracha bilan, oʻgʻil bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi. 
Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga toʻgʻri keladi. Guruh 
a’zolarining oʻzaro munosabatlari doiracha va uchburchaklar strelkalar bilan 
bogʻlanganida oʻz ifodasini topadi. Eng koʻp munosabatga ega boʻlgan 
sinaluvchi doiraning markazidan oʻrin oladi. U guruh a’zolarining eng 
yoqimtoyi hisoblanadi. Shaxslar bilan aloqa oʻrnatmagan sinaluvchi doiraning 
eng chetidan joy oldai. Oraliqdagi “maydon”larga oʻrtacha va undan kamroq 
tanlangan tekshiriluvchilar joylashtiriladi. Shu yoʻl bilan birinchidan shaxslararo 


68 
munosabatlarning darajasi va koʻlami aniqlanadi, ikkinchidan qizlar bilan oʻgʻil 
bolalar oʻrtasidagi koʻrsatkichlar taqqoslanadi. Natijalarga qarab guruhdagi 
munosabatlar va ularning oʻziga xosligi, psixologik birini taqozo etuvchanligi 
haqida xulosalar chiqariladi. Shu bilan birga nazariy va metodologik 
ahamiyatga molik gʻoyalar, qonuniyatlar ilgarisuriladi, amaliy koʻrsatmalar 
beriladi, aniq tavsiyalar bildiriladi, mavzuning tadqiqot istiqboli toʻgʻrisida 
muloxazalar yuritiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin