Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 
 
 


42 
1.3. KASBIY PSIXOLOGIYANING ASOSIY METODLARI 
1.3.1. Kasbiy psixologiyaning metodlari haqida tushuncha 
Avvalo metodlar haqida ikki ogʻiz soʻz. Metod soʻzi – yunoncha 
methodos boʻlib tadqiqot, tekshirish degan ma’noni beradi. Nazarimizda 
yuqoridagilarga yana yoʻl, usul soʻzlarini ham kiritish mumkin. Metodlar 
tadqiqot ishlarida ham, bilim berishda ham qoʻllaniladi. Ushbu bobda bilim 
berish metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi uchun zarur 
boʻlgan ma’lumotlarni toʻplashdagi qoʻllaniladigan tadqiqot metodlari haqida 
soʻz boradi.Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan muhim 
oʻrin egallagan, diagnostik xususiyatli metodlardan biri – kuzatish metodidir. 
Mazkur metod fanimizing eng qadimgi zamonidan boshlab to hozirgi davrgacha 
ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan biri boʻlib, keng koʻlamda 
foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi kunda uning ob’yekti, koʻlami yanada 
kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar, holatlar, hodisalar, kechinmalar, 
faoliyat va muomala xususiyatlarini oʻrganish imkoniyati tugʻildi, sifat hamda 
mazmun jihatidan katta oʻzgarishlar yuzaga keldi 
Hozirgi zamon kasbiy psixologiya fanining asosiy prinsiplari, 
kategoriyalari va ilmiy tadqiqot usullari 1923 yilda Psixonevrologlarning 
birinchi s’ezdida K.N. Kornilov (1879–1957) psixologiyani dialektika negizida 
tuzish masalasini ilgari surdi. Psixologlarning psixologiyani dialektik 
materializm negizida tuzish uchun olib borgan kurashining natijasi hisoblangan 
gʻoyaviy-nazariy kurash jarayonida psixologiya predmeti va uning metodlari 
haqidagi ilmiy tushunchalar tarkib topdi, psixologik tadqiqotlarning eng muhim 
prinsiplari va asosiy muammolari aniqlab olindi, bilimning turdosh sohalariga 
munosabat oydinlashdi. Psixologiya fanining taraqqiyotida buyuk oʻrin tutgan 
B.G. Ananev, P.P. Blonskiy, L.S. Vigotskiy, A.V. Zaporojets, K.N. Kornilov, 
G.S. Kostyuk, A.N. Leontev, A.R. Luriya, S.A. Rubinshteyn, A.A. Smirnov, 
B.M. Teplov, D.N. Uznadze va boshqa olimlar yetishib chiqdi. Psixologiya
psixik jarayonlarni, shaxsning individual – tipologik xususiyatlarini oʻrganar 
ekan, tekshirishning muayyan metodlarini oʻrgatadi. Psixologiyada tekshirish 
metodlari ob’yektiv boʻlmogʻi lozim. Insonning ish-harakatlari va xatti-


43 
harakatlarini tekshirish asosidagina uning niyatlari, fikrlari va hissiyotlari haqida 
toʻgʻri ma’lumot olish mumkin. 
Kasbiy psixologiyaning metodlari psixik hodisalarni oʻrganishga 
ob’yektiv qarashni ta’minlabgina qolmay, balki shaxsning psixik jarayonlari va 
xususiyatlari nima uchun va qanday yuzaga keladi? Va qanday rivojlanadi va 
qanday oʻzgarib boradi? degan savollarga javob bermogʻi lozim. 
Kasbiy psixologiyaning metodlari amaliyot bilan bogʻliq ravishda olib 
borilishi kerak. Kasbiy psixologiya metodlariga tarixiy jihatdan yondashmoq 
lozim. Shu jihatdan psixologiya metodlari uning predmeti kabi tarixan 
anchagina oʻzgarishlarga duch keldi. Psixologik tadqiqotlar predmetining 
alohida xususiyatga egaligi uning alohida tadqiqot metodlariga ega boʻlishi 
zarurligi haqidagi fikrni ilgari surmasdan qoʻymasdi. Idealistik psixologiya 
yagona bir metodni tavsiya eta olgan va shu metod yordamida kishi «ruhiga» 
kirib borishga uringan. Oʻzini oʻzi kuzatish (introspeksiya, ya’ni ichkaridan 
koʻrish) ana shunday metod edi. Kasbiy psixologiyada tadqiqotning sub’yektiv 
va ob’yektiv metodlari bir-birini inkor etadi. Haqiqiy ilmiy psixologiya 
psixikani oʻrganishning ob’yektiv metodlaridan foydalanish va fanda bundan 
boshqa metodlarning boʻlishi mumkin emasligini tushuntirishi kerak.
Hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy tadqiqotga yana bir muhim talabi 
psixik faktlarni genetik (tarixiy) jihatdan oʻrganish prinsipiga amal qilishni 
taqozo etadi. Bu metod yordamida psixik rivojlanish davrlarga boʻlish yoʻli 
bilan (ya’ni rivojlanishning alohida yosh bosqichlarini ta’riflash va ularni oʻzaro 
bir- biriga taqqoslash) emas, balki bola shaxsini unga ta’lim berishning maxsus 
tashkil etilgan sharoitlarida qator yillar mobaynida uzoq vaqt oʻrganish 
natijasida aniqlanadi. Masalan, bolaning psixik taraqqiyoti oʻrganilar ekan, 
psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlarini, xususiyatlarini aniqlash, uning shu 
tarzdagi psixik taraqqiy etish sabablarini bilib olish hamda sinchiklab oʻrganish 
asosida oilaviy tarbiya va ta’lim jarayonlarini takomillashtirish uchun muayyan 
usullarni belgilash lozim. 
Tadqiqiy metodlarning 2 ta turi mavjud; 
1. Longityud
2. Kesimli


44 
Longityud metodi – ma‘lum kishilar guruhi yoki aniq kishilarning bir xil 
belgilariga koʻra psixik xususiyatlarini davomli va muntazam oʻrganishni 
nazarda tutadi.
Kesimli metod – ma‘lumotlarni tadqiqotda qatnashuvchilarning turli 
guruhlariga nisbatan taqqoslash xosdir. Bu metod orqali sinovdan 
oʻtayotgalarning koʻp miqdorini qisqa vaqt ichida qamrab olishi mumkin. 
Kesimli tadqiqotlarni oʻtkazishda savol-javob usullari, testlar tajribalar keng 
qoʻllaniladi. Longityud metodi - kasbiy shakllanishda individual yoʻlni 
oʻrganishga yordam beradi. Mazkur metod yordamida shaxsning obroʻ orttirishi 
uning faoliyatidagi turli xildagi tanqidiy holatlarini aniqlaydi. Barcha 
tadqiqotlarda keng doirada metodlarni qoʻllash oʻziga xos tadqiqiy metodlarni 
yaratilishiga olib keladi. Kasb psixologiyasi tadqiqot metodlarining tizimlanishi, 
ularning qoʻllanishi sohasini aniqlash shuningdek, sifat, xususiyatini koʻrib 
chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Tadqiqotni tashkillashtirish va rejalashtirish metodlari, ya‘ni tashkiliy 
metodlar. 2. Dalillar toʻplash, ilmiy ma‘lumotlar olishga qaratilgan empirik 
metodlar(usullar). 3. Ma‘lumotlarni qayta ishlash usullari 4. Interpretatsion 
metodlar(usullar). Boshqa bir qator psixolog-olimlar psixologiyasining quyidagi 
usullarini ajratishadi: 1. Sub’yektiv metodlar (oʻzini oʻzi kuzatish); 2. Ob’yektiv 
metodlar (kuzatishning xar xil turlari; eksperimental, testlar, savol-javob, 
soʻrovnomalar). Afsuski, bu metodlar muallifi psixologiya metodlarining 
tasniflanishini (klassifikasiya) taqdim etmay, faqatgina psixologiya fanidagi 
mavjud metodlarini sanab oʻtish bilan chegaralanadilar. Bu esa oʻz navbatida 
aniq ilmiy tasniflanishning mavjud emasligi, psixologiyada metodlarning 
koʻpligi hamda bir tizimga solinmaganligi bilan izohlanadi. 
1
Kasbiy psixologiyaning metodlarini tahlil etib, tadqiqiy metodlarni 
tasniflashning asosi sifatida muhim jihatlarini ajratib olish kerak. Bu masalalar 4 
xil shaklga ega: tasvirlash, oʻlchash, tushuntirish va psixik hodisani 
shakllantirishdan iborat. Shunga muvofiq metodlarning 4 ta guruhi taklif etiladi: 
noeksperimental (klinik), diagnostik, eksperimental va shakllantiruvchi. 
1
T. Melchert. Fondations of Professional psychology. 2011. 10-bet. 


45 
Shunday qilib kasb psixologiyasi oldida quyidagi tadqiqiy masalalar turibdi: 1 
guruhi - shaxsning kasbiy shakllanishi bu murakkab, ba‘zida esa dramatik 
jarayonning psixologik xususiyatlarini tasvirlashdan iborat. Bu jarayonni tadqiq 
etish uchun longityud, savol-javob, psixobiografiya, tanqidiy voqealar 
metodlarini qoʻllash toʻgʻri boʻladi. Bu metodlar guruhini genetik metodlarga 
kiritishi mumkin. 2 guruhi - kasblarning psixologik tavsifi, kasbning psixologik 
mazmunini tadqiq etish, faoliyat mahsuldorligini oʻrganish, mehnat metodi, 
hujjatlarni oʻrganish, kuzatilayotganlarni savol-javob orqali oʻrganish metodi, 
shuningdek, professiografiya yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu uslublar 
guruhi praksimmetrik uslublarga tegishlidir. 3 guruhi - muhim kasbiy 
koʻrsatkich faoliyat va shaxs belgilarini oʻlchash. Bu tadqiqiy masalani hal 
qilish uchun maxsus qobiliyat testlari, muvaffaqiyat va ta‘lim testlari 
qoʻllaniladi. Bu psixometrik usullar guruhidir. 4 guruhi - kasbiy shakllanishning 
xususiyatlarini, qonuniyat va mexanizmlarini tushuntirishdan iborat. Bu vazifani 
bajarish usullari eksperimental usullardir: ya‘ni labaratoriya, modellashtiruvchi 
va tabiiy eksperimentlardir. 5 guruh - usullari tadqiqiy ma‘lumotlarga miqdoriy 
ishlov berishga yoʻnaltirilgan. Ularga matematik ishlov berish usullari kiradi: 
ya‘ni korrelyasion, faktorli tahlil va boshqalar.
Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari umumiy tarzda quyidagi 
jadvalda aks ettirilgan. Genetik usullar Genetik metodlar uzoq vaqt davomida 
shaxs kasbiy rivojlanishining oʻzgarishlarini tadqiq etish uchun moʻljallangan. 
Kasb psixologiyada longityud metod, psixobiografiya, individning kasbiy 
shaklanishini monografik tasvirlash usullaridan keng foydalaniladi. Longityud 
metod - bir xil yoshdagi sinaluvchilarning ularni rivojlanishi jarayonini koʻp 
marotabali tizimli ravishda oʻrganishdan iborat. Longityud metodi insonlardagi 
turli xususiyat va sifatlarni oʻrganish maqsadida yillar davomida oʻtkaziladi. 
Longityud metodi psixologiyada XX asrning 20-yillarida shakllana boshladi va 
asosan psixik genezisi va bolalar, yoshlar psixik pragnozini ilmiy jihatdan 
asoslab berish uchun qoʻllanilgan. Keyingi yillarda (20-30 yil davomida 
oʻtkazilgan) davomli longityud tadqiqotlari jarayonida dearli qoʻllanilmagan. 
Longityud metod bir vaqtning oʻzida boshqa metodlarni qoʻllanilishini ham 
nazarda tutadi. Jumladan, kuzatish, savol-javoblar, test, psixografiya, 


46 
praksimmetriya va hokazo. Longityud metodi yordamida olingan natijalar 
shaxsning yoshiga, ish stajiga, tadqiqot oʻtkazilgandagi ijtimoiy iqtisodiy 
sharoitlariga hamda kasbiy faoliyat turiga bogʻliq boʻladi. Longityud metodini 
kasb psixologiyasida qoʻllash orqali shaxs kasbiy shakllanishining individual 
oʻzgarishlarini oʻrganish imkonini beradi shuningdek, kasbiy faoliyatda 
rivojlanish, obroʻ-e‘tibor qozonishning yoʻl-yoʻriq va vositalarini aniqlash 
imkonini beradi. Longityudni qoʻllashdagi qiyinchiliklardan biri sinovda ishtirok 
etayotganlarni tanlash hamda ularning sonining koʻpligi va kamligida bilinadi. 
Keyingi muammo oʻlchovlar oʻrtasidagi oraliq masofalar hisoblanadi. Bu metod 
orqali insonlarda tadqiqotlar gohida bir yil ayrim vaqtlarda esa undan ham uzoq 
vaqtlar oraligʻida oʻtkazilgan. Shaxsning kasbiy shakllanishini oʻrganishda 
tadqiqot intervali sifatida kasbiy rivojlanish fazalari va bosqichlarini ajratib olish 
mumkin. Longityud metodidagi muammolardan biri uning davriyligini belgilash 
boʻlib, bunda u 5-yildan 50 yilgacha davom etishi mumkin. Klassik longityud 
sifatida 1928 yildan bugungi kungacha davom etib kelayotgan Kaliforniya 
longityudini misol sifatida keltirish mumkin. Longityud metodning kamchiligi 
uning davriyligidadir. Shaxsiy va kasbiy oʻzgarishlar tasodifiy yoki drammatik 
voqealarga bogʻliq boʻlishi mumkin. Yillar davomida tekshiriluvchilar sonining 
qisqarishi, oʻrganilayotgan jarayonlarning mazmun mohiyati kengayib boradi. 
Longityud metodining qoʻllanilishini chegaralovchi omillardan biri shaxsni 
oʻrganish uchun koʻp vaqtni ketishidir. Longityud metodining kamchiliklarini 
boshqa psixobiografik usullarni qoʻllash yordamida bartaraf etish mumkin.
Biografik usul - shaxs hayot yoʻlini oʻrganish va loyiqalashtirish usullari, 
hayotiy dasturlar, kasbiy rejalar, kasbiy shaxsiy shakllanishining ssenariylarini 
ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan. Biografik usullarga tarjimai hol, ma‘lumotlarni 
oʻrganish, kasbiy mehnatdan qoniqish va boshqalarni kiritish mumkin.
1
Kavzometriya - Ye.I.Golovaxa va A.A.Kromiklar tomonidan taklif etilgan 
usul boʻlib, u shaxsning psixologik vaqti va hayotiy sub’yektiv holatlarini 
tahlilini tadqiq etish metodi hisoblanadi. Bu intervyu quyidagi jihatlarni oʻz 
ichiga oladi: biografik savol-javob, muhim voqealar roʻyxatini tuzish, voqealarni 
2.
T. Melchert. Fondations of Professional psychology. 2011. 11-bet. 


47 
keltirib chiqargan sabablarini aniqlash va boshqalardir. Intervyu natijalari 
kavzometriya shaklida tasvirlanadi. Kavzometriya kasbiy muammo va 
inqirozlarni yechish uchun qoʻllaniladi. Psixobiografiya -shaxslarning hayot 
yoʻlini psixologik oʻrganish metodi hisoblanadi. Avval psixobiografiya 
siyosatchilarining 
obroʻ-e‘tiborini, 
kishilarning 
individual 
kasbiy 
biografiyalarini oʻrganish maqsadida qoʻllanilgan. Kasb psixologiyada 
psixobiografiyani qoʻllash orqali shaxsning kasbiy maqsadlarining paydo 
boʻlishi, kasbiy shakllanishdagi inqirozlar haqida qimmatli ma‘lumotlarni olish 
imkonini beradi.
Anamnez metod - bu insoning mehnat sub’yekti sifatida rivojlanish tarixi 
haqidagi ma‘lumotlarni yigʻadi. Bu usul Ye.A.Klimov tomonidan batafsil koʻrib 
chiqilgan. Kasbiy anamnez mehnat motivlarini oʻrganish, tanqidiy voqealarni 
aniqlash, kasbiy faoliyatda obroʻ-e‘tibor qozonishni oldindan tashxis qilishda 
qoʻllaniladi. Anamneztik tadqiqot oʻz ichiga suhbat tizimini olgani uchun, 
suhbat metodiga qoʻyiladigan talablar bu usulga ham tadbiq etiladi. 
Kasbiy psixologiyaning asosiy metodlari: kuzatish va eksperiment 
metodidir. Xususiy metodlari: suhbat, soʻrov, faoliyat mahsuli va jarayonini 
tahlil qilish hamda test metodlari. 
Psixologiyada tekshiriladigan psixik hayot hodisalari juda xilma-xil va 
murakkab hodisalardir. Bu hodisalar qanday metodlar bilan, ya’ni qaysi yoʻllar 
bilan, qanday usullar bilan tekshiriladi, degan savol tugʻiladi. Psixologiyada 
chinakkam ilmiy bilimga ega boʻlmoq uchun psixikani tekshirish metodlarini 
bilish va shu metodlardan foydalana bilish kerak. Har bir pedagog kishilar 
psixikasini tekshirish uchun loaqal eng oddiy usullarni bilishi lozim. 
1

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin