Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

tropizmlar
yoki 
taksislar
deb ataladi. Uning 
fototropizm
– jonli organizmning yorugʻlik ta’siri 
ostida 
harakatlanish 
tendensiyasi; 
termotropizm
– issiqlik ta’siri ostida 
harakatlanish tendensiyasi; 
xemotropizm
– muayyan fizikaviy-kimyoviy muhitni 
tanlash tendensiyasi; 
topotropizm
– 
mexanik usul bilan qoʻzgʻatuvchining ta’siri ostida harakatlanish tendensiyasi 
kabi turlari va boshqa bir qancha tropizmlar mavjuddir. Oʻsimliklarning biologik 
in’ikos etish shakli oʻzini tartibga solishga yordam beradigan tropizmlarning 
mavjudligi bilan mukammallik kasb etadi.
 
1.2.4. Psixika va ong rivojlanishidagi nazariyalarning tahlili 
Insoniyat tarixida til tufayli aks ettirish imkoniyatlarining qayta qurilishi 
yuz berdi: borliq kishi miyasida yanada ravshan aks etadi. Hayvonlarning «tili» 
bilan odamlarning tili oʻrtasidagi farq tafakkurdagi tafovutni ham belgilaydi. 
Shunday qilib, hayvonlarning aniq, amaliy tafakkuri ularni muayyan vaziyatdan 
bevosita ta’sirga boʻysundiradi, odamning mavhumlashgan tarzda tafakkur 
yuritishiga boʻlgan qobiliyati uning ushbu muayyan vaziyatga bevosita 
bogʻliqligini bartaraf etadi. Kishi, xususan, oʻzi anglagan zaruratga koʻra ongli 
xatti- harakat qilish qobiliyatiga ega. Bu inson psixikasining hayvon 
psixikasidan eng birinchi muhim farqidir. Odamning hayvondan ikkinchi farqi 
uning qurollarni yaratishga va saqlashga layoqatli ekanligidir. Odam hayvondan 
farqli oʻlaroq, oldindan oʻylangan rejaga binoan, qurol yaratadi, uni belgilangan 


33 
maqsadda foydalanadi va saqlaydi. Inson psixik faoliyatining ajralib turadigan 
uchinchi belgisi ijtimoiy tajribani biridan ikkinchisiga oʻtkazib turishidir.
Inson psixikasining hayvon psixikasidan eng muhim farqi ularning 
rivojlanish shart-sharoitlarida koʻrinadi. Agar hayvonot dunyosining rivojlanishi 
davomida psixikaning taraqqiyoti biologik evolyusiya qonunlariga binoan roʻy 
bergan boʻlsa, inson psixikasining, kishi ongining rivojlanishi ijtimoiy- tarixiy 
taraqqiyot 
qonunlariga 
boʻysunadi. 
Ongni 
bevosita 
hayvonlarning 
evolyusiyasidan keltirib chiqarish mumkin 
emas: 
inson 
ijtimoiy 
munosabatlar 
mahsulidir. Toʻdaning jamiyatga aylanishiga 
ta’sir koʻrsatgan omil mehnat faoliyati, ya’ni 
qurollarni birgalikda yaratish va qoʻllash 
jarayonida odamlar amalga oshiradigan 
faoliyat 
boʻldi. 
Shuni 
xulosa 
qilish 
mumkinki, faqat odamgina ijtimoiy tajribani 
oʻzlashtiradi. Kishi psixikasini u egallab 
oladigan ijtimoiy tajriba rivojlantiradi. Inson 
psixikasining hayvon psixikasidan eng muhim farqi ularning rivojlanish shart- 
sharoitlarida koʻrinadi. 
Oliy asab faoliyati haqida tushuncha I.M.Sechenov «Bosh miya 
reflekslari» asarida ongli va ongsiz hayotning barcha harakatlari roʻy berish 
usuliga koʻra reflekslardan iboratdir degan xulosaga kelgan edi. Shunday qilib, 
ongning harakati (psixik hodisa) ruhning tanasiz mohiyat xususiyati emas, balki 
I. M. Sechenov ta’biri bilan aytganda, roʻy berish usuliga koʻra refleksga 
oʻxshash jarayondir. Ma’lumki, psixik jarayon oʻzicha emas, balki miyaning 
mohiyati, uning tegishli boʻlimlari funksiyasi sifatida tashqi olam haqidagi 
axborotning qayoqqa ketishi, qayerda saqlanishi va qayta ishlanishini 
koʻrsatuvchi javob faoliyatining boshqaruvchisidir. Shunday qilib, kishining 
bilimlari, tevarak atrof haqidagi tasavvurlari, ya’ni individual tajribaning butun 
boyliklari reflektor harakatga kiradi. Psixik hodisalar miyaning tashqi (tevarak 
atrofdagi muhit) va ichki (fiziologik tizimi sifatida organizmning holati) 
ta’sirlarga javobidir. Psixik hodisalar faoliyatning hozir ta’sir etayotgan 


34 
(sezgilar, idrok) yoki qachonlardir, ya’ni oʻtmish tajribada (xotira) yuz bergan 
qoʻzgʻatuvchiga 
javob 
tarzida 
roʻy 
beradigan, ana shu ta’sirni 
umumlashtiradigan, ular pirovardida olib keladigan natijalarni (tafakkur, hayol) 
oldindan koʻra bilishga yordam beradigan, ba’zi bir ta’sirlar natijasida faoliyatni 
(his-tuygʻu, iroda) kuchaytiradigan yoki susaytiradigan, umuman faollashtirib 
yuboradigan va boshqa xildagi ta’sirlar oqibatida uni tormozlashtiradigan
odamlar xulq-atvoridagi (temperament, xarakter va boshqalar) tafovutlarni 
aniqlaydigan doimiy boshqaruvchilardir.
I.M.Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik jihatdan 
boshqarilishi gʻoyasini ilgari surdi. Bu muhim nazariy qoidalarni I.P.Pavlov 
tajriba yoʻli bilan tasdiqladi va aniqlashtirdi. U hayvonlarning, shuningdek 
odamning tashqi muhit bilan oʻzaro harakati, miya tomonidan boshqarilishi 
qonuniyatlarini kashf etgan edi. I.P.Pavlovning ushbu qonuniyatlarga nisbatan 
jami qarashlari odatda ikki xil signal tizimi haqidagi ta’limot deb ataladi. 
Narsaning timsoli (koʻrinishi, eshitilishi, hid tarqatishi va shu kabilar) hayvonlar 
uchun biron-bir shartsiz qoʻzgʻatuvchi signal boʻlib xizmat qiladi. Bu esa ular 
xatti-harakatining shartli refleks tarzida oʻzgarishiga olib keladi. Hozirgi zamon 
fanida mavjud tasavvurlarga qaraganda, orqa miya va miya naychasi reflektor 
faoliyatining asosan tugʻma (shartsiz refleksi) hisoblangan shakllarni amalga 
oshiradi, katta yarim sharlarning qobigʻi esa hayot kechirish jarayonida 
orttiriladigan va psixika tomonidan boshqariladigan xulq-atvor shakllari organi 
hisoblanadi.
Miya katta yarim sharlari ishining umumiy qonuniyatlarini I.P.Pavlov 
aniqlab bergan. Olim oʻtkazgan klassik tajribalarda itlarda oldinlari faqat tegishli 
shartsiz qoʻzgʻatuvchi (masalan, ovqat)ning bevosita ta’siri ostida yuz beradigan 
fiziologik reaksiyaga (masalan, soʻlak oqishiga) olib kela boshlaydigan juda 
ham xilma-xil signallar beradigan shartli reflekslar ho sil qilingan edi. Lekin 
uning ta’limotini shuning oʻzi bilangina cheklab qoʻy ish notoʻgʻri boʻladi. Real 
tarzda (laboratoriya sharoitida emas) hayvonlar ozuqa qachon ogʻziga tushishini 
kutib turmaydi, balki uni izlashga urinadi, harakat qiladi, harakatining 
samaradorligini tekshiradi, xullas sharoitga faol muvofiqlashadi. Shunday qilib, 
bosh miya yuksak taraqqiy etgan hayvonlar va odam psixikasini belgilaydigan 


35 
darajada faoliyat koʻrsatadigan organ yoki, toʻgʻrirogʻi, organlarning murakkab 
tizimidir. Psixikaning mazmuni tirik mavjudot oʻzaro munosabatda boʻladigan 
tashqi olam bilan belgilanadi. Tashqi olam kishi miyasi uchun shunchaki oddiy 
biologik muhit (hayvon miyasi uchun boʻl gani kabi) emas, balki odamlar 
oʻzlarining ijtimoiy tarixi davomida yaratgan hodisalar va narsalar omilidir. Har 
bir alohida odam hayotining dastlabki qadamlaridan boshlangan psixik 
rivojlanishning ildizlari tarixan tarkib topadigan madaniyatning eng qadimiy, 
eng chuqur davriga borib taqaladi. Kasbiy psixologiya fani nazariy asoslarida
I.M.Sechenov va I.P.Pavlovlarning ta’limotlari chuqur iz qoldirdi. Hozirgi 
davrda psixik taraqqiyotning nazariy asoslari muammosi aniq va ijtimoiy 
fanlarning umumiy tadqiqot ob’yektiga aylanib bormoqda va oʻz qadr-
qimmatini yoʻqotmagan, aksincha, yanada takomillashib bormoqda. 
Odam ongining ayrim tomonlari va funksiyalarining tarixiy taraqqiyoti 
kishilarda faqat ularning oʻziga xos boʻlgan, ehtiyojlar vujudga keldi va taraqqiy 
etdi. Ehtiyoj odamning kun kechirishi, yashashi va kamolga etishi uchun zarur 
narsalarning hammasi demakdir. Odam yashash, hayot kechirish uchun oʻz 
ehtiyojlarini kondirishi lozim. Ehtiyoj hayvonlarda ham bor. Ammo hayvonlarda 
faqat biologik, tugʻma ehtiyojlar boʻladi, ovqatlanish, oʻz-oʻzini himoya qilish, 
nasl qoldirish ehtiyojlari bor, xolos. Odamda bu biologik ehtiyojlardan tashqari, 
yana yuksak ehtiyojlar - bilish ehtiyojlari, ijtimoiy, ma’naviy, estetik va boshqa 
shu kabi ehtiyojlar bor. Bu ehtiyojlar tugʻma ehtiyojlar emas ular tarixan 
taraqqiy etgan. Ijtimoiy zot boʻlgan odamning biologik ehtiyojlari ham tarixiy 
taraqqiyot jarayonida sifat jihatidan tubdan oʻzgargan. Kishilarning ehtiyojlari 
ijtimoiy tuzum formalarining taraqqiyotiga qarab oʻzgaradi.


36 
Bizning katta ongimiz ham bizga tili, ma’no yaratish uchun muntazam 
tarzda ramzlardan foydalanadigan aloqa tizimiga ega boʻlish imkonini beradi. 
Til bizga gaplashib oʻqish va yozish bilan boshqalarga ongli muloqot qilish 
imkonini beradi. Stiven Pinker psixolog sifatida til (Pinker, 1994), "zakovat 
tojidagi marvarid" deb nom berdi 
Psixologlar uzoq vaqt eng yaxshi tushuncha va ongni oʻlchash ustida 
(Sternberg, 2003) koʻp muxokama qildilar. Bu savollar oʻz ichiga nechta ong 
turi bor, tabiatning ongdagi roli, ong qanday qilib miyada taqdim etiladi va 
idrokli guruhdagi farqlarni olgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin