27
yuradi; bunday kaptar turtinmasdan ucha oladi. Ammo kaptar turtib
yuborilmasa, odatda, qimirlamay turaveradi. Agar it miyasining ikkala yarim
shari olib tashlansa, sun’iy suratda boqilib borilsagina bir necha yil yashay oladi.
Bunday it ogʻziga solingan ovqatni eydi, yura oladi. It urilsa vangillaydi, qattiq,
tovush eshitganda sapchib tushadi. Ammo bunday it oʻzicha
ovqat qidirib
topolmaydi va hatto yaqinidagi ovqatni ham topib eya olmaydi. Bu it uni
boquvchi kishilarni tanimaydi. Avval hosil qilgan malakalari yoʻqoladi, shu
bilan birga, yangi malakalar hosil qilish qobiliyati ham yoʻqoladi. Ba’zi
fiziologlar maymunlarning yarim sharlarini olib tashlab tajribalar qilganlar.
Maymunlar operatsiya qilingandan keyin psixik funksiyalari yoʻqolishi bilan
birga, harakatlar, harakatni muvofiqlashtirish ham buzilgan. Ular toʻppa-toʻgʻri
oʻtirib tura olgan, shuningdek, narsalarni changallay olgan, ammo, murakkabroq
harakatlar, ayniqsa yurish qobiliyati buzilgan, shunday qilib,
evolyusiyaning
yuqori bosqichlarida murakkab harakatlar va ularni muvofiqlashtirish
funksiyalari ham miya poʻstiga oʻtadi.
Odamda miyaning quyi qismlari yuksak psixik funksiyalarni bajarishga
mutlaqo qobil emas. Odam miyasining poʻsti ostidagi qismlari poʻst funksiyasini
loaqal qisman ham bajara olmasa kerak. Yarim sharlarsiz tugʻilgan bolalar
(anzitsefallar) ni kuzatish bu holni juda ravshan tasdiqlaydi. Odatda bunday
bolalar uzoq, yashamaydi. Shunday bolalardan birining faqat uch yil-u toʻqqiz
oy yashagani ma’lum. Bu bola
doim yotgan,
turishga biron
marta
ham
harakat
qilib
koʻrmagan.
U
narsalarni
ushlashga hech urinmagan,
hatto narsalarni qoʻlda ushlab
turishni ham bilmagan. Faqat
yuzida ba’zi bir harakatlar
koʻrilgan;
u
ba’zan
ijirgʻangan;
emganda
va
qoshiqlab ovqat berilganda lablari va tili harakatga kelgan. Bola tagi xoʻl
boʻlganganda ham hech bir parvo qilmagan. Bu bola bilan gaplashish yoki unga
28
biron narsa oʻrgatish aslo mumkin boʻlmagan.
Unda hatto eng oddiy
koʻnikmalar ham hosil boʻlmagan.
Yuqorida aytilganlardan, miyaning poʻst ostidagi qismlarining psixik
hayotga hech qanday aloqasi yoʻq degan ma’no chiqmaydi. Yarim sharlar poʻsti
oʻz tolalari bilan bosh miyaning hamma qismlariga va orqa miyaga bogʻlangan.
Shu bilan birga, yuqorida aytilganidek, orqa miyadagi
nerv hujayralarining
tolalari va poʻst ostidagi sohalarning tolalari yarim sharlar poʻstining qismlariga
bogʻlangandir. Shu sababli butun markaziy nerv sistemasi va uning faoliyati
boʻlmasa, psixik hayot ham boʻlmas edi.Shu bilan birga, butun nerv
sistemasining va butun organizmning faoliyatida bosh miya poʻsti asosiy rol
oʻynaydi. I.P.Pavlov ta’limotiga koʻra, yarim sharlar poʻsti
organizmdagi
hamma funksiyalarni idora etadi. I.P.Pavlov ta’limotiga koʻra, katta yarim
sharlar poʻsti organizmning barcha funksiyalarini boshqaradi.
Periferiyadagi nerv sistemasi markaziy nerv sistemasi bilan chambarchas
bogʻliq boʻlib, undan ajralmasdir. Periferiyadagi nerv sistemasi nervlardan
tuzilgan: bu nervlar markaziy nerv sistemasidan chiqib va butun organizmga
tarmoqlanib, organizmning har bir qismini bosh
miya va orqa miya bilan
bogʻlaydi. Bosh miyadan 12 juft nerv, orqa miyadan 31 juft nerv chiqadi (2-
rasm).
Dostları ilə paylaş: