1.1.2. Kasbiy psixologiyaning muhim va xarakterli muammolari
Inson psixologiyasi tabiatini tushuntirish va psixik jarayonlarini taqozo
qiladi va olimlar fe’l atvor uchun xulq atvorni oʻzgartirishda xavfli qiyinchiiklar
boʻlishini isbotlagan. Koʻpgina psixologik jarayonlarni izohlash uchun qayta
qidirishni ishonchni ta’minlaydi ammo inson psixologiyasining boshqa
nazariyalari muammolarining yechimi oʻta murakkab boʻladi va buni tushunish
judayam e’tiborga molik. Bu koʻpgina murakkab jarayonlar uchun toʻgʻri ya’ni
tez tez psixoterapiyaning manbasi sifatida qayd etiladi. Koʻpgina asosiy
psixologik fenomenlarning tafsilotlarini tavsiflash katta hajmda qabul qilingan,
lekin bu yerda postdoktoral psixologiya assosatsiyasi hamda hamkorlik
markaziga doir talab qilingan soha savollari boʻyicha qat’iy pozitsiyasida qoldi
va psixologik markazga hujjat taqdim etish jarayonida ularning nazariy
orientatsiyasi hamda qay darajada uning konsepsiyasi va amaliyotida ta’sirini
soʻraydi. Talabalarning bu judayam muhim tanlov haqida tajribalari yetarli
emas.
1
1) Ulardagi ichki jihatlar farqlanishiga qaramay, asosiy darsliklar butunlay
muqovasigacha hayratlanarli ravishda bir xil edi. Fakt shuki, mana shu
darsliklarning umumiy katta hajmini yakka talaba yoki talabalar guruhining
oʻziga xos qiziqishlari va ehtiyojlaridagi biron-bir kitobga maxsuslashtirishni
qiyin qilib qoʻydi. Judayam koʻpincha darslik sotib olish faqatgina ma’lum bir
qismlarini chindan oʻqishni xohlaydigan yakshanba kunidagi ulkan gazetani
sotib olishga oʻxshaydi. Shu kabi sotuvdagi ta’lim psixologiyasi darsliklari
odatda siz shu sohada har qachongidan-da bilishni xohlaydigan yoki muhtoj
boʻlgan ma’lumotlaringizdan koʻproq ma’lumot beradi. Kitob formatiga
keladigan boʻlsak, darslik individualizatsiyaga yoʻl qoʻymaydi.
2) Ta’lim psixologiyasi darsliklari doimo qimmat boʻlgan, ayniqsa
kitoblar koʻp ishlab chiqariladigan Qoʻshma shtatlarda koʻp yillar davomida
ularning narxi inflyatsiyadan tez oʻsgan. Hozirda ta’lim psixologiyasi haqidagi
har bir asosiy matn $ 100 AQSh dollaridan koʻproqqa sotilmoqda. Bu narxning
eng yaxshi holatlarida esa bu talabalar byudjetiga yuklama boʻladi. Narxning
eng yomon holatlarida, ta’lim psixologiyasi darsliklari koʻplab erishib
1
T. Melchert. Fondations of Professional psychology. 2011. 1-bet
8
boʻlmaydigan holatga keltirib qoʻyadi. Narx bilan bogʻliq muammo butun dunyo
boʻylab tasavvur qilganda yanada yaqqol koʻzga tashlanadi; ba’zi davlatlarda bir
dona darslikning narxi fuqarolarning oʻrtacha yillik daromadiga deyarli yaqin
boʻladi.
3) Ta’lim psixologiyasi darsliklarini sotish raqobatida, muallif va
noshirlar ta’limiy qiymatdagi ma’lumotlarsiz bosqichma-bosqich xususiyatlar
qoʻshib kitoblarning narxini oshirishadilar. Ta’lim psixologiyasi noshirlari
oʻziga xos ravishda illyustratsiya va rasmlarning miqdorini oshiradilar, toʻliq-
rangli nashrlarga e’tibor qaratadilar, oʻquv qoʻllanma va yordamchi tahrirlarning
miqdori va qiyinligini oshiradilar hamda faqatgina oʻzlarining kitoblari
xaridorlari uchun foydali xususiy vebsaytlar yaratadilar. Bu xususiyatlar ba’zida
jalb etuvchan boʻladi. Mening oʻqitish tajribam shuni koʻrsatadiki, talabalarni
ta’lim psixologiyasi haqida asosiy gʻoyalarga oʻrgatishdan chalgʻitishga
qaramay, koʻpincha ular talabalarga oʻqishga yordam beradi.
Mana shu darslikni onlayn koʻrinishdagi Global darslik loyihasi bilan
birgalikda tahrir qilishda yuqoridagi muammolarni yechadigan chora-tadbirlarni
qabul qildim. Muallimlar va talabalarning oʻzlari foydali deb topgan va kerak
boʻlgan joylariga istaganlaricha murojaat etishlari mumkin. Bunda ularning
yumushlarining qiymati minimaldir. Pedagogik jihatlar amalda mavjud, lekin
minimal miqdorda saqlangan va kitob formatga keltirilishi internetga kirgan har
qanday insonning undan onson va bepul foydalanishiga imkoniyat tugʻdiradi.
Kelajakda kitobni toʻldirish va oʻzgartirishni amalga oshirish nisbatan onson va
tez boʻladi. Men ishonamanki, mana shular har kim uchun istalgan natija
boʻladi!
1
Har qaysimiz kundalik hayotda odamlar bilan uchrashib, ular bilan
gaplashamiz, gapga hayajon bilan yoki xotirjamlik bilan javob beramiz, bir
odamlar bizga yoqimli boʻladi, boshqalar ....... uncha yoqimli boʻlmaydi.
Odamning nomunosib hulq-atvorini koʻrar ekanmiz, achchigʻlanamiz va
gʻazablanamiz, uni tanqid qilamiz; fidokorona ish, koʻrsatilgan mehribonlik
bizni quvontiradi. Hilma-xil narsalarni koʻrar ekanmiz ularni koʻzdan
kechiramiz bir xil narsani esda tutamiz va aksincha, bir xil narsaga diqqat
1
Kelvin Seifert Educational Psychology 2009 7-bet.
9
qilmaymiz boshqa bir narsani payqamay qolamiz. Yaxshi kitob, yoqimli kuy,
rassomlik san’atining goʻzal asari har qaysimizga rohat bagʻishlaydi.
Bularning hammasi koʻpdan-koʻp boshqa narsalar psixik hayotimizning,
ya’ni ruhiy dunyomiz (ruhiyatimizning) xilma xil namoyon boʻlishidir.
Bizning turmushimizdagi har bir jaryon, faoliyat- bu psixologiyadir.
Kasbiy
psixologiyada
psixikani
oʻrganishning muayyan ilmiy
vazifalariga, oʻzining aniq tadqiqot mavzuiga egadir. Psixologiya ta’sir
koʻrsatuvchi ob’yektlari boʻlgan sub’yektning ichki, psixik holatiga tashqi
ta’sirlar natijasida roʻy beradigan oʻzgarishlar jarayoni qanday kechishini
oʻrganadi. Psixika faolligi bilan ajralib turadi. Uning zarur jihati mayllar, eng
maqbul yechimni faol izlash, ehtimoli tutilgan xatti-harakatlar variantlarini
hayoldan oʻtkazishdan iboratdir. Psixik in’ikos aynan oʻzini aks ettiradigan, sust
narsa emas, balki u harakatlarning turli variantlarini izlash, tanlash, solishtirish
bilan bogʻliq boʻlgan shaxs faoliyatining zarur jihati hisoblanadi. Psixikaning
mavjudligi izchil harakat dasturini tuzish, oldiniga ichki rejada ish bajarish
(masalan, xulq-atvorning ehtimoliy variantlarini tanlash) va shundan keyingina
harakat qilish imkonini beradi.
Biologik
evolyutsiya
jarayonida
kishi
psixikasi
xulq-atvorni
boshqarishning alohida apparati sifatida paydo boʻlib, sifat jihatdan oʻzgarib
ketadi. Odamlar ijtimoiy hayot qonunlarining ta’siri ostida shaxslar boʻlib
yetishadi, ularning har birida ularni voyaga yetkazgan tarixiy sharoitning izlari
saqlanib qolgan boʻladi. Aslini olganda, kishining xulq-atvori, xatti-harakatlari
ham shaxsiy xususiyat kasb etadi.
Ta’kidlanganlarning hammasi endilikda kasbiy psixologiya fanida
yuqorida berilgan ta’rifni bir qadar aniqlashtirish imkonini beradi: psixologiya
voqelikning miyadagi obrazi sifatida sodir boʻluvchi psixik faktlar, qonuniyatlar
va faoliyat mexanizmlari toʻgʻrisidagi fandir. Psixikaning odamga xos boʻlgan
oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning oliy darajasi, uni yaxlit bir
holga keltiruvchi shakli boʻlib, kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan (til
yordamida) doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishining ijtimoiy-tarixiy
shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi.
10
Ongning tuzilishi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday? Ongning
tuzilishiga berilgan birinchi ta’rif uning nomidan kelib chiqqan, ya’ni ong
anglash deganidir. Ikkinchi ta’rif – «Men» va «Men emas» degan tushunchalarni
anglash. Uchinchi ta’rifi: odamning maqsadni koʻzlovchi faoliyatini ta’minlash-
dir. Toʻrtinchi ta’rifi: uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir.
Ongning yuqorida koʻrsatib oʻtilgan barcha oʻziga xos jihatlari shakllanishi va
namoyon boʻlishining muqarrar sharti til hisoblanadi.
Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik kishining oʻzini tuta
olmaydigan qilib qoʻyadigan ta’sirlar bilan bogʻliq psixik jarayonlar, harakatlar
va holatlar yigʻindisidir. Ongsizlikda anglanishdan farqli oʻlaroq, kishi oʻzi
bajarayotgan harakatlarni maqsadga muvofiq tarzda nazorat qila olmaydi,
ularning natijasini baholay olishi ham amri mahol. Ongsizlikka quyidagi psixik
hodisalarni kiritish mumkin: uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush
koʻrish);
sezilmaydigan, lekin haqiqatan ham ta’sir koʻrsatadigan
qoʻzgʻatuvchilarga «subsensor» va «subretseptiv» javob reaksiyalari; oldinlari
ongli harakat boʻlib, lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan va shunga koʻra
endilikda anglanilmaydigan boʻlib qolgan harakatlar; faoliyatga undovchi,
ammo maqsad hissidan anglanilmaydigan ayrim mayllar va hokazo. Ongsizlik
hodisalariga bemor kishining psixikasida roʻy beradigan ba’zi bir patologik
hodisalarni – alahlash, yoʻq narsalarning koʻzga koʻrinishi va shu kabilarni ham
kiritish mumkin. Shularga asoslanib, ongsizlikni ancha qarama-qarshi deb
hisoblash, uni hayvonlar psixiksiga tenglashtirish notoʻgʻri boʻlar edi. Ongsizlik
– kishining xuddi ong kabi oʻziga xos psixik koʻrinishi. U kishi miyasida
borliqning yetarli darajada bir xil boʻlmagan, qisman aksi tarzida inson
hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bogʻliq holda paydo boʻlgan.
1
Xulosa qilib aytganda, psixik aks ettirish qanday paydo boʻlgani,
rivojlangani, evolyutsiya pillapoyasining turli bosqichlarida qanday oʻzgarib
borgani, kishi ongi qanday paydo boʻlgani va shakllanganini tushunib olgandan
keyingina psixikaning eng muhim qonuniyatlarini ochib berish va jiddiy psixik
faktlarni aniqlash mumkin boʻladi.
2.
T. Melchert. Fondations of Professional psychology. 2011. 1-bet.
11
Shunday qilib, kasbiy psixologiya fani psixikaning paydo boʻlishi, psixik
jarayonlarning taraqqiyot qonuniyatlari va inson bilan tashqi muhit oʻrtasidagi
oʻzaro munosabatlarni oʻrganadi. Odamning psixik hayoti murakkab va koʻp
qirralidir. U faqat tashqi muhitning ta’sirlarigagina bogʻliq boʻlib qolmay, balki
yuksak
nerv
faoliyatidagi
miya
ishining
murakkab
nerv-fiziologik
qonuniyatlariga ham boʻysunadi. Psixik jarayonlar va shaxsning xususiyatlari
oʻzaro chambarchas bogʻlangan boʻlib, hamisha bir-biri bilan turlicha
bogʻlangan va bir-biriga bogʻliq holda namoyon boʻladi. Muayyan bir vaqtda
hech qachon faqat bittagina psixik jarayon roʻy bermaydi yoki shaxsning faqat
bittagina xususiyati namoyon boʻlib qolmaydi. Masalan: idrok etish, sezgi,
hayol, tafakkur va xotira jarayonlari bilan ham chambarchas bogʻlangan boʻladi
(oʻqishi qiyin boʻlgan xat).
Psixologiya fani bundan 2500 yilcha ilgari Qadimgi Gretsiyada vujudga
kelgan. Aristotel oʻzining “Jon” haqidagi kitobida “Insonning ruhi uning
tanasini boshqarib turadi, ya’ni tana bizning ruhimizga boʻysunadi” degan
gʻoyalari bilan psixologiya faning mavjudligini va fan sifatida falsafadan ajratib
oʻrganish kerakligini asoslab bergan.
Ibn Sino oʻzining “Tib qonunlari” asarida kishilarning mijoziga qarab
muomala qilishda, bemorga nisbatan ham uning individual tipologik
xususiyatlarini bilgan holda kasalini qaysi koʻrinishda ekanligini aytishda
psixologik bilimlarning ahamiyati haqida gapirilgan.
Kasbiy psixologiyaning asosiy vazifasi mutaxassisning psixik faoliyati
qonuniyatlarini oʻrganishdir.
Kasbiy psixologiya psixik hodisalarning odam hayoti va faoliyatining
ob’yektiv shart-sharoitlariga bogʻliq ekanligini: masalan, hayot va tarbiya
sharoitlarining ta’siri bilan oʻsmir xarakterining qanday vujudga kelishini, unda
mehnatsevarlik, oʻqishga vijdonan yondoshish va shu kabilarning qanday tarkib
topishini oʻrganib boradi.
Hozirgi zamon psixologiyasi yetishib kelayotgan yosh avlodda keng
dunyoqarashni va milliy qadriyatlarimizni tashkil topishini va ularni psixologik
bilimlar bilan mustahkamlashni ta’minlaydi.
12
Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrida inson psixikasi oʻzgarib, takomillashib
boradi, buning natijasida u bilan bogʻliq qonun va qonuniyatlar ham zamon
talabi, taqozosi tufayli oʻziga xos ma’no, mohiyat kasb etadi. Ijtimoiy
munosabatlar koʻlamining kengayishi, shaxslararo muomala maromining yangi
muloqot shakllari paydo boʻlishi, tabiat, jamiyatga nisbatan insoniyatning
yaqinlashuvi darajasi kuchayishi yangicha qarashlarini vujudga keltiradi.
Ijtimoiy ong darajasining yuksalishi, mukammallashuvi narsa va hodisalarga
boʻlgan kishi munosabatining yangilanishiga olib keladi, qolaversa mezonlar,
munosabatlar, ularning baholanishi asta-sekin sifat jihatdan, oʻzgarib boradi. Bu
ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik jarayonga mafkura oʻz ta’sirini oʻtkazadi, buning
oqibatida ichki (sub’yektiv) va tashqi (ob’yektiv) omillarning ijobiy yoki salbiy
ta’siri ortadi. Shuning uchun muayyan davr oʻtishi bilan psixikaning oldingi
qonun va qonuniyatlari oʻz ahamiyatini yoʻqota boradi. Ijtimoiy taraqqiyot bu
asnoda yetakchi vazifani bajaradi, yangilanishlarning ustuvor negizini tashkil
qiladi. XXI asrga kelib, psixikaning ob’yektiv qonuniyatlarining kompleks
masalalarini yaxlit holda tadqiq etishni taqozo etadi va quyidagilarni talab
qiladi: a) ularning metodologik, nazariy, eksperimental jihatdan oʻrganish; b)
ularga oid nazariy-tadbiqiy jabhalarini amaliyotda sinab koʻrish; v) natijalarning
ishonchliligi, validliligi va reprezentativligini tekshirish. Shuning uchun
psixologiya fanining markaziy masalasi psixikaning ob’yektiv qonunlari
mohiyatini chuqur va atroflicha ochish hamda tavsiflashdan iborat. Ushbu
muammo bilan shugʻullangan B.F.Lomovning fikricha, qonun moddiy
hodisalar, sifatlar, munosabatlar oʻrtasida barqaror aloqani (bogʻliqlikni) oʻzida
gavdalantiradi. Qonunni bunday tushunish inson psixikasidagi, jamiyatdagi,
tabiatdagi barcha ob’yektiv qonunlarga bevosita daxldordir. B.F.Lomovning
ta’biricha, qonunni bilish hodisalar mohiyatini yaxshiroq tushunishga imkon
yaratadi, uning mohiyatini tadqiq qilish esa qonun harakatini bilishga, uni
toʻgʻriroq ochishga, tavsiflashga imkoniyat beradi. B.F.Lomovning bayon
qilishicha, sistemali yondashuv qonun tabiatini ochishga, toʻlaroq tushunishga
sharoit tugʻdiradi, undan foydalanish esa uning mohiyatini tushunishga imkonni
vujudga keltiradi. Uning ta’biricha, qonun har qanday sistemaning ob’yektiv
tavsifi sifatida mujassamlashadi. Qonunda boshqa sistemalar boshqariluvining
13
oʻzaro ta’siri va oʻzini oʻzi boshqariluvining imkoniyatlari aks ettiriladi. Qonun
oʻz ehtiyojlariga muvofiq tarzda oʻzaro munosabat va oʻzaro ta’sirning
boshqacha shakllarida namoyon boʻladi hamda oʻzaro harakatni amalga
oshiradi. Agar ehtiyojlar qondirilmasa, unda qonun oʻz funksiyasi va nimaga
yoʻnaltirilganini bajarmagan boʻladi. Shuni ta’kidlab oʻtish joizki, odatda
psixika oʻzida oʻziga xos sistemani mujassamlashtiradi. Shuning uchun psixika
tadqiq etishning oʻta qiyin, murakkab, dinamik xususiyatga ega boʻlgan
sistemasi hisoblanadi. Psixikaning mustaqil hukm surishi boshqa sistemalarni
mutlaqo alohida yashashini bildirmaydi, chunki u sistemalararo munosabatlar
ichida mavjuddir. Psixologiya fanida metodolog psixologlarining aksariyati
"qonun" va "qonuniyat" tushunchalarini farqlashga harakat qiladilar, bizningcha,
bunday tabaqalanish ma’lum ma’noda shartli hisoblanadi. Umumlashma ta’kid
va tavsiflarga koʻra, "qonun" sistemaning barqarorligi daqiqalarini aks ettiradi,
"qonuniyat" atamasi esa sistemaning dinamikligini, uni rivojlanish davrini,
uning qaytatan yangilanishi hamda oʻzgarishini oʻzida aks ettiradi. Holbuki
shunday ekan, qonuniyatning vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi,
barqarorlashuvi, takomillashuvi toʻgʻrisida mulohaza yuritish mumkin. Qomusiy
lugʻatlarda berilishicha, psixikaning fiziologik funksional holatlarga bogʻliqligi
va oʻzaro aloqadorligi toʻgʻrisidagi voqelikni oʻzida mujassamlashtiruvchi
qonunlar boʻlsa, uning boshqasi esa ijtimoiy-psixologik munosabatlarni
aniqlashga xizmat qiluvchi qonunlar turkumini tashkil kiladi.
Psixologiyaning mukammal manbalarida mujassamlashgan psixikaning
qonunlari quyidagi koʻrinishga ega:
1. Harakat ta’siriga munosib psixik aks ettirishning adekvatligi.
2. Jamiyat va inson maqsadi, ehtiyojlari, tashqi va ichki sharoitlarga
mutanosib tarzda faollikning amalga oshishi, yechimning optimalligi.
3. Sistema sifatida psixik aks ettirishning tanlovchanligi.
4. Psixik aks ettirish shaklining sub’yektivligi.
5. Psixik aks ettirishning betakrorligi va noyobligi.
6. Psixik hodisalar shakllanishi va rivojlanishining muayyan izchillikka
ega ekanligi.
14
7. Alohida shaxslarning, ijtimoiy birlashmalar va guruhlar psixikasi
rivojlanishining xilma-xilligi.
8. Psixikaning ontogenetik rivojlanishida davrlarga asoslanib aks ettirish.
9. Psixikaning rivojlanishida fenomenal psixik holatlarining sistema
yaratuvchanlik roli.
10. Psixikaning ijtimoiylik va individuallik birligi.
11. Shaxs psixikasining shakllanishida ijtimoiy munosabatlarning
ustuvorligi roli.
12. Inson faoliyati bilan psixikasi funksiyasiga ta’sir etuvchi qonunning
uygʻunligi.
Psixologiya fanida umumiy va xususiy qonunlar mavjud ekanligi
ta’kidlab oʻtiladi, chunonchi:
1. Qonunning tarixiy shartlanganligi.
2. Ijtimoiy psixikaning rivojlanishida vorislik qonuni.
3. Ijtimoiy rivojlanishda psixika rolini ortib borish qonuni.
Psixikaning ayrim umumiy qonunlari toʻgʻrisida tasavvur hosil qilish
bilan birga, ba’zi eng muhim qonuniyatlar yuzasidan shaxsiy mulohazalarimizni
bildiramiz, chunki ular psixikani bundan keyin tadqiq etishga negiz boʻlib
xizmat qiladi.
1. Optimal qaror qabul qilishda, axborotlarni ishlab chiqishda, ularni
egallashda psixik jarayonlar, fiziologik organlar imkoniyatining kuchayishi.
2. Psixikaning ijtimoiylashuvi ortishi.
3. Yaxlit psixik faoliyatda konstruktorlik va ilmiy tadqiqot faoliyatlari
vaznining koʻpayishi.
4. Bolalarda psixik rivojlanishning tezlashuvi va uning negizida ularda
ijtimoiy etuklikning jadallashuvi.
5. Inson ontogenezida yakka shaxs psixikasida dinamik oʻzgarishlarning
vazni, koʻlami kengayishi.
6. Ijtimoiy turmush sharoiti madaniy va moddiy jihatlar yaxshilanishi
natijasida aholining ruhiy umrboqiyligi va faoliyat faolligi koʻtarilishi.
7. Ijtimoiy tizimda inson rivojlanishining sistema yaratuvchi omil sifatida
jamoa rolining ortib borishi.
15
8. Alohida odamlar psixikasi rivojlanish yoʻnalishida ijtimoiy-psixologik
mexa- nizm sifatida ijtimoiy fikr rolining kuchayishi.
9. Ongning ijtimoiy faolligini ragʻbatlantirishda siyosiy va mafkuraviy
qadriyatlar rolining ortishi.
10. Rahbarlik faoliyati samaradorligini orttirish maqsadida rahbarga
jamoaning ijtimoiy-psixologik ta’sir oʻtkazish rolining mukammallashuvi.
11. Qadimgi an’analar, rasm-rusumlar rolining pasayishi tufayli
yangilarining roli yuksalishi.
12. Odamlar xulq-atvorini boshqaruvning ijtimoiy-psixologik mexanizmi
tarzida shaxsiy namuna (ibrat) va avtoritet (obroʻ) rolining kuchayib borishi.
Yuqoridagi psixikaning qonuniyatlari yaxlit sistema sifatida uning barcha
qirralari va rang-barangligini tavsiflash imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun
psixikaning qonun va qonuniyatlarini tadqiq etishda eng muhim muammo
sifatida uni ta’sir oʻtkazish harakati mexanizmlarini oʻrganishni ta’kidlash
maqsadga muvofiqdir.
Idealistlar, odamning psixik hayotini odam tanasi bilan qandaydir
noma’lum yoʻl bilan qoʻshilib, odamda gavdalangan, jismi yoʻq moddiy
boʻlmagan alohida bir narsaning ya’ni ruh yoki jonning zohir boʻlishi deb
hisoblaydilar. (Soʻzlashganimizda va adabiyotda ham «odamning joni» va
«odamning ruhi» degan termin ishlatamiz. Ammo bu terminlarni biz moddiy
boʻlmagan alohida bir narsani ifodalash uchun emas, balki «psixika» soʻzini qay
ma’noda ishlatsak, oʻsha ma’noda ishlatamiz). Idealistik psixologiya
namoyondalari psixik jarayonlar bilan fiziologik jarayonlarning oʻzaro
munosabati haqidagi masalani talqin qilishda yo psixofizik parallelizm yoki
psixofizik oʻzaro ta’sir nuqtai nazarida turadilar. Psixofizik parallelizm
tarafdorlari fiziologik va psixik hodisalar bir-biriga bogʻliq boʻlmagan holda
yonma-yon (parallel ravishda) voqe’ boʻladi, deb hisoblaganlar. Bu qarashga
koʻra, odamning hayot faoliyati qoʻshilib ketmaydigan ikki oqim – organik
hayot bilan psixik hayotning harakatlanishidan iborat emish.
Psixofizik oʻzaro ta’sir tarafdorlari ta’limotiga koʻra, psixik hodisalar
bilan fiziologik hodisalar oʻz tabiati e’tibori bilan har hil boʻlsada, bir-biriga
oʻzaro ta’sir etadi: fiziologik hodisalar psixik hodisalarni vujudga keltiradi,
16
psixik hodisalar esa fiziologik hodisalarga sabab boʻla oladi. Bu qarashga koʻra,
odamning hayot faoliyati goʻyo harakatdagi zanjir boʻlib, unda fizik zveno bilan
psixik zveno ketma-ket kelaveradi. Fanga xilof idealistik muhokamalarga
qarama-qarshi oʻlaroq, dalektik materializm psixik hayot qandaydir alohida,
moddiy boʻlmagan bir narsani zohir boʻlishi emas, balki materiyaning yuksak
darajasidagi mahsuli, ya’ni bosh miyaning hossasidir deb koʻrsatadi. Demak,
psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning alohida hossasi boʻlib, bu
hossa ob’yektiv voqelikni alohida bir yoʻsinda aks ettirish qobiliyatidan
iboratdir.
Psixik jarayonlar miyaning alohida hossasi boʻlib, faqat miyaning
faoliyatiga bogʻliq holda roʻy beradi. Lekin psixikani materiyaning mahsuli deb
bilish tushunchasini vulgar materializm namoyondalari targʻib qilgan soxta (u
ham mexanistik) tushunchadan farq qilish kerak. Mexanist va vulgar
materialistlar tabiatdagi barcha hodisalarni – kimyoviy, biologik, fiziologik
hodisalarni, shuningdek, psixologik hodisalarni ham materiya zarrachalarining
fazoda faqat mexanik suratda siljishdan iborat deb bilar edilar. Ular psixik
jarayonlarni fiziologik jarayonlardan iborat bir narsa deb tushunar, psixik
jarayonlar bilan fiziologik protsessning ikkovi bor narsa deb hisoblar edilar.
Masalan: vulgar materializmning namoyondalari (Byuxner, Moleshott, Faxz )
jigardan oʻt chiqib turgani singari miyadan ham fikr chiqib turadi, deb bilar
edilar. Mexanistlar nazarida, psixik hodisa fiziologik hodisaning oʻzi-yu, uni
odam faqat ichki, sub’yektiv tomondan idrok etar emish. Dialektik materializm
nuqtai nazaridan psixika, materiyaning mexanik harakati emas, balki
harakatdagi materiyaning alohida hossasidir. Shuningdek, psixik protsess
moddiy protsessga bogʻliq, degan soʻzdan psixika, ong-fiziologik jarayonlardan
boshqa bir narsa emas, degan ma’no aslo chiqmaydi. Fikr, ong – voqelikning
sifat jihatidan boshqacha, oʻziga xos bir hodisasidir.
Psixik hodisalar haqida soʻzlashganimizda esa sifat jihatdan boshqacha,
oʻziga xos ravishda aks etishini nazarda tutmogʻimiz kerak. Bu aks ettirish
sezgilarda, xotirada, tafakkurda va boshqa shu kabilarda oʻz ifodasini topadi.
Insonning psixik aks ettirish jarayoni oʻz mohiyati va xarakteri jihatidan 2-
bosqichdan iboratdir. 1) Hissiy (aks ettirish) bilish boʻlib, u sezish, hissiy qabul
17
qilish, xotira va tasavvurlardan iboratdir. 2) Aqliy bilish bosqichi boʻlib, u
tafakkurdan iboratdir. Hissiy bilishning boshlangʻich shakli - sezgidir. CHunki
hissiy bilishning boshqa shakllari – hissiy qabul qilish sezgiga nisbatan ancha
murakkab boʻlib, u sezish asosida vujudga keladi. Hissiy qabul qilishning
sezishdan farqi shundaki, unda predmetlarning ayrim hossalarni emas, balki
predmet bir butun holda aks etadi. Hissiy bilishning yana bir shakli tasavvurdir.
Tashqi ta’sir natijasida vujudga kelgan nerv va miya qobigʻining ma’lum
qismidagi qoʻzgʻalish – sezish, qabul qilish – ma’lum davrgacha oʻz izini
qoldiradi, ya’ni tashqi ta’sir toʻxtagandan soʻng qoʻzgʻalishning, sezishning izi
saqlanib qoladi. Oʻsha ta’sir etgan predmetga aloqador boʻlgan, unga qandaydir
munosabatda boʻlgan hodisa ta’siri natijasida izlar yana qayta tiklanishi
mumkin. Miya qobigʻida saqlanib qolgan shu fiziologik izlarning tiklanishi,
qaytadan qoʻzgʻalishi tasavvur, xotirani vujudga keltiradi. Insonning bilish
jarayoni hissiy bilish bilangina cheklanmaydi. Hissiy bilish yoki jonli kuzatish
inson bilishining pastki bosqichida vujudga keladi, bu bosqich asosida ijtimoiy
mehnat jarayonida ikkinchi yuqori bosqich – aqliy bilish, tafakkur paydo
boʻladi. Hissiy bilish orqali ob’yektiv reallikdan olingan «materiallar»ni qayta
ishlash, ularni munosabatlari, ichki xususiyatlarini aniqlash, muhim va asosiy
tomonlarini nomuhimlaridan ajratib olish, ularning qonuniyatlarini ochish aqliy
bilish va tafakkurda amalga oshiriladi. Odam bilan uning tevarak-atrofidagi
olam oʻrtasida doimo oʻzaro bir-biriga ta’sir qilish jarayoni boʻlib turadi. Odam
bu protsessda dunyoni oʻz psixikasi bilan aks ettiradi. Shu bilan birga, voqe’lik
odam ongida koʻzgudagi kabi passiv ravishda aks etmay, balki aktiv ravishda
aks etadi: odam tevarak-atrofdagi olam bilan oʻzaro bir-biriga ta’sir koʻrsatar
ekan, shu jarayonda olamga ta’sir etadi, uni oʻzgartiradi va uni oʻz ehtiyojlariga
moslashtiradi. Psixologiya fani psixikani oʻrganar ekan, uni yuksak darajada
tashkil topgan materiyaning ob’yektiv voqe’likni aks ettirishdan iborat boʻlgan
alohida hossasi deb biladi. Materiyaning bu hossasi materiyaning boshqa
hossalaridan sifat jihatdan farq qiladi va materiya taraqqiyotining faqat muayyan
bosqichida vujudga keladi. Psixik hodisani, idealistlar ta’lim bergani singari,
fiziologik hodisadan ajratib qoʻyish yaramaganidek, psixik hodisani, vulgar
materialistlari ta’lim bergani singari, fizik hodisaga tenglashtirish ham
18
yaramaydi. Psixik hodisa bilan fiziologik hodisa bir butun boʻlib bogʻlangandir.
Buning ma’nosi shuki, psixologik va fiziologik hodisa sifat jihatidan boshqa-
boshqa hodisalardir, ammo fiziologik hodisa boʻlmasa, ya’ni nerv sistemasi
ishlamasa, psixologik hodisa boʻlishi mumkin emas; shunday qilib, psixologik
hodisa ikkilamchi hodisa hisoblanadi. Psixik hodisalar nechogʻlik murakkab
boʻlmasin, ularni moddiy nerv-fiziologik negizidan ayirib oʻrganish yaramaydi.
Bunday ayirish idealizmga olib borishi mumkin, xolos. Shu sababli psixikani
oʻrganishda psixik hayotdagi hodisa va faktlarni ilmiy asosda tushunib olish
uchun psixikaning moddiy negizini, ya’ni bosh miya va uning faoliyatini, psixik
jarayonlarning nerv-fiziologik mexanizmlarini bilib olish kerak.
1
Odam tevarak-atrofdagi dunyoni qanday idrok etadi, u qanday esida
qoldiradi, qanday esga tushiradi va fikr yuritadi, u qanday hislarni koʻnglidan
kechiradi, odam tevarak-atrofdagi dunyoni oʻz ehtiyojlariga moslashtirib, yangi
moddiy va ma’naviy boyliklarni vujudga keltirib, qanday ish koʻradi – kasbiy
psixologiyani oʻrganish bilan shu masalalarni bilib olamiz.
Kasbiy psixologiyani oʻrganish odamni psixika haqidagi va psixik
hayotning xilma-xil hodisalari haqidagi bilimlar bilan boyitibgina qolmay, shu
bilan birga odam aqlini ham oʻstirishga yordam beradi. Odam aqlini oʻstirish,
jumladan, yangi bilimlar va koʻnikmalarni tezroq egallash, yangi nazariy va
amaliy vazifalarni toʻgʻri hal qilish qobiliyatini takomillashtirishda, oʻz fikrlarini
nutqda toʻgʻri ifodalay bilish va boshqalarning nutqini toʻgʻri tushuna bilishda
ham oʻz ifodasini topadi. Albatta, har bir fan bilan shugʻullanish odamni
kamolga yetkazadi. Ammo psixologiya bu sohada alohida oʻrin tutadi. Odam
psixologiyani oʻrganar ekan, avvalo oʻz aql-idrokini, uning jarayonlarini bilib
oladi, unga diqqat-e’tibor beradi, aqlning faoliyatini kuchaytiradigan shart-
sharoitni bilib oladi va shu bilan oʻz aql-idrokining koʻproq oʻsishiga yordam
beradi.Psixik hayot hodisalari haqidagi ilmiy bilimlarni egallash shaxs
dunyoqarashini shakllanishida katta ahamiyatga egadir. Tushunish kishilar
ongidagi eskilik sarqitlariga qarshi kurashda, jumladan, har xil diniy taassub va
xurofotlarga qarshi kurashda juda kuchli qurol boʻlib xizmat qiladi.
1)
T. Melchert. Fondations of Professional psychology. 2011. 2- bet.
19
Odam psixologiyani oʻrganar ekan, oʻzidagi psixik hayotni va boshqa
kishilar psixikasini bila oladigan boʻlib qoladi. Bu bilim esa boshqa kishilarni
va oʻzini yaxshiroq tushunishga imkon beradi. Psixologiyani bilish, ma’lumot
olish uchun ahamiyati shulardan iboratdir. Shu bilan birga kasbiy psixologiya
(jumladan, psixologiya metodlari) kishilar amaliy faoliyatining har xil turlarida -
ta’lim-tarbiya, ishlab chiqarish, mehnat, meditsina, sud-huquqshunoslik, harbiy-
mudofaa, san’at va boshqa sohalarda ham katta ahamiyatga egadir.
Oʻquvchini bilib olish – shu oʻquvchining darslarni oʻzlashtirish
darajasini bilish demakdir, shuningdek, oʻquvchining psixik xususiyatlarini
bilish demakdir, uning qobiliyat va havaslari qanaqa ekanligini, uning diqqat –
e’tibori, hislari, irodasi, xotirasi, tafakkuri qanday zohir boʻlishini bilish
demakdir.Ta’lim – tarbiya ishida pedagog bolalarni bilimdan bahramand qilish,
ularga koʻnikma va malaka berish bilangina kifoyalanib qolmay, shuningdek,
oʻquvchilar shaxsining hamma tomonlarini, dunyoqarashi, xarakteri, irodasi,
qobiliyati va havaslarini takomillashtirishi lozim. Buning uchun esa psixikaning
ayrim tomonlari qanday sharoitda va qaysi pedagogik usullar yordami bilan
oʻzlashtirishini va takomillashuvini bilmoq kerak.
Har bir pedagog – oʻqituvchi, tarbiyachi, maorif ishining rahbari –
psixologiyani nima uchun bilishi kerakligi yuqorida aytilganlardan ravshan
koʻrinib turibdi. Hozirgi paytda ishlab chiqarish, ishlab chiqarish ta’limi va
mehnatni
tashkil
etishning
har
xil
turlarida
psixologiyadan
keng
foydalanilmoqda. Ishning har bir turi, har bir kasb odamdan tegishli bilim va
mahorat talab qilish bilan birga mahsus psixologik sifatlarni ham talab qiladi.
SHu sababli, ixtisosga qarab murakkab va ma’suliyatli mehnat operatsiyalarini
bajarishga toʻgʻri keladigan kishilar mahsus psixologik tekshirishdan oʻtkaziladi.
Masalan, dastlabki kosmonavtlarni tanlashda talabgorlar xotirasi juda yaxshi,
fahmi oʻtkir, diqqatini bir narsadan ikkinchi narsaga tez koʻchira oladigan, aniq
uygʻun harakatlarni tez bajara oladigan kishilarni ajratib olish maqsadida
tekshirib koʻrildi.
1
Kasb psixologiyasining predmetining ta’rifiga asoslanib,
uning quyidagi vazifalarini ajratib koʻrsatish maqsadga muvofiq:
2)
T. Melchert. Fondations of Professional psychology. 2011. 2- bet.
20
1. Shaxsning kasbiy shakllanishi asosiy tushunchalari va tadqiqot tamoyillarini,
oʻzining faoliyatiga tegishli uslublarini asoslash;
2. Kasb psixologiyasi predmetiga mos boʻlgan tadqiqot uslullarini ishlab chiqish
va oʻziga xos uslublarini tuzish;
3. Kasblarning tavsifiy tuzilmasini psixologik tahlil qilish, kasblarni proektlash
uslublari va tamoyillarini ishlab chiqish;
4. Shaxsning kasbiy shakllanishi qonuniyatlari va psixologik mexanizmlarini
tadqiq etish. Bu jarayon dinamikasini determinantlovchi omillarni aniqlash,
kasbiy shakllanishdagi inqirozlarni tahlil etish;
5. Mutaxassislikning kasbiy desturuksiyalarini, ya’ni shaxsning deformatsiyasi,
kasbiy faoliyatga boʻlgan layoqatini pasayishi va boshqalar;
6. Shaxsning kasbiy rivojlanish monitoringni yuritish, bu borada psixodiag-
nostik vositalarni ishlab chiqish hamda mutaxassislarni attestatsiyadan
oʻtkazish;
7. Shaxsning kasbiy shakllanishiga psixologik yordam hamda insonning kasbiy
hayoti davomida yordam berish, qoʻllab-quvvatlash;
8. Kasbiy maslahat, kasbiy ma’lumotning shaxsiy rivojlantiruvchi psixologik
jihatlari, attestatsiyadan oʻtkazish, kasbiy rivojlanish psixotexnikasi, kasbiy
korreksiya va reabilitatsiya, kasbdan ketishga psixologik tayyorgarlik borasidagi
bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
Kasb psixologiyasining metodologik asosi - bu shaxsning kasbiy
shakllanish konsepsiyasidir. Mazkur konsepsiyaning asosiy mohiyati shundaki,
kasb tanlash jarayonida shaxs miqdor va sifat jihatidan rivojlanib boradi, ya’ni
ular oʻz yoʻnalishini boyitib boradi, shu orqali tajriba va salohiyat shakllanadi.
Kasbiy shakllanish jarayonida inqirozlar, toʻqnashuvlar, destruktiv oʻzgarishlar
boʻlib oʻtishi mumkin. Bu jarayonning tezligi biologik va ijtimoiy omillarga,
shuningdek tasodifiy holatlarga, hayotiy muhim kasbiy voqealarga bogʻliq
boʻladi.
Dostları ilə paylaş: |