Savol: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishining huquqiy tabiatini yoriting. Mazkur holatni qonun hujjatlari yordamida muhokama qiling. 2-kazus
1-kazus. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 94-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 98-moddasida esa Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqarishi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” yangi tahrirdagi Qonunning
5-moddasida normativ-huquqiy hujjatlarning turi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari sanab o‘tilgani holda, Vazirlar Mahkamasining faqat qarorlari keltirib o‘tilgan. Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari esa normativ-huquqiy hujjatning turi sifatida keltirilmagan.
Savol: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishining huquqiy tabiatini yoriting. Mazkur holatni qonun hujjatlari yordamida muhokama qiling. 2-kazus. O‘zbekiston Respublikasida Bosh vaziri buyrug‘iga ko‘ra, 1993 yil yanvardan boshlab mamlakat hududida favqulodda holat e’lon qilindi. SHu davr oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan mamlakat hududida referendum e’lon qilindi. Ammo referendumga qo‘yilgan masala aholi orasida norozilikka duch keldi. Respublika fuqarolari ushbu masalaga qarshi tashviqotlar olib bordilar. Natijada favqulodda holat paytida tashviqot va namoyishlar olib borganlikda ayblanib 60 nafar fuqaro javobgarlikka tortildi.
Savol:__Vaziyatga_huquqiy_baho_bering._3-kazus.'>Savol: Vaziyatga huquqiy baho bering. 3-kazus. 2003 yil 15 mart sanasida O‘zbekiston Respublikasida davlat va jamiyat hayotiga doir muhim masala referendumga qo‘yildi. Toshkent shahar Uchtepa tumanida vaqtinchalik ro‘yxatda turuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi B.Saidov referendumga ovoz berish uchun borganda ovoz beruvchilar ro‘yxatida uning ismi sharifi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Ovoz berish uchastkasi kotibi fuqaro B. Saidov yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatda turganligi tufayli saylovchilar ro‘yxatiga kiritilmaganligini ma’lum qildi. Doimiy turar joyida tashkil etilgan ovoz berish uchastkasida referendumda qatnashishi to‘g‘risida ma’lumot berildi. Bundan norozi bo‘lgan fuqaro B.Saidov prokuratura organiga shikoyat qildi. Prokuratura xodimi ushbu masala sudga tegishli deb shikoyatni rad etdi. Bu orada referendum tugab, natijalar chiqdi. Savol: Vaziyatga huquqiy baho bering. Referendumda ovoz berish tartibini qonun hujjatlari asosida yorting.
4-kazus 2019 yil oktyabrda fuqaro R.Rashidov saylov uchastkasiga murojaat qilib o‘zini saylovchilar ro‘yxatiga kiritib qo‘yishini so‘raydi. Uchastka raisi unga aniq saylovchilar miqdori bor ekanligini, saylovchilar ro‘yxatga olingan vaqtda u yashash joyida bo‘lmaganligi tufayli kiritilmaganligini ta’kidlaydi. O‘z navbatida, R.Rashidov bir kun avval O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lganligini va barcha fuqarolar kabi saylovda ishtirok etish huquqiga egaligini aytib o‘tdi. Saylov uchastkasi raisi R.Rashidov bildirgan vajlarga e’tibor qaratmasdan, ro‘yxatga olish jarayoni yakunlanganligini va ro‘yxat yuqori turuvchi komissiyaga taqdim etilganligini ma’lum qildi. R.Rashidov yuzaga kelgan holat bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga shikoyat arizasi bilan murojaat qildi.
Savol: Vaziyatga huquqiy baho bering. Saylovchilar ro‘yxatini shakllantirish tartibini qonun hujjatlari asosida yoriting. Uchastka saylov komissiyasi raisining xarakatlari to‘g‘rimi? Fikringizni huquqiy asoslantiring.