Savol: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishining huquqiy tabiatini yoriting. Mazkur holatni qonun hujjatlari yordamida muhokama qiling. 2-kazus



Yüklə 49,11 Kb.
səhifə6/7
tarix20.11.2023
ölçüsü49,11 Kb.
#165296
1   2   3   4   5   6   7
Kazus Konstitutsiya bo\'yicha

17-kazus
Fuqaro A.Akbarov o‘ziga tegishli bo‘lgan er uchastkasini fuqaro V.Saidovga 35 ming AQSH dollariga sotib yubordi. Ushbu er uchastkasining hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida davlat hokimiyati idoralari ushbu oldi-sotdi shartnomasini amalga oshirishga to‘sqinlik qildi. Er umummilliy boylik sifatida uning erkin oldi-sotdi qilinishi taqiqlandi. A.Akbarov esa ushbu er uchastkasi mulk qilib berilganligini, unga nisbatan mulk huquqi mavjud bo‘lib, uni tasarruf etish huquqi ham mulk huquqining elementi sifatida unga tegishli ekanligini keltirib sudga murojaat qildi.
Savol:
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Fuqarolarning erga bo‘lgan mulk huquqi qanday elementlardan iborat ekanligini muhokama qiling.


18-kazus
Toshkent shahar Adliya boshqarmasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan “Buloq” nodavlat notijorat tashkiloti aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash sohasidagi qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuzilgan. Mazkur nodavlat notijorat tashkilot bir necha bor davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishga erishish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasiga hujjatlar topshirgan. Biroq, har doimgidek Parlament komissiyasi mazkur tashkilotga mablag‘ ajratish masalasida rad javobi berib keladi. Davlat granti olish bo‘yicha berilgan oxirgi murojaat ham ijobiy hal bo‘lmagandan keyin “Buloq” nodavlat notijorat tashkiloti a’zolari umumiy yig‘ilish chaqirish hamda yig‘ilish kun tartibiga tashkilotni ixtiyoriy tugatish haqida masalasini kiritish taklifini ilgari surishdi.
Savol:
Vaziyatga huquqiy baho bering.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasi mazmun-mohiyatini muhokama qiling.


19-kazus.
“Beshchashma” MFY faollari qishloq hududida joylashgan masjiddan foydalanishga ruxsat berishini so‘rab tuman hokimligiga murojaat qildi. Tuman hokimiyati qishloq aholisining ehtiyojini inobatga olib, faqat mazkur hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda doimiy ravishda toza va ozoda bo‘lish sharti bilan diniy ibodat uchun foydalanishga ruxsat berdi. Masjid va uning atrofidagi hududlarga kerakli daraxt ko‘chatlari, gul ekishni majburiyat sifatida qishloq aholisi zimmasiga yukladi. Biroq oradan ko‘p o‘tmasdan viloyat adliya boshqarmasi tuman hokimining qarorini bekor qilgan holda ushbu masjiddan foydalanishni ta’qiqladi.

Yüklə 49,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin