Savol: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishining huquqiy tabiatini yoriting. Mazkur holatni qonun hujjatlari yordamida muhokama qiling. 2-kazus



Yüklə 49,11 Kb.
səhifə2/7
tarix20.11.2023
ölçüsü49,11 Kb.
#165296
1   2   3   4   5   6   7
Kazus Konstitutsiya bo\'yicha

5-kazus.
“A.” Siyosiy partiya parlamentga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda muvaffaqiyatli qatnashish maqsadida o‘zi bilan uzoq muddatli hamkorlik shartnomasi asosida faoliyat olib borayotgan xalqaro tashkilotdan hamda siyosiy platformasida aks ettirilgan g‘oya va maqsadlariga xayrixoh bo‘lgan chet el fuqarosidan ko‘p miqdorda chet el valyutasidagi xayriya yordamini oldi. Olingan mablag‘lar hisobidan siyosiy partiya nomzodlar bilan uchrashuvlarni tashkil etdi, uchrashuvlarga kelgan fuqarolarga o‘z hisobidan dasturxon tashkil etdi, esdalik sovg‘alarini hadya qildi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari va bank-moliya idoralari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Markaziy saylov komissiyasi partiyani saylov jarayonida ishtirok etishdan chetlatdi. Siyosiy partiyaning faollaridan biri mazkur qarordan norozi bo‘lib Konstitutsiyaviy sudga shikoyat arizasi bilan murojaat etdi.
Savol:
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish tartibi va shartlarini qonun hujjatlari asosida aniqlang.


6-kazus.
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi tomonidan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
15-moddasi asosida 2015 yilning fevral kuni viloyat xorijiy valyuta zaxirasini shakllantirish maqsadida tegishli qaror qabul qilindi. Qarorda viloyat valyuta fondini shakllantirish va undan foydalanish faqatgina Kengash roziligi bilangina amalga oshirilishi mumkinligi belgilandi.
Biroq, viloyat hokimi mazkur fondda jamlangan mablag‘larni tasarruf etish vakolati kengashga berilishini noqonuniy hamda bunday turdagi masalalar bilan viloyat hokimligi moliya ishlari boshqarmasi shug‘ullanishi lozim deb hisoblab, ushbu qarorni bekor qildi.
Savol
Vaziyatga huquqiy baho bering.
O‘zbekiston Respublikasining mahalliy davlat hokimiyati va byudjet masalalari to‘g‘risidagi qonunchilik asosida Kengashning mazkur qarorini muhokama qiling.
7-kazus.
2016 yilning 24 dekabr kuni Buxoro viloyati Kogon tumani hokimi SH.ning qaroriga asosan, shu hududda joylashgan 50 g. er maydoni fuqaro U.Saidovga uy-joy qurish uchun ajratib berildi. So‘ng fuqaro U.Saidov o‘zi uchun ajratilgan er maydoniga ko‘chmas mulk imoratini qurishni boshladi va nihoyasiga etkazdi. Qurilish tugallanganidan so‘ng esa tuman prokuraturasi tomonidan sudga kiritilgan ariza orqali hokimning er ajratib berish to‘g‘risidagi qarori haqiqiy emas deb topildi va fuqaro U.Saidovga tegishli bo‘lgan imorat er maydoniga qo‘shib olib qo‘yildi. Bundan norozi bo‘lgan fuqaro U.Saidov viloyat prokuraturasiga shikoyat qildi. Viloyat prokurori tuman prokurorining harakatini qonuniy deb baholadi. Fuqaro U.Saidov sudga murojaat qildi.

Yüklə 49,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin