Abdulla Qodiriy nomidagi
Jizzax Davlat Pedagogika Instituti
Pedagogika va psixologiya fakulteti (Sirtqi bo'lim)
O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan
REFERAT
Mavzu: “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ustuvor jihatlari.
Bajardi: 903-guruh talabasi
Axrorov Azamat
Tekshirdi: Mamatqulov S. T
Mavzu: “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ustuvor jihatlari.
Reja:
1. "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonun haqida.
2. Qonunning asosiy tushunchalari.
3. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari va yo'nalishlari.
4. Mazkur Qonunning ahamiyati
Ma’lumki, bugungi kunda yoshlarga juda ko’plab imkoniyatlar yaratilib berilmoqda, chunki yoshlar kelajakning poydevorlari hisoblanadi. O’zbekiton Respublikasida ham ham ularning ta’lim olishlari, ham unib o’sishlari uchun juda katta eshiklar ochilmoqda . Buning isboti sifatida O’RQ–406-sonli 2016 yil -14 sentabrdagi “O’zbekitonda yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida"gi Qonuni asosida ularni huquqiy tomondan ham himoya qilishni ko’zda tutadi.
Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risidagi qonun mamlakatning ushbu sohadagi asosiy faoliyati, vazifalari hamda asosiy tamoyillarni o'zida aks ettiradi. Ushbu Qonunning maqsadi yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Mazkur Qonun 4 ta bob, 33 ta moddadan iborat. Ushbu Qonunning maqsadi yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonundagi boblarning nomlanishi quyidagicha:
1-bob. Umumiy qoidalar
2-bob. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar
3-bob. Yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish
Dostları ilə paylaş: |