Referat mavzu: "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ustuvor jihatlari


-bob. Yakunlovchi qoidalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: yoshlarga oid davlat siyosati



Yüklə 34 Kb.
səhifə2/2
tarix19.05.2023
ölçüsü34 Kb.
#117495
növüReferat
1   2
O\'zb tarixi

4-bob. Yakunlovchi qoidalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:


yoshlarga oid davlat siyosati — davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi;
yoshlar (yosh fuqarolar) — o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar;
yosh oila — er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol);
yosh mutaxassis — oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini bitirgan, ta’lim muassasasini bitirganidan so‘ng olgan ixtisosligi bo‘yicha uch yil ichida ishga kirgan va ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan ixtisosligi bo‘yicha ishlayotganiga uch yildan ko‘p bo‘lmagan o‘ttiz yoshdan oshmagan xodim;
yoshlar tadbirkorligi — yuridik shaxs tashkil etmagan holda yosh fuqarolar tomonidan, shuningdek ta’sischilari yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati.
Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
-ochiqlik va shaffoflik;
-yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda yoshlarning ishtirok etishi;
-yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
-ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi;
-yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi.

Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari esa quyidagilardan iborat:


-yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
yoshlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash;
-yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish;
-yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash;
-yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish;
-yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;
-yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish;
-yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish;
-iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish;
-yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
-yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
-yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish;
-yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

Yoshlar siyosati jamiyatni rivojlantirish va ijtimoiy o'zgarishlarning muhim omili sifatida turli mexanizm, uslub va strategiyalarni ishlab chiqishni hamda izchil ravishda amaliyotga tadbiq etishni taqozo etadi. Davlatdagi ijtimoiy barqarorlik ko'p jihatdan yoshlarning barcha qatlamlariga yo'naltirilgan kuchli ijtimoiy himoyaga, ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash hamda imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda yetarli shart-sharoit yaratilganiga bog'liqdir.


Shu jihatdan, 2016 yilda qabul qilingan“Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida” gi Qonun mamlakatimizning ushbu yo'nalishdagi asosiy tamoyillarini belgilab berib, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, iste'dodini yuzaga chiqarish va ularni qo'llab-quvvatlashda muhim o'rin tutmoqda.
Prezident SH.Mirziyoev bugungi kunda mamlakatimizning yoshlarga oid siyosati haqida to'xtalib, “Eng muhimi, yoshlar bilan doimiy muloqot olib borish, ularning bandligini ta'minlash, hayotda o'z o'rnini topishi, jamiyatning munosib a'zolariga aylanishi, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash vazifasi barchamizning kundalik faoliyatimiz mezoniga aylanib bormoqda” deb ta'kidlab o'tdi.
Xorijiy mamlakatlarning aksariyatida davlatning yoshlar siyosati sohasidagi asosiy prinsiplari, vazifalari aks etgan huquqiy hujjatning ishlab chiqish masalasiga katta e'tibor qaratiladi. Misol uchun, Ozarbayjon, Belarus, Finlandiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Latviya, Litva, Janubiy Koreya kabi davlatlarda "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida" qonunlar qabul qilingan.
Bugun globallashuv jarayonlari shiddatli rivojlanib borayotgan davrda barcha jabhalarda bo'lgani kabi yoshlar siyosatini amalga oshirish, ular bilan ishlash sohasida ham yangicha qarashlar, munosabatlar tizimini ishlab chiqish hamda xorijiy davlatlarning ilg'or texnologiyalaridan foydalanishni taqozo etilmoqda. Zero, ushbu tajribalarni tahlil qilish, ulardan mamlakatimiz amaliyotida unumli foydalanish yo'llarini o'rganish orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Yüklə 34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin