5
I BOB. KASBIY PSIXOLOGIYANING NAZARIY ASOSLARI.
1.1 KASBIY PSIXOLOGIYA FANIGA KIRISH
1.1.1. Kasbiy psixologiyaning tarixi
Kasbiy psixologiyaning ta’limni yangi mazmunda
joriy qilish yuzasidan
soʻngi yillarda qoʻlga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili boʻla oladi.
Ma’lumki, keyingi oʻn yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta’lim
tizimlarida ta’lim ishlarining mazmuni tubdan oʻzgardi. Ta’limning
eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan muammoli interfaol
ta’lim metodlari) keng joriy qilinmoqda:
Kasbiy psixologiya – psixologiya ilmining tarmogʻi sifatida, ta’lim va
tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va
mexanizmlarini oʻrganuvchi fandir. Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda
ta’lim – tarbiya muassasalaridagi faoliyat va xatti – harakatlarining psixologik
qonuniyatlarini oʻrganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanni, ya’ni psixologiya
va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan oʻrin egallagandir.
Kasbiy
psixologiyaning predmeti bilim, koʻnikma va malakalarning egallash
qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir boʻladigan individual tafovutlarni,
oʻquvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini
tadqiq etishdir. Shuningdek, Kasbiy psixologiya ta’lim – tarbiyaning ta’siri
oqibatida oʻquvchilar psixikasida sodir boʻladigan oʻzgarishlar, oʻquv
materiallari oʻquvchilarning yosh davrlariga mos kelishi, turli ta’lim
metodlarining psixologik
jihatdan samaradorligi, darsliklar, oʻquv qurollari,
asbob – uskunalar va oʻquv ishlarining tartibiga nisbatan boʻlgan psixologik
talablar kabi muammolarni ham Kasbiy psixologiya oʻrganadi.
Hozirgi vaqtda Kasbiy psixologiya muhim vazifalaridan biri – maktabdagi
ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab
chiqishdan iborat boʻlib, bu hol yangi ta’lim dasturiga oʻtish munosabati bilan
bogʻliqdir. Kasbiy psixologiya shu bilan birga talabalar shaxsining tarkib topish
jarayonini turli tarbiyaviy tadbirlarning talabalarga koʻrsatadigan ta’sirini
oʻrganadi hamda talabalarning oʻz – oʻzini tarbiyalashning psixologik asoslarini
tadqiq etadi. Shuningdek, “Kasbiy psixologiya” ta’lim va tarbiya jarayonining
6
tashkilotchisi boʻlgan oʻqituvchi
shaxsini, uning pedagogik faoliyat
xususiyatlarini ham oʻrganadi. Bunda oʻqituvchining ta’lim – tarbiya ishlaridagi
yutuqlarni ta’minlovchi sifatlariga urgʻu berish bilan birga, uning bilim,
koʻnikma, malaka va qobiliyatlarining tarkib topishi hamda taraqqiyotining
psixologik jarayonlari aniqlanadi. Kasbiy psixologiya umumiy psixologik
qonuniyatlarni
yoritib beradigan, psixik jarayonlarni, holatlarni va shaxsning
individual psixologik xususiyatlarini oʻrganadigan umumiy psixologiyaga
asoslanadi. Shu bois pedagogik psixologiya fanini oʻrganish ham nazariy, ham
amaliy ahamiyatga ega boʻlib, u boshqa fanlar singari taraqqiyotning umumiy
tamoyillariga: oliy nerv faoliyati va
psixofiziologiya qonunlariga, bu sohada
toʻplangan ilmiy ma’lumotlarga tayanib, inson psixikasining kechishi,
rivojlanishi, oʻzgarishi yuzasidan bahs yuritadi.
Respublikamiz aholisining aksariyati agar xoʻjalik sohasi bilan
shugʻullanayotganligi tufayli uning tarmoqlariga oid mutaxassislarni tayyorlash
uchun kasbning psixologik xususiyatlari, mehnat koʻnikmalari
va malakalari
bilan boʻlgʻusi ixtisos egalarini qurollantirish muhim ijtimoiy vazifalardan
biridir. Boʻlgʻusi agronom-pedagogni kasbiy tayyorlash, kasb-hunar oldiga
qoʻyiladigan talablarga mutanosib insonlar qilib shakllantirish davlat
ahamiyatiga molik muammo boʻlib hisoblanadi. Oʻzbekistonning issiq iqlim
sharoitining biologik-tibbiy jihatlari birmuncha oʻrganilganligiga qaramay,
ularning
mexanizmlari, akseleratsiya hodisasi, qishloq aholisining jismoniy
rivojlanishi, mehnatkashlarning issiq sharoitga moslashishlari, mehnatni tashkil
qilishning oqilona yoʻllari, mehnat unumdorligini oshirishning samarali usullari,
ekologiyaning oʻzgarishiga oʻxshash muammolar qariyb oʻrganilmagan.
Quyidagi mavzular yuqoridagi muammolarning aksariyatiga javob berishga
xizmat qiladi.
Inson-tabiat munosabatini oʻzida
aks ettiradi, shaxs omili va uni hozirgi
davrda ishlab chiqarishda hisobga olish mehnat samaradorligini oshirish, kasb
mahoratini takomillashtirish uchun negiz boʻlib hisoblanadi. Kasb-hunar
mohiyatini ochib beruvchi professiogramma, professiografiya, psixogramma
asosida mutaxassislarni tayyorlash uchun texnik oliy ta’lim
muassasalari
intilmoqlari lozim.