Annotatsiya: Dunyo globalashuv jarayoni insonlardan o’z ona tilidan tashqari yana bir necha xorijiy tillarni o’rganishni taqozo qilmoqda. Hozirgi tadqiqotlar ushbu jarayonni erta yoshda boshlash samariliroq bo’lishini ko’rsatadi
Til [So’zlashuv (speaking)ni] o’qitishda o’yinlarning ahamiyati
Annotatsiya: Dunyo globalashuv jarayoni insonlardan o’z ona tilidan tashqari yana bir necha xorijiy tillarni o’rganishni taqozo qilmoqda. Hozirgi tadqiqotlar ushbu jarayonni erta yoshda boshlash samariliroq bo’lishini ko’rsatadi. Ushbu maqolada сhet tillarini bolalikni ilk yoshida o’qitishda ta’limiy o’yinlardan foydalanishning muhimligi va aynan til ko’nikmalarni oson o’zlashtirilishiga yordam beradigan turli o’yinlar atroflicha yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: chet tili, o’yinlar, interfaol o’yinlar, so’z o’yini, hikoya aytib berish, ekspromt gapirish, kategoriyali so’zlar, xotira o’yini.
Kirish So’nggi yillarda chet tillarini o’rganishga va o’qitishga bo’lgan e’tibor sezilarli darajada oshib bormoqda. Bu esa chet tili darslarini, xususan, ingliz tili fanini qiziqarli qilib o’tishni ya’ni turli innovatsion metodlardan, texnik vositalardan, turli xil o’quvchini jalb qiluvchi, interfaol o’yinlardan foydalanishni taqozo etmoqda. Dars davomida bunday o’yinlardan foydalanish o’quvchining fanni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqini yanada oshiradi. Shu sababli, tillarni nafaqat oliy ta’lim muassasalarida, maktablarda, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida ham o’rgatilmoqda. Darslar o’ziga xos usullar,qiziqarli metodlar bilan o’tilmasa, o’quvchilarni darsga jalb qilish biroz murakkab vazifaga aylanishi mumkin. Agarda darslarda an’anaviy usullardan kechilsa, qiziqarli qilib olib borilsa bu nafaqat dars sifatini ta’minlaydi, shu bilan birga zerikishni oldini olib, passiv o’quvchilarni ham darsda ishtirok etishga jalb qiladi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili Umuman aytganda, ikkinchi tilni o'rganish ushbu tilning turli qirralarini
o'rganishni anglatadi, deydi Folse [FOLSE, K. S. Vocabulary Myths. —Michigan: The University of Michigan Press, 2004. – page 22.]. Bu yo'nalishlar" yangi so'zlar, grammatika, talaffuz, kompozitsiya, o'qish, madaniyat va hatto tananing tili" kabilarni o’z ichiga oladi [FOLSE, K. S. Vocabulary Myths. —Michigan: The University of Michigan Press, 2004. – page 22.]. Hech shubha yo'qki, bularning barchasi ikkinchi tilni o’rganuvchilar uchun haqiqiy va zarurdir. Ammo ba'zi yo’nalishlar boshqalardan ko'ra muhimroq bo'lishi mumkin. Chet tilini o'rganishga kirishganda, o’sha chet tilining yangi so'zlari birinchi navbatda o'rgatiladi. Ko'plab ingliz tilidagi o'quvchilar uchun "salom" tabriknomasi ular o’rgangan birinchi so'z sifatida qabul qilinishi mumkin va ayni paytda bu so'z ularga chet tilida (hatto qisqa va oddiy) suhbatlashishlariga yordam berishi mumkin. Shunday qilib, siz asosiy so'zboyligisiz, suhbat qura olmaysiz va Harmer [HARMER, J. The practice of ELT. —Harlow: Longman, 1991. —page 153.] shuni ta’kidlaydiki, chet tilini o'rganishda «muhim organlar va tanani ta'minlovchi» so'zlar mavjud.
Ko'plablug’at yodlash o'yinlari va mashqlari mavjud bo’lib, ulardan ba'zilari
Scrivener tomonidan tavsiya etilgan [SCRIVENER, J. Learning Teaching. —Heinemann: Heinemann, 1994. —page 83.].
• munozaralar
• rol ijro etishi
• rasmlarni so'zlarga / so’zning boshqa qismlariga / so'zlarga mos keladigan rasmlar (masalan, birlashmalar, sinonimlar, qarama-qarshiliklar va boshqalar) moslashtirish, birlashtirish.
• so'z yaratish mashqlari
• narsalarni ro'yxatlarga tasniflash
• krossvord, diagrammalarni to'ldirish
• jumlalardagi bo'shliqlarni to'ldirish
• xotira o'yinlari.