Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Vegetativ nerv sistemasi 
Vegetativ nerv sistemasini nerv tugunlari va bu nerv tugunlarini orqa 
miyadagi hamda orqa miyadan tashqaridagi mahsus birikma va chatishmalari 
tashkil etadi. Vegetativ nerv sistemasidagi nerv hujayralarining va nerv 
tugunlarining ayrim birikmalari hazm organlarida, qon aylanish, nafas olish 
organlarida va shunga oʻxshash organlarda boʻladi. 
Vegetativ nerv sistemasi markaziy nerv sistemasi bilan bogʻlangan: 
vegetativ nerv sistemasining nerv tugunlari bosh miyaning gipotalamus (koʻruv 
dumboqlariniig pastki qismi), toʻrt tepalik va uzunchoq, miya sohasida, 


30 
shuningdek, orqa miyaning koʻkrak, yuqori bel va dumgʻaza boʻlimlarida 
joylashgan. 
Katta yarim sharlar poʻstining peshona qismlarida periferik nerv 
sistemasining ham, vegetativ nerv sistemasining ham funksiyalarini 
birlashtiradigan yuksak markazlari bor. Bosh miya poʻstidan periferik nerv 
sistemasiga ham, vegetativ nerv sistemasiga ham impulslar kelib turadi. 
Binobarin, vegetativ nerv sistemasini, shuningdek, boshqa qism va markazlarni 
bosh miya poʻsti idora etadi. 
Vegetativ nerv sistemasi umumiy nerv sistemasining bir qismi boʻlib, 
ichki organlar hazm, nafas, qon aylanish organlarining ishlarini va ichki 
sekretsiya bezlarining faoliyatini idora qiladi. Vegetativ nerv sistemasi 
organizmning umuman hamma hayotiy jarayonlarini idora etadi. Organizm 
jarayonlarining shu tariqa vegetativ nerv sistemasi tomonidan idora etilishi 
organlar faoliyatining kuchayishi va susayishida, ortishi va kamayishida 
koʻrinadi. 
Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar bilangina bogʻlanib qolmay, balki 
organizmning boshqa hamma qismlari bilan ham bogʻlangandir. Vegetativ nerv 
sistemasining markazdan qochuvchi tolalari hamma sezgi organlarida va teri 
hujayralarida bor. Vegetativ nerv sistemasi oʻsha tolalar orqali sezgi organlariga 
ta’sir etib, ularning faoliyatini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Jumladan, vegetativ 
nerv sistemasi sezgi organlarining adaptatsiyasiga (ya’ni moslanishiga) ancha 
yordam beradi. Vegetativ nerv sistemasi markaziy nerv sistemasining turli 
qismlariga, jumladan, bosh miya poʻstiga ham ta’sir etadi. SHuning uchun ham 
vegetativ nerv sistemasining ta’siri psixik jarayonlarda ham koʻrinadi. 
Vegetativ nerv sistemasi ikkita. Ular: simpatik nerv sistemasi va 
parasimpatik nerv sistemasidan iborat. 
Simpatik nerv sistemasining markazlari gipotalamusda, orqa miyaning 
koʻkrak va yuqori bel boʻlimlaridadir. Simpatik nerv sistemasining tolalari 
tanadagi hamma organlarga yoyiladi. 
Parasimpatik nerv sistemasining markazlari toʻrt tepalikda, oʻrta miyada 
(Varoliy koʻprigi), uzunchoq, miyada va orqa miyaning dumgʻaza boʻlimidadir. 


31 
Simpatik va parasimpatik nerv sistemalari ichki organlar faoliyatini idora 
etishda «antagonistlar» rolini belgilaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin