6.2.2. Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, psixologik shart-
sharoitlari
Shaxs shakllanishida u yashayotgan muhit, kishilar jamiyatning roli juda
kattadir. Masalan, biror mahallada inson shaxsining tarkib tpishida faol ta’sir
koʻrsatuvchi besh yuzta oʻziga xos ijtimoiy muhit bor, degan ma’noni bildiradi.
Bu yerda shunday bir savol tugʻiladiki: “Tashqi muhit inson shaxsining tarkib
topishiga qanday ta’sir qiladi?”.
Birinchidan, ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar odamning ongiga bevosita
ta’sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi.
Ikkinchidan, tashqi ijtimoiy muhit ta’sirining chuqurroq, mustahkamroq
boʻlishiga odamning oʻzi yordam beradi.
315
Ma’lumki, bolalar oʻz tabiatiga koʻra, ilk yoshlik chogʻlaridan boshlab,
nihoyat darajada taqlidchan boʻladilar. Bolalar katta odamlarning barcha xatti –
harakatlariga bevosita taqlid qilish orqali bu xatti – harakatlarni, yaxshi yomon
fazilatlarni oʻzlariga singdirib boradilar. Bolalar oilada, koʻcha – koʻyda, katta
odamlarning har bir harakatlarini, oʻzaro munosabatlarini zimdan kuzatib
turadilar. Inson shaxsining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muitninsh roli haqida
gap borar ekan, shuni ham ta’kidlab oʻtish zarurki, ayrim gʻayritabiiy hodisalar
inson shaxsining tarkib topishida tashqi muhit ta’sirining hal qiluvchi
ahamiyatga ega ekanligini toʻla tasdiqlaydi. Biz ayrim tasodifiy hollarda odam
bolalarining yovvoyi hayvonlar muhitiga tushib qolish hodisasini nazarda
tatayapmiz. Hayotda bunday hodisalar juda siyrak boʻlsa ham har holda uchrab
turadi. Masalan, Hindistonlik doktor Sing Kalkutta yaqinidagi oʻrmonzorda
boʻri bolalari bilan birga ikkita odam bolasining ham toʻrt oyoqlab yugurib
yurganini koʻrib qoladi. Keyin, ularni poylab, qarorgohlarini topib, bolalarni
olib ketadi. Ulardanbiriga Amala, ikkinchisiga Kamala deb nom qoʻyadi. SHu
narsa xarakterliki, bolalar yoshlikdan boʻrilar muhitiga tushib qolganliklari
tufayli, fe’l atvorlari, xatti – harakatlar jihatidan boʻrilardan farq qilmas edilar.
Nut yoʻq, demak tafakkur ham nihoyat darajada cheklangan edi. Juda katta
qiyinchiliklar bilan qayta tarbiyalanayotgan boʻri boʻri muhitidagi bolalar
shamollash natijasida oʻlib qoladilar. Bu hodisa odamning shaxs sifatida
rivojlanishi uchun eng avval insoniy muhit, ya’ni ijtimoiy muhit boʻlishi
kerakligini toʻla tasdiqlaydi. Shaxs va uning psixologiyasiga ta’sir etuvchi
ikkinchi omil ta’lim – tarbiyaning ta’siridir.
Ma’lumki, ta’lim – tarbiya inson ongini shakllantiradi, uning
dunyoqarashi, e’tiqodi, hayotga
boʻlgan
munosabatini
tarkib
toptiradi. Agar bolalarning ruhiy
taraqiyotlari
va
shaxsiy
xususiyatlarning tarkib topishi faqat
ijtimoiy muhit bilan, ta’lim –
tarbiyaning oʻzigagina bogʻldiq
boʻlganda edi, unday paytda biz bir
316
xilda sun’iy va aynan bir xil ta’lim – tarbiya sistemasini tashkil qilib, har
tomondan bab-baravar taraqqiy etgan va deyarli bir xil shaxsiy xususiyatlarga
ega shaxslarni etishtirib chiqarar edik. Vaholanki, bunday boʻlishi mumkin
emas. Shuni aytib oʻtish kerakki, bola shaxsining tarkib topishiga ta’lim
tarbiyaning ta’siri deganda, albatta, birinchi navbatda tarbiya muassasalarida,
ya’ni bogʻcha, maktab, internat, litsey va kollejlarda beriladigan tarbiya
tushuniladi. Biroq, bunday oilada bolaga beriladigan ta’lim tarbiya mutlaqo
mustasno emas. Oiladagi umumiy ijtimoiy muhitdan tashqari oilada beriladigan
ta’lim tarbiyaning ham roli kattadir. Bola tarbiyasi bilan sistemai
shugʻullanadigan va umuman shugʻullanmaydigan oilalarga misol keltirish
mumkin. Yuqorida aytib oʻtilgan ikkita odamdan tashqari uchinchi omil ham
mavjudki, bu nasliy xususiyatlardir. Odamga nimalar nasliy beriladi? Odamga
nasliy yoʻl bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlari beriladi. Masalan,
tana tuzilishi, sochi va koʻzlarining rangi, ovozi, gapirish uslublari, ayrim
harakatlari tugʻma berilishi mumkin. Lekin, shuni xech qachon esdan
chiqarmaslk kerakki, odamga xech vat uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning
aqliy tomonlari bilan bogʻliq boʻlgan sifatlari nasliy yoʻl bilan, ya’ni tugʻma
ravishda nihoyatda nodir hollarda ayrim hollarda ayrim qobiliyatlar, masalan,
musiqa, matematik qobiliyatlar nasliy yoʻl bilan berilishi mumkin.
Odamning ruhiy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi
haqida gapirar ekanmiz, yana bir muhim narsa ustida toʻxtalib oʻtish kerak.
Hozirgi kunda tez – tez akseleratsiya terminini ishlatyapmiz. Xoʻsh,
akseleratsiya bu nima? Akseleratsiya – “tezlatish” degan ma’noni bildiradi.
Hozirgi kunda bolalarni ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan juda jadallik bilan
rivojlanayotganliklarining guvohi boʻlib turibmiz. Xoʻsh, buning sababi nima
boʻlishi mumkin? Albatta, bunga turli fikrlar mavjud. Ayrim olimlar
akseleratsiyaning sababini ilmiy texnika taraqqiyoti bilan bogʻlab tushuntirishga
intimoqdalar. Texnikaning juda jadal temp bilan rivojlanishi bilan insoniyating
oldiga mislsiz koʻp axborotlarni idrok qilish va fikrda qayta ishlash talablarini
qoʻyadi. Bu talab oʻz navbatida insonning har tomonlama, ya’ni ham jismoniy
ham psixik jihatdan tez rivojlanishiga olib keldi. Yuqorida aytib oʻtilgan
317
olimlarning fikricha, akseleratsiya – bu 20 asrning ikinchi yarmiga xos boʻlgan
hodisadir.
Dostları ilə paylaş: |