112
mavzulararo aloqalar oʻrnatish: v) oʻquv materialini esda olib qolish. (qayta
ishlangan ma’lumotlarni xotirada saqlash). Oʻqitilayotgan har bir mavzu va fan
yuzasidan oʻqituvchining didaktik savodxonlik ustanovkasidan muvafaqqiyatli
oʻtadi. Buning uchun oʻqituvchi ta’lim olayotganlarning bilish faoliyatini
quyidagi yoʻllar orqali uzluksiz faollashtirib boradi: oʻquv materialini eslab
qolishning qiyosiy yoʻnalishi (tovush pardasini oʻzgartirish, darajasini
pasaytirish, maxsus iboralar ishlatish;
bu juda muhim; bu sizlarga amaliyotda
kerak boʻladi; buni mustahkam esda olib qolish); mazkur mavzuga, predmetga
aloqador boʻlgan yorqin misollar, dalillar, chuqur ilmiy asoslangan amaliy
harakatlarni tanlash hisobiga qiziqishlar singdiriladi. Natijada, ta’lim
olayotganlar
amaliyotda sinalgan, faoliyatda natijalarga erishish, tushunchalar
mohiyatini tushunish aniq bilimlarni oʻzlashtirishga erishiladi. g) bilimlarni
mustaqkamlash. Bu bilimlarni oʻzlashtirishning soʻnggi bosqichi boʻlib, unda
oʻqituvchi ta’lim olayotganlarning egallagan bilimlarini amaliyotda ishlatishni
oʻrgatadilar, talabalarda koʻnikma va malakalarni shakllantirishni tashkil
etadilar. Malakali psixologlarning fikriga koʻra, analogik sharoitlarda bir
operatsiyani bir necha marotaba takrorlash yoʻli bilan hosil qilingan,
avtomatlashtirilgan ongli harakatlar komponenti hisoblanadi. Oʻqituvchi
malakani qayta ishlash uchun mashgʻulotlarda turli usullarni qoʻllaydi. Ulardan
asosiysi mashqlar hisoblanadi. Malakaning ichki koʻrinishini
bir- biri bilan
chambarchas bogʻlangan fiziologik va psixik jarayonlar, ya’ni malakali
mutaxassis tez, aniq va erkin harakatlar bajarishda tashqi tomondan namoyon
boʻladi. Malakalar ikki – oddiy va murakkab koʻrinishda boʻladi. Malakani ichki
koʻrinishdagi bogʻliqlik turlaridan tashqari, oddiy malakalar quyidagi
koʻrinishlariga ajratiladi. hissiy (sensor) intelektual (aqliy) harakatli (motor)
Murakkab malakalar bir necha sodda malakalardan tashkil topadi. Koʻpgina
malakalar oʻzlashtirilgan bilimlar asosida shakllanadi, keyinchalik esa oddiy
uquvlarni qoʻllash orqali erishiladi. Uquvlar psixologlarning fikriga koʻra ruhiy
ta’lim boʻlib, amaliy vazifalarni hal etishda bilimlardan toʻgʻri
foydalanish va
ularni umumlashtirish harakatlari bilan ifodalanadi.
Pedagogik nuqtai nazardan oʻquv egallangan bilimlar asosida turli
sharoitlarda oqilona usullardan foydalanib, sifatli va muvaffaqiyatli harakat
113
qilishni ifodalaydi. Ta’lim jarayonida ta’lim olayotganlarda uquvlarning ikki –
oddiy va murakkab koʻrinishi shakllanadi. Oddiy uquvlar muayyan
operatsiyalarni bajarishda toʻgʻridan -toʻgʻri bilimlardan foydalanishni nazarda
tutadi, masalan: uskunalarni ketma-ket ishlashini oʻzgartirish, qurolni
boʻlaklarga boʻlish va yigʻishning oddiy harakatlarini bajarish uquvi. Murakkab
uquvlar turli shakldagi oʻzgaruvchan vaziyatlarda ijodiy va eng maqbul bilim va
koʻnikmalardan foydalanishni talab etadi. Murakkab uquv sifatida operativ
vaziyatni baholash va boshqaruv qarorlari qabul qilishda namoyon boʻladi.
Shunday qilib, ta’lim beruvchi mutaxassislarni tayyorlash, tinglovchilarni yuqori
pogʻonalarga yetaklaydi:
bilimsizlikdan-bilimga, bilmagandan-bilishga. Bir
vaqtning oʻzida har bir ta’lim beruvchi ta’lim olayotganlarga ta’sir etish
jarayonida ichki ishlar organ xodimlariga xos boʻlgan ijobiy sifatlar va zarur
kasbiy ishga oid sifatlarni shakllantiradi. Ta’lim beruvchilarga ta’lim
olayotganlarning oʻzlari mustaqil bilimlarni egallash, oʻz-oʻzini tarbiyalash
boʻyicha katta yordam beradilar.
Ta’lim olayotganlar diqqatiga psixologik tavsif. Ta’lim oʻqiyotganlarning
oʻqituvchi rahbarligi ostida malaka va koʻnikma hosil qilish, mustaqil bilimlarni
egallashga qaratilgan tizimli faoliyatidir. Diqqat - kishi faoliyatining barcha
turlari, eng avvalo mehnat va oʻquv faoliyati samaradorligining muhim va zarur
shartidir. Buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiy ― “Diqqat aynan shunday bir
eshikki, jamiki narsalarning barchasi tashqi olamdan kishi qalbiga kirib
keladigan shu eshik orqali kiradi‖. – deb yozgan edi. Diqqat bilish jarayonlaridan
farqli oʻlaroq, oʻzining
alohida mazmuniga ega emas, u barcha bilish
jarayonlarining joʻshqin jihatidir. Diqqat individning hissiy, aqliy yoki
harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda
ongning yoʻnaltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir”. Diqqat-sezgi, xotira,
tafakkur harakat jarayonlarida namoyon boʻlishi mumkin. Shu sababli, diqqatni
biror narsa yoki ob’yektga qaratishga (idrok etiladigan buyum, xotira, tafakkur,
harakat tasavvurlari) bogʻliq namoyon boʻlishining quyidagi: sensor (perseptiv)
aqliy, harakatlantiruvchi shakllarini ajratib koʻrsatadilar. Hozirgi vaqtda sensor
(koʻrish va eshitish) diqqati koʻproq oʻrganilgan. Hosil boʻlish xususiyati va
amal qilish usullariga koʻra diqqatning quyidagi: ixtiyorsiz diqqat ixtiyoriy
114
diqqat ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat turlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: