Moliya
147
I Bond obligatsiyalarining boshqa o‘ziga xos xususiyat-
lari qanday?
•
I Bond
obligatsiyalari omonat o‘lchamining juda keng
doirasiga ega; Siz ularga jami 50 dollar yoki yiliga 30 000
dollar investitsiya
qilishingiz mumkin;
•
I Bond
obligatsiyalari ishonchlidir, zero, ular G‘az-
nachilikning qimmatli qog‘ozlari hisoblanib, AQSh huku-
mati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va kafolatlanadi;
•
I
Bond
obligatsiyalari soliq afzalliklariga ega. Siz o‘z
daromadlaringizdan soliq to‘lash muhlatini 30 yilga uzay-
tirishingiz mumkin, va bundan tashqari bu obligatsiyalar
ma’muriy hudud (shtat)lar va mahalliy daromad solig‘ini
to‘lashdan
ozod etilgan;
•
I
Bond
obligatsiyalarining bahosi, to‘g‘risini aytganda
har oy oshib boradi, foizlari esa har yarim yillikda hisobla-
nadi;
•
I
Bonds
obligatsiyalari likvidli hisoblanadi. Ularni so-
tib yuborish va olti oy o‘tganidan so‘ng xohlagan paytda
naqdga aylantirish mumkin.
Endi inflyatsiya sur’atini hisobga olgan holda indeks
langan
(TIPS)
obligatsiyalar qanday faoliyat ko‘rsatayotgan-
ligini yaxshiroq tushunish uchun qoplash muddati 1
yillik
bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni ko‘rib chiqamiz.
Faraz qilaylik, ular bo‘yicha real kafolatlangan yil-
lik 3%lik foiz stavkasi taklif qilinmoqda. Daromadlilikning
dollarli nominal stavkasini, u inflyatsiya sur’atiga bog‘liq
bo‘lganligi sababli oldindan aniq aytib berishning iloji yo‘q.
Agar inflyatsiya darajasi atigi 2% bo‘lsa, unda daromadli
likning yakuniy dollarli nominal stavkasi 5% atrofini tash
-
kil etadi; 10%lik inflyatsiya darajasida esa daromadlilikning
dollarli nominal stavkasi 13%gacha oshadi.
Yuqorida aytilganlarni jamlagan
holda foiz stavkasi
va’da qilingan daromadlilik stavkasi hisoblanishini eslatib
o‘tamiz. Ko‘pchilik obligatsiyalar u yoki bu valyutada ifo-
dalangan foiz stavkasini taklif qilishlari sababli ularning
iste’mol tovarlari narxlarining dinamikasini hisobga olgan
holdagi real daromadlilik stavkasi noaniq ko‘rsatkich bo‘la-