T. S. Malikov moliya



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

Moliya
3
KIRISH
Zamonamiz – o‘zgaruvchan. Buning ustiga O‘zbekistoni-
mizda yangi munosabatlar – bozor munosabatlari qaror topib
tobora mustahkamlanib bormoqda. Hayotimizni bozor iqti-
sodiyotidan ayro holda tasavvur etishning iloji yo‘q. U tur-
mushimizning barcha sohalariga shiddat bilan kirib borib, 
o‘z izini qoldirmoqda. Bir vaqtning o‘zida bu iqtisodiyotga xos 
bo‘lgan munosabatlar ham tobora o‘zgarmoqda: takomillash-
moqda; murakkablashmoqda; tobora qaltislik kasb etmoqda; 
noziklashmoqda; nafislik xarakteriga ega bo‘lmoqda... Xul
-
las, ular uzluksiz rivojlanmoqda. Bu, o‘z navbatida, oliy ta’lim 
muassasalarida, jumladan, moliyaviy fanlar o‘quv rejalari-
ning ham uzluksiz yangilab borilishini taqozo etadi. Ularda 
zamonaviy moliya nazariyasi va amaliyotining eng so‘nggi 
yutuq
lari o‘z aksini topmog‘i lozim. Ushbu kitobni yozish ja-
rayonida biz xuddi ana shu yerdan “start” oldik.
E’tiboringizga havola etilayotgan o‘quv qo‘llanma uch 
qismdan iborat bo‘lib, u o‘z ichiga 14 bobni qamrab olgan. 
Kitobning birinchi qismi “Zamonaviy moliyaning fundamen-
tal (tub) asoslari” deb nomlangan va bu yerdagi ma’lumot-
lar 3 bobga ajratilgan. Ularda zamonaviy moliyaning maz-
mun-mohiyati va uni o‘rganishning obyektiv zarurligi, bozor 
iqtisodiyotida xo‘jalik subyektlari tomonidan moliyaviy qa-
rorlar qabul qilish va zamonaviy moliyaning fundamental 
(tub) masalalari kabilar o‘z aksini topgan. 
O‘quv qo‘llanmaning “Moliyaviy tizim” deb atalgan ik-
kinchi qismi 7 bobdan iborat. Ularning barchasi moli-
yaviy tizimning umumiy tavsifiga bag‘ishlangan. Xususan, 
bu yerda asosiy e’tibor moliyaviy tizim va moliyaviy oqim-
lar, moliyaviy tizim funksiyalari va ularning evolyutsiyasi, 
moliyaviy yangiliklar va moliyaviy bozorlar, moliyaviy bo-
zor stavkalari, moliyaviy vositachilar, moliyaviy infratuzilma 
va moliyaviy tartibga solish, davlat va nodavlat moliyaviy 
muassasalari kabilarga qaratilgan.


4

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin