T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
kishi hayot “sikl
15
”i uchun ularning eng zarurlari va eng 
keraklilarining bir guruhi mujassamlashtirildi, xolos. Bosh-
qacha qilib aytganda, kitobda har birimizning uyda yoki 
ishda duch kelishimiz mumkin bo‘lgan moliyaviy muammo 
(masala)lar baholi-qudrat, bayon qilingan. Uning amaliy 
qimmati ham shu bilan belgilansa, ajab emas. 
Uni o‘qish, o‘rganish, o‘zlashtirish yoki u bilan tani-
shish jarayonida ayrim joylarda “quloq eshitmagan” yoki 
“tesha tegmagan” gaplarga duch kelayapsiz va yana duch 
kelasiz. Bundan hech tashvishga tushmang. Ajablanmang 
ham. To‘g‘ri, bunaqa “gap”larni iqtisodiyot (moliya)ga oid 
boshqa fanlarni o‘qiyotib, uchratmagansiz. Ularga duch 
ham kelmagansiz, albatta. Lekin shu o‘rinda yuqoridagi fan 
(kitob)larni o‘qiyotganda negadir har doim ham “ishtaha”n-
giz bo‘lmaganligiga e’tibor berganmisiz?! Har holda ular-
ga “jon-jahdingiz” bilan “yopishmaganingiz” aniq! Shu bois, 
ularni o‘qiyotib, tezda chetga surib qo‘yganligingiz sabablari 
ustida bosh qotirganmisiz?! Yoki negadir o‘zingizni o‘zingiz 
majbur qilib, qiynayotganligingizni sezganmisiz?!... 
Istehzo yoki kesatiq o‘rnida qabul qilmang-gu, lekin biz 
taklif etgan variantdagi kitobimizni qanday o‘qiyapsiz? U 
Sizni zeriktirib qo‘ymayaptimi? Hozirgacha Siz o‘qib kelgan 
iqtisodiyot (moliya)ga oid kitoblar bilan taqqoslaganda uning 
jozibadorligi sal bo‘lsa-da, yuqoriroqmi? Unga hech bo‘lma-
gan-da boshqacha ko‘z bilan qaramayapsizmi? Uni yaxshi 
kayfiyat bilan qo‘lga olayapsizmi? Har holda uni qo‘lga ol
-
ganingizda aftingiz burishib, peshonangiz tirishib ketmayot-
ganligiga bizning ishonchimiz komil. Balki uni yana qay-
ta-qayta qo‘lga olish niyatingiz ham bordir?... Bas, shularga 
rozi bo‘lsangiz, biling: gap, jumladan, o‘z o‘rnida ishlatilgan 
o‘sha “tesha tegmagan” va “quloq eshitmagan” gaplar-da!
Albatta, bu nuqtayi nazardan qaraganda biz kitobimiz 
A.Qodiriyning “O‘tgan kunlar” yoki “Mehrobdan chayon”, 
O‘.Hoshimovning “Qalbingga quloq sol”, “Nur bor-ki, soya 
15
“Sikl” yunoncha “kuklos” – gardish, aylana, doira. Ma’lum davr ichi-
da takrorlanib turadigan ish, hodisa, jarayon va sh.k.ning har bir davrasi. 
Qarang: o‘sha manba. J.IV. –B. 441.


Moliya
11
bor”, “Bahor qaytmaydi”, “Ikki eshik orasi” yoki “Dunyoning 
ishlari”, O‘.Umarbekovning “Odam bo‘lish qiyin” asarlari, 
A.Oripov, E.Vohidov, M.Yusuf va S.Sayyid she’rlari kabi se-
vib o‘qiladigan kitoblar qatoridan joy olishi kerak, degan 
fikrda emasmiz. Chunki ular badiiy asarlar. Biroq badi
-
iy asarlarning hammasi ham sevib o‘qilmaydi. Yoki sevi-
lib o‘qilish “baxt”iga har qanday badiiy asar ham sazovor 
bo‘lavermaydi. Bundan biz ham ogohmiz. Shunday bo‘lsa-
da, ijtimoiy-gumanitar fanlar u yoqda tursin, hatto aniq 
fanlarda ham bunday asarlar borligini bilib
16
, biz ham o‘z 
“asar”imizni iqtisodiyot (moliya) fanlari orasida sevib o‘qila-
digan kitob bo‘lishiga arzisin, degan yaxshi niyat bilan 
yozishga harakat qildik. Xullas, shoir aytganidek, asar se
-
vib o‘qilishi uchun unda qandaydir “dard” bo‘lishi kerak 
ekan biz ham o‘z “asar”imizda har qanday insonni har onda 
qiynashi mumkin va uning, asosan, “jigar”i bilan bog‘liq 
bo‘lgan “moliyaviy dard”ni singdirishga harakat qildik. Bu-
ning uddasidan qay darajada chiqa oldik buni o‘quvchilar-
imiz aytadi, vaqt ko‘rsatadi. 
Yana bir fikr. Kitobimizdagi iqtiboslarning haddan zi­
yod ko‘pligiga nima deysiz? Bu o‘rinda “Shakarning ozi yax-
shi” ekanligiga zid ish tutmadikmikan? Uni biroz ko‘p roq 
suiiste’mol qilmadikmi? Chegaradan chiqib ket 
madikmi? 
Bu o‘rinda ham balki Siz haqdirsiz. Shunday bo‘lishiga qa-
ramasdan, baribir shu “original variant”dan ham foydala-
nishga ahd qildik. Chunki bunday “usul”dan foyda lanish, 
fikrimizcha, kitobimiz taqdiriga (jumladan, undagi bilim
-
lar, ilgari surilayotgan g‘oyalar va h.k.larga) Sizning be-
farq bo‘lishingizga sira joy qoldirmaydi. U bilan hamnafas 
bo‘lishga Sizni majbur etadi. Bular ham kitobimizning “o‘qi-
mishli” va jozibador bo‘lishiga o‘zining munosib hissa sini 
16
Bizningcha, masalan, matematik K.Muhamedovning “Elementar 
matematikadan qo‘llanma”si shunday asar hisoblanadi. U bir necha bor 
qayta nashr qilingan bo‘lishiga qaramasdan, uning navbatdagi yangi 
nashri har safar o‘z o‘quvchilari (jumladan, abiturientlar) tomonidan “qar-
sak” bilan kutib olinadi. Darhol qo‘ldan-qo‘lga o‘tadi. Va tezda “tit-piti” 
chiqib ketish darajasigacha, tom ma’noda, “iste’mol” qilinadi.


12

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin