Moliya
13
lar”ning o‘z ichiga 80 000dan ortiq so‘z va so‘z birikmasini
olgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga bir nazar solishlarini
istardik. Bir hisob-kitob qilaylik-chi, bu yerda keltirilgan
so‘z va so‘z birikmalarining nechtasi sof o‘zbek tilida ekan!?
Ishonchimiz komil bo‘lsin, bu ishni amalga oshirsak,
qo‘ltig‘imizdan qovunimiz tushishi, popugimiz pasayishi,
suvga tushgan mushukdek yumshoq bo‘lib qolishimiz –
aniq. Bu turgan gap!
Shunday bo‘lsa-da, zamonaviy moliyada keltirilayot-
gan xalqaro atamalarning izohi
ayrimlar nazarida baribir
oddiydek, ortiqchadek yoki keraksizdek tuyuladi. Shuning-
dek, ular o‘quvchini zeriktirib qo‘yishi ham mumkin. Biroq
bizningcha, bunday xulosa chiqarishga hali erta. Chunki
ishlatayotgan atamamizning, shu jumladan, har bir xalqa-
ro atamaning asl ma’no-mazmunini
oldindan bilib turib,
undan so‘ng ularni ishlatish har qanday ilmning kalitidir
18
.
Bu narsa uning tub asosini tashkil etadi. Yoki Siz bu fikrga
qo‘shilmaysizmi?...
Ammo bu yerda navbatma-navbat kelishiga qarab Ona
tilimizda ishlatilayotgan barcha xalqaro atamalarga izoh
berishni biz o‘z oldimizga vazifa qilib qo‘ymadik. Aksincha,
ularning zamonaviy moliyaga u yoki bu darajada daxldor
bo‘lganlarinigina
aks ettirdik, xolos. Shu bois o‘zbek tilida
“yoppasiga ommaviylashib ketgan” ayrim xalqaro atamalar-
ga izoh berishni maqsadga muvofiq, deb topmadik (ayrim
hollargina bundan mustasno) va ularni ongli ravishda e’ti-
borimizdan chetda qoldirdik
19
.
18
Shu munosabat bilan talabalik yillarimizdagi ustozimizning
imtihon
paytida biz talabalarga nisbatan “Bir yildan bo‘yon “qo‘shimcha qiymat”,
“qo‘shimcha qiymat”,- deb uzluksiz ravishda, deyarli har darsda gapirib
kelayapmiz-u, lekin hamon uning nima ekanligidan bexabarmiz? Bu yog‘i
qandoq bo‘ldi, bolam?”, - degan Namangan shevasida bildirgan o‘rinli
e’tirozi hech esimizdan chiqmaydi.
19
Aslida, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” har bir jildining bor-yo‘g‘i 3000
nusxada nashr qilinganligi, ulardan keng o‘quvchilar ommasi tomonidan
emas, balki nisbatan tor doiralardagina foydalanish mumkinligi e’tiborga
olinadigan bo‘lsa, masalani aynan shu tarzda
hal qilishning maqsadga
muvofiqligi ham ma’lum bo‘ladi.