T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
Xullas, u yoki bu xalqaro atamani yozayotganimizda
gapirayotganimizda – ishlatsag-u, uning asl mohiyatidan, 
ma’no-mazmunidan ogoh bo‘lmasak, bunday atamani ish-
latishga haqqimiz bormi
20
?! O‘qiyotganimizda shunday ata-
maga ko‘zimiz tushsa-yu, u aslida nimani anglatishi mum-
kinligidan bexabar bo‘lsak-da, o‘qishni davom ettirsak, bu 
o‘z ma’nosiga egami?!
Afsuski, ayrim hollarda xuddi shunday tarzda ish tuta-
yapmiz ham. Ularni o‘zimizcha “talqin” ham qilayapmiz. 
O‘lchanadigan o‘z qarichlari bo‘lishiga qaramasdan ularni 
o‘z qarichimiz bilan o‘lchayapmiz. Fikrlar xilma-xilligini bu 
o‘rinlarda keragidan ortiqcha, o‘rinsiz suiistemol qilayap-
miz. Ularga nisbatan “folbinlik qilish” hollari ham kunda-
lik hayotimizda tez-tez uchrab turibdi. Bu boradagi “ar-
gument”larimiz, bor-yo‘g‘i “Menimcha shunday bo‘lsa ke-
rak”dan nariga o‘ta olmayapti. Bizningcha, har qanday fan 
rivojining asosi hisoblangan atamalarga nisbatan bunday 
munosabatda bo‘lish ilmiy jinoyat hisoblanib, yuqorida 
ham qayd etilganidek, fanimiz fojiasidir. Shu bois undan 
uzoqroq yurishni afzal bildik va kitobimizning dastlabki sa-
hifalaridan boshlaboq navbatma-navbat kelishi va birinchi 
marta ishlatilish o‘rniga qarab ularga izoh berishga harakat 
qildik. Bunda 2006–2008-yillarda nashr etilgan 5 jildlik 
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan keng foydalandik. 
Kitobimizning ayrim joylarida keltirilgan ko‘plab raqam-
larning milliy valyuta
21
miz – O‘zbekiston so‘mi – da emas, 
balki AQSh dollari, Buyuk Britaniya funt sterlingi yoki Yapo-
20
Shu o‘rinda o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan va undagi 
bosh rollarning birida O‘zbekiston xalq artisti M.Rajabov o‘ynagan “Temir 
xotin” badiiy filmidagi quyidagi epizodni eslaylik: o‘zaro suhbatda temir 
xotin “Alomatxon”ni yaratgan ixtirochi “Olimtoy” tomonidan “progress” 
so‘zi ishlatilganda, uning ma’nosiga tushunmagan Qo‘chqorvoy aka “nima 
gress?” deb savol bergani bekordan-bekorga emas. Bu erda nimaga ishora 
qilinayotganligini har birimiz tushunamiz, albatta.
21
“Valyuta” italyancha “valuta” – qiymat, baho; lotincha «valere» - kuch-
li bo‘lmoq; qadrlanmoq, baholanmoq. 1. Muayyan davlatning pul birligi 
(so‘m, tanga, dollar va b.); 2. Pul tizimining turi (oltin, kumush yoki qog‘oz 
valyuta); 3. Xorijiy davlatlarning pullari, xalqaro hisob­kitoblarda qo‘llan
-


Moliya
15
niya iyenasida keltirilganligidan taajjubga tushmang. Bizni 
betayinlik, mantiqsizlik yoki “xoin”likda ayblab, go‘rimizga 
g‘isht qalamang. Shoshilmang: buning ham o‘ziga xos bir 
necha sabablari bor. Bunday holatda o‘zbekchilikka, mil-
lat-parvarlikka alohida urg‘u berilishi kerakligidan biz ham 
xabardormiz. Shunday bo‘lsa-da, bu o‘rinlarda “so‘m”ning 
o‘rniga “dollar”, “funt sterling”, “yevro”, “iyena” va h.k.lardan 
foydalanishni maqsadga muvofiq deb bildik. Nega? Chunki 
bu valyutalarning o‘ziga xos kuchi borligini, baquvvatligini 
hammamiz bilamiz. Ularni qo‘lga olganda qandaydir bosh-
qacha hissiyot yoki kuch bizni qamrab olganligini shu on-
dayoq sezamiz
22
. O‘zimizni sezilarli darajada boshqacha his 
etamiz. Undan tashqari kitobimizning tegishli joylarida bu 
valyutalar birliklaridan foydalanilganligi masalaning mohi-
yatini to‘g‘ri idrok etishimizni yengillashtiradi va unga xizmat 
qiladi. Ayni shu joyda so‘mdagi ifodadan foydalanish masa-
lasi esa aytishga arzigulik muammo emas. U – oddiy arif-
metika xolos. Uni sira qiynalmasdan har birimiz uddalay 
olamiz. Shunday bo‘lsa-da bu o‘rinda quyidagilarni alohida 
ta’kidlagimiz keladi: kelajagi buyuk davlatni barpo etishni 
yaxshi niyat qilgan o‘zbekistonliklarning bugungi kundagi 
yosh milliy valyutasi ham bir kun kelib jahonning qudrat-
li valyutalari safidan albatta, o‘rin olgay! O‘sha kunlarda 
o‘zbek so‘miga ham jozibador dollar, yevro, funt sterling va 
h.k. valyutalar kabi bir ko‘z bilan qaralgay! Va kitoblari-
mizda o‘zga mamlakatlarning qudratli valyuta birliklarini 
ishlatishga hojat qolmagay! Hozircha esa, ... pashshadan fil 
yasamay turaylik.
Shu o‘rinda ushbu masalaga daxldor yoki yaqinroq bo‘l-
gan yana bir holatni ham qayd etmoqchimiz. Gap shun-
daki, kitobimizda ko‘plab formulalar keltirilgan. Ularning 
hammasi xalqaro amaliyotda qanday ko‘rinishda qo‘llanilib 
adigan xorijiy pul birligidagi kredit va to‘lov hujjatlari (veksellar, cheklar 
va h.k.). Qarang: o‘sha manba. J.I. – B. 439.
22
Jumladan, aslida shuni sezish uchun ham va bu borada hali oldi-
mizda qilinishi lozim bo‘lgan qanchadan-qancha murakkab ishlar turgan-
ligini anglash uchun ham atayin shunday qildik.


16

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin