T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
noto‘g‘ri!”, - deya ko‘rmang. Chunki biz bu o‘rinlarda eng 
avvalo, fanimizning nihoyatda aniq va bir vaqtning o‘zida 
eng umumiy bo‘lishini nazarda tutayapmiz. Axir, aniqlik va 
umumiylik har qanday fan taraqqiyotining asosi, emasmi?! 
Zamonaviy moliya ilmida ham bizningcha, shunga intilish 
lozim. Buning sira ajablanadigan yoki salbiy tomoni yo‘q. 
Boz ustiga Yer sharidagi zamonaviy global
11
lashuv jarayon-
larining o‘zi ham biz buni istaymizmi yoki yo‘qmi, bundan 
qat’iy nazar shuni taqozo qiladi
12

Ma’lumki, har qanday fan eng avvalo, o‘zining tub masa-
lalari va prinsiplari bilan go‘zal. Shuning uchun ham uning 
juda yaxshi taraqqiy etgan tarmoqlarida ularni bayon qilish-
ga alohida e’tibor beriladi. Bular esa, o‘z navbatida, o‘quvchi-
ga bu fanning predmeti nima ekanligini mustaqil ravishda 
aniqlashga yordam beradi. Shu asosda bu narsa nisbatan tor 
yo‘nalishga ega bo‘lgan boshqa maxsus dasturlarni o‘rgan-
ish uchun o‘ziga xos bo‘lgan mustahkam poydevor vazifas-
ini bajaradi. Kitobimizni yozish jarayonida ana shunday 
yondashuv dan ijobiy va ijodiy foydalanishga harakat qildik.
Kitobda turli-tuman moliyaviy qarorlarni qabul qilish 
jarayonida foydalanilishi mumkin bo‘lgan nazariy konsep-
siya
13
larni amaliy tushuntirishga xizmat qiluvchi (mo‘ljal-
gizni so‘rardik. Biz himoya qilayotgan pozitsiyaning mazmun-mohiyatini 
to‘g‘ri tushunish uchun, masalan, quyidagi vaziyatni tasavvur qilishingizni 
istardik: mamlakatimizda bir-biridan ma’lum darajada bo‘lsa-da, farq qi-
luvchi O‘zbekiston Respublikasi«Byudjet kodeksi»ning ikki varianti qabul 
qilindi, deylik. Buning oqibati nimalarga olib kelishi mumkinligini tasavvur 
qila olamiz, shundaymi? Shuning uchun ham hech bir mamlakatda, jum-
ladan, O‘zbekistonda ham bir vaqtning o‘zida amal qiluvchi ikki variant-
dagi qonun mavjud emas. Shunday ekan, fanimizning taqdiriga nisbatan 
chiqarayotgan xulosamiz ham shunga monand bo‘lmog‘i lozim. Yoki biz no-
haqmizmi? Marhamat, argumentlaringizni keltiringchi?!
11
«Global» fransuzcha – «global» - umumiy, lotincha “globus” – shar. 
1. Yer yuziga oid, butun yer sharini qamrab oluvchi. 2. Umumbashariy, 
keng miqyosdagi; jahonshumul, jahon ahamiyatiga molik. Qarang: o‘sha 
manba. J.I. - B. 507.
12
Bunga “Yo‘q!”, - deb ko‘ring-chi?! ...
13
«Konsepsiya» lotincha «concepcio» so‘zidan olingan bo‘lib, ona tili miz-
da “to‘plash, birlashtirish”; “tizim”; “ibora” tarzida so‘zma-so‘z tarjima qilin-


Moliya
9
langan) ko‘plab misollarga duch kelasiz. Hozir o‘rganilgan 
materialni o‘quvchi qanday tushunganligiga yoki o‘zlashtir-
ganligiga qat’iy ishonch hosil qilish uchun kitobning eng 
muhim joylarida ko‘rib o‘tilayotgan eng asosiy muammolar 
bo‘yicha nazorat savollari keltirilgan. Har bir bobning oxiri-
da esa, ularning javoblari mavjud.
Kitobda shuningdek, asosiy va eng qiziqarli moliyaviy 
masalalarga doir hayotiy misollar o‘z aksini topgan. Ular 
turli davrlardagi har xil manba (gazeta, jurnal, televidenyie, 
radio, internet va h.k.)lardan olingan va mualliflar kuza
-
tuvlariga asoslangan bo‘lib, aniq vazifalarni yechishda va 
turli moliyaviy yangiliklarga baho berishda nazariy bilim-
lardan faol foydalanishda o‘quvchida katta qiziqish o‘yg‘oti-
shi mumkin. Shuningdek, har bir qismning oxirida mavzu 
(bob)lar bo‘yicha birlashtirilgan va murakkablik darajasi-
ga qarab joylashtirilgan ko‘plab savollar va topshiriqlarga 
duch kelasiz-ki, ularning to‘g‘ri yechimini topish Sizning 
zamonaviy moliya borasidagi bilimlaringizni bir umrga, 
toshga o‘yilgandek, muhrlab qo‘yishga xizmat qiladi.
Shu o‘rinda quyidagilarni alohida qayd etmoqchimiz: 
agar kitobimiz mazmunini to‘liq va to‘g‘ri tushunmoqchi 
bo‘lsangiz, Sizdan matematikani, hech bo‘lmaganda, ele-
mentar (oddiy) algebra darajasida bilish taqozo etiladi. 
Chunki uning matnida tez-tez algebraik model (formula)lar 
keltirilib, ular asosida turli ko‘rinishga ega bo‘lgan jadvallar 
yordamida modellashtirish amalga oshiriladi. 
Ma’lumki, har qanday ilm turkumlarga ajratilganda 
ularning bir qismi – kerakli, ikkinchi qismi esa – kerak-
siz bilimlarga ajratilmaydi. Umuman, ilmning keraksizi 
bo‘lmaydi. Bu zamonaviy moliya ilmiga ham tegishli. Shun-
day bo‘lsa-da, zamonaviy moliyaga oid ilmlarning barchasi-
ni, afsuski, ipidan-ignasigacha, bir kitobga jamlash vazifa-
sini uddalay olmadik
14
. Shu sababli kitobimizda har qanday 
sa-da, “qarashlar, fikrlar yo‘nalishi tizimi; fikr yuritish, dunyoni tushunish, 
anglash usuli” ma’nosini beradi. Qarang: o‘sha manba. J.II. – B. 406.
14
Uning qolgan qismlarini shunga o‘xshash boshqa yana bir necha ki-
toblarda mujassam etish niyatimiz bor.


10

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin