T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
kelinayotgan bo‘lsa, xuddi shu ko‘rinishda bu yerda ham 
o‘z ifodasini topdi (faqat ayrim hollargina bundan mustas-
no, xolos). Formulalarni atayin “milliy”lashtirmadik. Ular-
ning o‘zbekcha variantini yaratishni ongli ravishda, o‘z oldi-
mizga vazifa qilib qo‘ymadik. Buning ham o‘ziga xos sa-
bablari bor. Avvalo, formulalarni “o‘zbekcha”lashtirish nari 
borsa voqea-hodisaga boshqacha “to‘n kiydirish”dan o‘zga 
narsa emas. Buning fan, nazariya yoki amaliyot uchun sira 
qizig‘i yo‘q
23
. Shuning uchun bu tarzda ish tutsak, hech qa-
chon osmon uzilib yerga tushmasligi – aniq. 
Buning ustiga kitobimizning asl mag‘zi – yadrosini tash-
kil etuvchi asosiy atamalarning xalqaro variantlari (asosan, 
inglizchasi)ga nisbatan ham xuddi shunday tarzda yon-
dashildi. Asosiy va eng muhim maxsus atamalarning o‘zbek-
chasi bilan bir qatorda, shu yerning o‘zida, ularning ingliz-
cha variantlari ham qavs ichida bo‘lsa-da keltirildi. Chun-
ki hozirgi zamonamizda mamlakatimizda xorijiy tillarni va 
ayniqsa, ingliz tilini o‘rganishga juda katta e’tibor berilayot-
gan bir paytda o‘zimizni bu jarayondan chetda ko‘rishni ista-
madik. Bunday holatda qo‘l qovushtirib, befarq qarab, oddiy 
tomoshabin bo‘lib o‘tirish – biz (mualliflar)ga xos xislat emas.
Kitobimizning yana bir xususiyati ustida to‘xtalsak: u 
o‘ziga xos uslubda va tilda yozilgan
24
. Undagi ayrim masa-
lalarni muhokama etishda an’anaviy usullardan foydala-
nilmadi. Sun’iy ravishda bosiqlik qilinmadi. Tabiiy tarzda 
yotig‘i bilan tushuntirilmadi. Chunki hozirgi sharoitda ha-
yot tajriba sining ko‘rsatishicha, ba’zi bir obyektiv sabablarga 
ko‘ra, an’anaviy, oddiy, monoton (bir xil, bir sur’atda) ba-
yon etish va tushuntirishlar ilm toliblariga sezilarli ta’sir qil-
may qoldi. Bunday “variant”da ish tutish ularning talablari-
ga yetarli darajada javob ham bermayapti. Ularda befarqlik, 
23
Ustiga-ustak, «yangi kiydirilgan to‘n»lar formulalarga «mos kelsa»-ku, 
yaxshi-ya?!. Ammo juda ko‘p hollarda «yangicha kiydirilgan o‘zbekcha 
to‘n»lar formulalarga sira «to‘g‘ri kelmayapti», ularning «razmer»i emas. 
Bunday holatlarda, hatto sirtdan qaralganda ham o‘quvchilar tomonidan 
dastlabki «reaksiya»ning qanday bo‘lishi hammamizga ayon.
24
Buni, allaqachon, sezgan bo‘lsangiz kerak-a?


Moliya
17
hafsalasi
zlik kayfiyatini tug‘dirayapti, mavjud muammolarni 
hal etish bo‘yicha qiziqishni keskin o‘yg‘otmayapti, mantiqiy 
fikrlashga olib kelmayapti (jalb qilmayapti) va h.k. 
Aksincha, his-hayajon bilan, ehtiroslarga berilib, “pro-
vokatsion” yo‘llar orqali muammolarni hal etish va maqsadga 
erishish hamma vaqt ham oqilona yo‘l emasligini oldindan 
bilsak-da, ba’zi-bir obyektiv sabablarga (jumladan, o‘quv-
chilarning e’tiborini o‘ziga jalb qilish, ularning “mudrab” 
o‘tirganlarini “o‘yg‘otish”, qiziqish uyg‘otish, befarqlik kayfi
-
yatidan xalos etish va b.) ko‘ra mualliflar shu yo‘lni tanladi. 
Chunki oqillik chegarasi kesib o‘tilmasa yoki me’yorga qat’iy 
rioya qilinsa, ayrim orator-notiqlarning o‘quv-pedagogik 
amaliyoti bu yo‘llarning ham ijobiy samara berishi mumkin-
ligini va ular bizni ko‘zlagan maqsadimizga tezroq yetib bo-
rishga xolisona xizmat qilishi mumkinligini ko‘rsatayapti.
Undan tashqari o‘quv qo‘llanmada zamonaviy moliyaga 
bevosita daxldor bo‘lgan bir qator muammolar o‘quvchilar-
ga oddiy ko‘rinishda bildirilib, ongli ravishda va sun’iy tarz-
da oldindan ochiq qoldirildi. Bundan maqsad xalqona va 
hayotiy “har kallada – har xayol” prinsipidan ijodiy va ijobiy 
foydalangan holda tegishli muammolarni hal etish yo‘lla-
rini qidirib topishda o‘quvchilarning faol ishtirok etishini 
ta’minlashdir. Hech bo‘lmaganda kitobimiz shu maqsadga 
erishish uchun biroz xizmat qilsa, mualliflar o‘z vazifasini 
bajarilgan, deb hisoblaydilar.
Va nihoyat, hayotimiz mazmuni komillikka intilish-
dan iboratligini hammamiz bilamiz. Shu bois komil inson 
bo‘lishga hammamiz intilamiz. Buning uchun eng avvalo, 
ma’naviy jihatdan boy-barkamol bo‘lishimiz kerak. Bu – ta-
biiy, albatta. Biroq bizningcha, birgina ma’naviy jihatdan 
boy bo‘lishning o‘zi komillik uchun yetarli emas. Buning 
uchun yana moddiy (moliyaviy) jihatdan ham boy-baquv-
vat bo‘lishimiz kerak. Bugungi kunda hech bo‘lmaganda 
o‘z ma’naviy va moddiy (moliyaviy) boyligining vobastaligini 
ta’minlashga erishgan insonnigina barkamol, komil inson, 
deb e’tirof etsa bo‘ladi. 


18

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin