Moliya
21
Yuqorida qayd etilganlarni o‘ziga xos tarzda, zamonaviy
moliyaning mustahkam poydevori, deb ham atash mumkin.
Bu har bir asosiy element (“ustun”)larning
yadrosi qator
tub (fundamental) qonunlar va prinsiplardan iboratdirki,
ular yuqoridagilarning har birida qo‘llaniladi.
Zamonaviy moliya (fani) ning nima ekanligini anglash,
uni to‘g‘ri idrok etish, u xususda yaxlit tasavvur hosil qilish
va tegishli bilimlarga ega bo‘lish hamda ulardan amaliyotda
foydalanish
uchun eng avvalo, quyidagi uch savolning aniq
javobiga ega bo‘lmoq lozim:
1. Zamonaviy moliya (fani)ning ta’rifi (tavsifi) nima(lar)
dan iborat?
2. Nima uchun zamonaviy moliya (fani)ni o‘rganish ke-
rak?
3. Zamonaviy moliya” (fani) olamida harakatlanuvchi ik-
ki asosiy “shaxs” (kuch)lar kim (nima)lar va ular tomonidan
qabul qilinadigan qarorlarning qanday turli ko‘rinishlari
mavjud?
Yuqorida qayd etilgan har uch savolning aniq javoblari ga
ega bo‘lish quyidagi ketma-ketlikda ish tutishni taqozo etadi:
1. Zamonaviy moliya (fani) ta’rifi (tavsifi) va uni o‘rga
nishning zarurligi.
2. Uy xo‘jaliklari va firmalar
qabul qiladigan moliyaviy
qarorlar.
Bizningcha, «Lug‘at»ning keyingi nashrida bu so‘z o‘zbek tilida eng ko‘p
ishlatilishi mumkin bo‘lgan zamonaviy so‘zlar qatoridan albatta, o‘rin ola-
jak! Dunyoning barcha xalqlari tilida deyarli bir xil tarzda jaranglayotgan
«risk» so‘zi o‘zbek tilida nega ishlatilmasligi kerak? Uning shunday qilinayot-
ganligi ma’lum ma’noda tilimizning kamsitilayotganligidan dalolat emasmi?
Nahotki, Ona tilimizda yuqoridagi o‘zbekona so‘zlarning
mavjudligi xalqaro
atama sanalgan «risk»ning o‘zbek tilida ishlatilishiga to‘siq bo‘lsa?!...
Iqtiboslarda keltirilayotgan bu fikrlardan ogoh bo‘lib, masalaning bu
jihatlarini zamonaviy moliyaga nima aloqasi bor, dersiz? Ha Siz haqsiz. Le-
kin shu o‘rinda juda kerak bo‘lib qolgan va iqtiboslarda aks ettirilayotgan
«bu jihatlar»ni endi Sizga bizdan boshqa kim ham tushuntirib berardi?
Maktabdalik davrimiz o‘tib ketgan bo‘lsa. O‘zgalardan so‘rashni o‘zimizga
ep ko‘rmasak… Xullas, Sizga erish tuyulmasin. Ular ham Siz uchun «g‘irt»
koni-foyda. «Koni-foyda»ning esa zamonaviy moliyaga aloqasi yo‘q,
degan
«mard» hali dunyoga kelmagan. Kelmagay ham.