32
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
Ikkinchidan,
Zamonaviy moliyani o‘rganishning saba-
bi
shundan iboratki, moliya sohasida asosiy bilimga ega
bo‘lish har qanday faoliyat sohasi uchun ham zarur. Hatto
moliya sohasini o‘z ixtisosi sifatida tanlamagan kishi uchun
ham moliyachilar
foydalanadigan konsepsiya, usul va ter-
minologiyani bilish zarur. Masalan, o‘zingiz to‘laydigan
daromad solig‘i yoki mol-mulk solig‘i xususida hech bo‘lma-
ganda eng oddiy tasavvurlarga ega bo‘lmasangiz, u holda
soliqchi yoki soliq organi tomonidan “chalingan
har qanday
musiqa”ga o‘ynashdan o‘zga chorangiz qolmaydi. Olayotgan
pensiyangizga nisbatan ham xuddi shunday fikrni bildi
-
rish mumkin va h.k. “Musiqa” qonuniy chalingan bo‘lsa-
ku, yaxshi-ya, ammo aksincha bo‘lsa-chi?
U holda hech
bo‘lmaganda bu unga shu mutaxassislar bilan bemalol mu-
loqot qilish va o‘z muammolarini hal qilish uchun ularni
jalb qilish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: