T. S. Malikov moliya



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

3. Qizil bayroqlar.
Sizga bozor narxi juda arzon ak-
siyalarni, soliqni ushlab qolish (to‘lamaslik) huquqini (tax 
lien), turli tangalar, san’at asarlari, uchqur otlarni sotish-
ga intiladigan va qisqa muddat ichida pulingizni bir necha 
barobar ko‘paytirib berishga harakat qilayotgan har qan-
day maslahatchidan uzoqroq yurganingiz ma’qul
65
. Shuning 
uchun esingizda tursin: bozorlarni, yoki biror “sir tutiladi-
gan” strategiyadan ogohligini baralla aytayotgan har qan-
day odam yoki axmoq, yoki firibgardir.
64
Bu punktda keltirilgan holatlar mamlakatimiz sharoitida o‘ta muhim 
ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda ushbu holatlar bilan bir qiziqib ko‘ring-
chi, qanday manzaraga guvoh bo‘lasiz?
65
Qisqa muddat ichida pullarni bir necha barobar ko‘paytirib berishga 
harakat qilgan har qanday maslahatchiga yaqinlashganlarning ahvolidan 
xabardormisiz? Tevarak-atrofga bir nazar solingchi, nimalarning guvo-
hi bo‘lar ekansiz? Hech bo‘lmaganda, chinozlik Ahmadboyning “ish”la-
ridan ogoh bo‘lsangiz kerak?! Bundaylarning qay ahvolga tushganlarini 
ko‘rsa tuvchi ma’lumotlar OAV orqali doimiy ravishda e’lon qilib boriladi. 
Ulardan ogoh bo‘lsangiz, nafasingiz ichingizga tushib ketib, yuragingiz 
orqaga tortib ketishi turgan gap. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasida 
faoliyat ko‘rsa tib, xuddi shu tarzda ish yuritgan “MMM”, “Чародейка”, 
“Хопёринвест” va hokazolar oddiy xalqning boshiga ne kunlar solganligini 
bir eslang-a?...


32
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
Ikkinchidan, 
Zamonaviy moliyani o‘rganishning saba-
bi shundan iboratki, moliya sohasida asosiy bilimga ega 
bo‘lish har qanday faoliyat sohasi uchun ham zarur. Hatto 
moliya sohasini o‘z ixtisosi sifatida tanlamagan kishi uchun 
ham moliyachilar foydalanadigan konsepsiya, usul va ter-
minologiyani bilish zarur. Masalan, o‘zingiz to‘laydigan 
daromad solig‘i yoki mol-mulk solig‘i xususida hech bo‘lma-
ganda eng oddiy tasavvurlarga ega bo‘lmasangiz, u holda 
soliqchi yoki soliq organi tomonidan “chalingan har qanday 
musiqa”ga o‘ynashdan o‘zga chorangiz qolmaydi. Olayotgan 
pensiyangizga nisbatan ham xuddi shunday fikrni bildi
-
rish mumkin va h.k. “Musiqa” qonuniy chalingan bo‘lsa-
ku, yaxshi-ya, ammo aksincha bo‘lsa-chi? U holda hech 
bo‘lmaganda bu unga shu mutaxassislar bilan bemalol mu-
loqot qilish va o‘z muammolarini hal qilish uchun ularni 
jalb qilish imkonini beradi. 

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin