T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
fani (ilmi)ning ibtidosi, deb hisoblaydilar. So‘ngi yillarda 
zamonaviy moliya nazariyasi moliya sohasiga ixtisoslash-
gan iqtisodchilar tomonidan ishlab chiqilmoqda va takomil-
lashtirilmoqda. Bu 1990 va 1997-yillarda iqtisod sohasida 
Nobel mukofotiga moliya nazariyasi va amaliyotiga ulkan 
hissa qo‘shgan olimlar sazovor bo‘lganligi bilan ham tas-
diqlanadi
70
.
70
1990 yilda iqtisod sohasida Nobel mukofoti Garri Markovits (Harry Mar-
kowitz), Merton Miller (Merton Miller) va Vilyam Sharpga (William Sharpe) 
moliya nazariyasi va amaliyoti rivojiga ulkan ta’siri bo‘lgan ilmiy hissasi 
uchun berilgan. Quyida ularning ilmiy ishiga qisqacha tavsif beramiz. 
G.Markovits riskli investitsiyalar yo‘nalishini tanlashda risk va iqtisodiy 
manfaatni mutanosiblashtirish usullariga tegishli zamonaviy “portfel nazari-
yasi”ning otasi hisoblanadi. U o‘zining 1952 yilda Journal of Finance jurna-
lida chop etilgan “Portfelni tanlash” (Portfolio Selection) dasturiy maqolasida 
investorlar berilgan daromadlilik stavkasida o‘z riskini maksimal darajada 
kamaytirishlari mumkinligini namoyish etadigan matematik modelni ishlab 
chiqqan. G.Markovits modeli zamonaviy moliya asoslarini tashkil etadi va in-
vestitsiya portfellarini boshqarish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan amalda 
keng qo‘llaniladi.
V.Sharp esa G.Markovitsning tadqiqotlari natijalaridan tadqiqotlarni 
davom ettirish uchun zamin sifatida foydalangan va o‘z ilmiy ishlari davo-
mida Markovits modelining moliyaviy aktivlar bahosiga ta’sirini aniqlagan. 
Moliyaviy aktivlar bahosi har qanday vaqt o‘zgarishi mumkinligi ehtimolidan 
kelib chiqqan holda har bir riskchan aktivga bo‘lgan talab va taklif mutanosib-
ligini ta’minlash uchun u riskchan aktivlarning kutilayotgan daromadliligi 
o‘ziga xos tuzilmaga ega bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib bergan. (“Capital Asset 
Prices: A Theory of Market Equilibrium under Conditions of Risk”, 
Journal 
of’Finance,
1964) (“Aktsiyalarni baholash. Risk sharoitida bozor muvozanati 
nazariyasi”). V.Sharpning nazariy tadqiqotida tuzib chiqilgan aktivlar tuzil-
masi hozirgi paytda moliya nazariyasi va amaliyotining ko‘plab sohalarida 
risk darajasini boshqarish uchun asos sifatida keng qo‘llanilmoqda.
M.Millerning “Zamonaviy moliya” faniga qo‘shgan hissasi asosan, korpo-
rativ moliya nazariyasini rivojlantirish bilan bog‘liq. Boshqa olimlar, shu jum-
ladan, Franko Modilyani (Franco Modigliani) (u ham iqtisod sohasida Nobel 
mukofoti laureati) bilan birgalikda M.Miller dividend siyosati va firmalarga 
qarz berish siyosati bilan shug‘ullangan. Olimlar bu muammoga bir qator 
maqolalarni bag‘ishlaganlar. Maqolalardan dastlabkisi “The Cost of Capital, 
Corporation Finance, and the Theory of Investment” (“Kapital bahosi, kor-
porativ moliya va investitsiyalash nazariyasi”) ilmiy ishi bo‘lib, u 1958-yilda 
American Economic Review jurnalida chop etilgan. Ularning asosiy kashfi-
yoti shu bo‘lganki, ular moliya sohasidagi nazariyotchi va amaliyotchilarga 



Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin