1.2-nazorat uchun savol
Firmalar qabul qilishiga to‘g‘ri keladigan moliyaviy qa-
rorlarning to‘rtta asosiy turi qanday? Har biriga misol kelti-
ring.
79
Amaliyotimizda bunga qay darajada rioya qilinayotir? Uning natijasi
qanday bo‘layapti? Misollar keltira olasizmi? Unga eng umumiy tarzda
qanday baho bergan bo‘lur edingiz? Nima uchun?
44
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
3-BOB. ZAMONAVIY MOLIYANING FUNDAMENTAL
(TUB) MASALALARI
3.1. Biznesning tashkiliy shakllari va ularning
moliyaviy qarorlar qabul qilishga ta’siri
Biznes olib borishning uchta asosiy tashkiliy shakli mav-
jud: yakka egalik, shirkat (yoki sheriklik) va korporatsiya
(3.1.1-chizma).
Biznes olib borishning
asosiy tashkiliy shakllari
Yakka egalik
Shirkat (yoki sheriklik)
Korporatsiya
Bitta odam yoki
oilaga tegishli
firma
Ikki va undan ko‘p
kishi (oila) mulki
bo‘lgan firma
Mustaqil
yuridik
shaxs
3.1.1-chizma.
Biznes olib borishning asosiy tashkiliy shakllari
Yakka egalik
(sole proprietorship) bitta odam yoki oila-
ga tegishli firma bo‘lib, unda barcha aktivlar va majburiyat
-
lar bir vaqtning o‘zida firma egasining mulki hisoblanadi.
Yakka mulkdor firmaning qarzlari va boshqa majburiyatlari
bo‘yicha
cheklanmagan majburiyatlarga
yoki
cheklanmagan
mas’uliyatga
(unlimited liability) ega, ya’ni bu agar firma
kompaniya kreditorlarining talablarini qondirish uchun
o‘z qarz majburiyatlarini bajara olmasa, u holda kompa-
niya egasining istalgan mulki xatga olinishi mumkin, degan
ma’noni bildiradi.
Ko‘pchilik firmalar o‘z faoliyatini mulkka yakka ega
-
lik sifatida boshlaydi. Keyinchalik kengayib, oyoqqa tur-
gan sari o‘z tashkiliy shaklini o‘zgartiradi. Ammo shunaqasi
ham bo‘ladiki, biznes – restoran, ko‘chmas mulk agentli-
|