Moliya
55
Faraz qilaylik, risksiz loyihani tanlagandan ko‘ra riskli
loyi hani afzal ko‘rib, Siz firma aksiyalarining bozor qiymati
(bahosi)ni ko‘proq oshirasiz. Shuning uchun garchi ba’zi aksi-
yadorlar o‘z mablag‘lari ishonchli aktivlarga
investitsiya qilini-
shini hamma narsadan ustun qo‘ysalar-da, Sizning ikkinchi
loyihani tanlashingiz ularning manfaatiga xizmat qilmaydi.
Gap shundaki, samarali faoliyat yuritayotgan kapital
bozorlarida aksiyadorlar o‘zlarining shaxsiy aksiyalar port-
fellari risklilik darajasini Sizning
firmangiz aksiyalarining
bir qismini sotib, undirilgan pulni ishonchli aktivlarga in-
vestitsiya qilish orqali kamaytirish imkoniyatiga egalar. De-
mak, riskli loyiha tanlanadigan bo‘lsa, hatto riskni xush
ko‘rmaydigan aksiyadorlar ham yutadilar. Chunki ular bu-
gunning o‘zida qo‘shimcha daromad oladilar. Keyin esa ular
olgan daromadlarini yoki reinvestitsiya
92
qiladilar, yoki o‘z
ehtiyojlariga sarflaydilar.
Shunday qilib, ko‘rib turibmizki, riskli loyihani
tanlash
ham xususiy aksiyadorlar manfaatiga mos kelishi mum-
kin. Chunki aynan riskli loyiha ular qo‘lidagi aksiyalarning
bozor qiymati (bahosi)ni oshirishga qodir. Menejerlar qabul
qiladigan qarorga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan yagona risk
tanlangan u yoki bu variant firma aksiyalarining bozor qiy
-
mati (bahosi)ga qanchalik ta’sir qilishi bilan bog‘liq.
Aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish vazifasini
ba jarish firma qo‘llaydigan ishlab chiqarish texnologiya
lari, bozor foiz stavka
93
lari, bozor riski uchun mukofot va
qim
matli qog‘ozlar
kotirovka
94
siga bog‘liq. Ushbu barcha
92
“Reinvestitsiya” (re + investitsiya) – investitsiyalar muomalalari
bo‘yicha daromadlar shaklida olingan mablag‘larni ishlab chiqarishni
kengaytirish uchun qayta yo‘naltirish, qayta foydalanish. Qarang: o‘sha
manba. J.III. –B.372.
93
“Stavka” ruscha so‘zdan ona tilimizga kirib kelgan va “turli xil to‘lovlar
miqdori, me’yori” (masalan, soliq, ish haqi, foiz va boshqalar) ma’nosida
ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J.III. –B.567.
94
“Kotirovka” fransuzcha “coter” – raqamlamoq, belgilamoq.
Birjada
amaldagi vaziyat va qonunchilik me’yorlariga amal qilgan holda xorijiy
valyutalar, qimmatli qog‘ozlar kursini hamda tovarlar narxini belgilash.
Qarang: o‘sha manba. J. II. – B. 413.