T.S.Malikov, N.H.Haydarov
omillarni inobatga olgan holda menejerlar aksiyadorlar fir
-
mani o‘zlari boshqarganlarida qanday investitsion qaror
qabul qilsalar, xuddi shunday qarorlarni qabul qilishlari
mumkin. Shu bilan birga qaror
riskni tan olmaslik dara
jasiga
yoki
mulkdorlarning boyligi darajasiga
bog‘liq emas.
Demak, investitsion qarorlarni shular to‘g‘risida muayyan
ma’lumot yig‘masdan turib ham qabul qilish mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish
qoidasi juda to‘g‘ri qoida va firmani boshqarayotganda har
bir menejer ushbu qoidaga rioya qilmog‘i darkor. Mazkur
qoidaga rioya qilar ekanlar, menejerlar har gal biror qa-
ror qabul qilish talab etilganda aksiyadorlar o‘rtasida so‘rov
o‘tkazmasdan turib ham o‘z vazifalarini bajara oladilar.
Korporatsiyalar faoliyatini tadqiq qiladigan olimlar ba’zi-
da boshqaruv xodimlarining asosiy vazifasi firma
foydasi
ni
maksimallashtirishdan iborat, degan fikrni bildiradilar.
Ma’lum sharoitda aksiyadorlarning foydasini ham, boyligi ni
ham imkon qadar ko‘paytirishdan maqsad bir xil moliya-
viy qarorlarning qabul qilinishini taqozo etadi. Odatda, fir
-
ma foydasini ko‘paytirish uchun mutaxassislar ikkita eng
muhim muammoga duch keladilar. Bu muammolarning sa-
babi esa vaqt va ehtimoliy mezonlarning noaniqligidadir:
•
agar ishlab chiqarish jarayoni bir necha vaqt ora-
lig‘idan iborat bo‘lsa, u holda aynan qaysi vaqt oralig‘ida
foyda maksimallashtirilishi kerak?
•
agar daromad va xarajatlar noaniq ko‘rsatkichlar bo‘l-
sa, u holda, foydaning o‘zi ehtimollik qiymati bo‘lgan taqdir-
da “foydani maksimallashtirish” tushunchasining ma’nosi
nimada?
Endi keling, foydani maksimallashtirish mezonlari bi-
lan bog‘liq bo‘lgan shu ikkala muammoni ko‘rib chiqa miz.
Birinchi muammo foydani ishlab chiqarish jarayonining
davomiyligi bilan bog‘lashdan iborat.
Faraz qilaylik, firma ikkita loyihadan birini tanlashi
kerak. Ikkala loyihani amalga oshirishni boshlash uchun
100,0 mln. so‘m miqdorida xarajat qilish kerak. Ammo ik-
kinchi loyihaning uzoqroq davom etishi ko‘zda tutilgan. “A”
Moliya
57
loyihaning bir yildan keyin 105,0 mlnso‘m miqdorida daro-
mad keltirishi mo‘ljallangan va shundan keyin u yopiladi.
Shunday qilib, undan ko‘riladigan foyda 5,0 mln. so‘mni
tashkil etadi (105,0 mln. so‘m – 100,0 mln. so‘m). “B” loyiha
esa 2 yil davom etishi kerak va birinchi yili hech qanday
daromad keltirmaydi, ikki yil o‘tgach esa loyihadan olingan
foyda 10,0 mln. so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib, savol
tug‘iladi: mazkur vaziyatda foydani maksimallashtirish me-
zoni qanday qilib qo‘llanilishi mumkin?
Endi foydani maksimallashtirish mezonlaridan noan-
iq vaziyatda foydalanish murakkabligi nimadan iboratligini
ko‘rib chiqamiz. Faraz qiling, Siz firma menejerisiz. Firma
ikkita investitsion loyihadan bittasini tanlashi lozim. Loyi-
halarni amalga oshirish uchun 100,0 mln. so‘m miqdorida
xarajat talab etiladi va sarflangan kapital (sarmoya) ma’lum
vaqt o‘tgach, o‘zini oq (qop)lashi kerak. Xuddi yuqorida
keltirilgan misoldagi singari “A” loyiha 105,0 mln. so‘m
miqdorida kafolatlangan daromad keltiradi, ya’ni aniq
aytish mumkinki, “A” loyiha bo‘yicha foyda 5,0 mln. so‘mni
(105,0 mln. so‘m – 100,0 mln. so‘m) tashkil etadi.
“V” loyiha bo‘yicha foyda miqdori aniq emas – ushbu
loyiha bo‘yicha olinadigan daromad 120,0 mln. so‘m yoki
90,0 mln. so‘m bo‘lishi mumkin va har ikkala variantning
amalga oshish ehtimoli 0,5ga teng. Shunday qilib, “V” loyi-
ha firmaga yoki 20,0 mln. so‘m miqdorida foyda keltiradi
yoki firma 10,0 mln. so‘m yo‘qotadi. Mazkur kontekst
95
da
“foydani maksimal darajada oshiradigan loyiha” degan tav-
siya nimani anglatishi mumkin?
Foyda ko‘rsatkichlaridan farqli o‘laroq, aksiyadorlik ka-
pitalining joriy bozor qiymatini aniq hisoblab chiqish mum-
kin (masalan, IBM korporatsiyasining kelgusi (bo‘lajak)
daromadi noaniq ko‘rsatkich, unga tegishli bo‘lgan aksi-
yalarning joriy bahosi esa bizga ma’lum). Demak, foydani
maksimallashtirish qoidasidan farqli o‘laroq, aksiyador-
lar boyligini maksimallashtirish qoidasi firmaning bo‘la
-
95
“Kontekst” lotincha “contextus” – qo‘shilish, ulanish, bog‘lanish. Qa-
rang: o‘sha manba. J.II. - B. 402.
|