T.S.Malikov, N.H.Haydarov
lar va menejerlar
manfaatlari o‘rtasida ziddiyatlar
(of inter-
est) yuzaga kelishiga olib keladi. Korporatsiya egalari odat-
da, menejerlar ularning manfaatlarini qanchalik samarali
himoya qilayotganlari to‘g‘risida juda cheklangan ma’lumot-
ga ega bo‘ladilar. Shu sababli menejerlar o‘zlarining aksi-
yadorlar oldidagi burchlariga beparvo bo‘lishlari mumkin.
Ba’zi hollarda esa ular aksiyadorlar manfaatlariga zid ish-
lar qilishlari ham mumkin. Klassik siyosiy iqtisod asoschi-
si A.Smit bu borada shunday deydi: “Bunday (aksiyador-
lik) kompaniyalar direktorlari o‘zlarining emas, birovlarning
pullarini boshqarar ekanlar, ulardan xuddi xususiy shirkat
sheriklari o‘z mablag‘larini zukkolik va qunt bilan boshqar-
ganlari singari boshqarishlarini kutish aqlli ish bo‘lmay-
di. Badavlat odamlarning ko‘pchilik qullari kabi ular ham
mayda-chuyda narsalarga ahamiyat berishni o‘zlarga mu-
nosib bilmaydilar va osongina o‘zlarini bunday vazifadan
ozod etadilar. Shunday qilib, kompaniya ishlarini boshqa-
rishda bunday sovuqqonlik va isrofgarchilik u yoki bu da-
rajada kuzatiladi, albatta.”
88
Xulosa qilib shuni aytish joizki, sarfxarajat oqilona qi
-
linsa, mulkdorlar va menejerlar manfaatlari o‘rtasida zid-
diyatlar yuzaga kelishi ehtimolining oldini olish mumkin,
firma egalari odatda, t
ashkilotni o‘zlari boshqarmaydilar va
kompaniyaga egalik qilish odatda, ko‘plab mulkdorlar o‘rta-
sida taqsimlanadi. Yana shuni aytish kerakki, mulkdorlar
orasidagi o‘zgarishlar menejerlar o‘zgarishidan ko‘ra ko‘proq
yuz berib turadi.
3.3. Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va
uning moliyaviy jihatlari
Oxir-oqibat korporatsiyaning boshqaruv xodimlari-
ni aksiyadorlar direktorlar kengashi orqali ish tutib yollar
ekanlar, menejerlarning asosiy vazifasi imkon qadar aksiya-
88
Adam Smit, The Wealth of Nations (Chicago: University of Chicago
Press, 1977).
Moliya
53
dorlar manfaatlarini ko‘zlab qaror qabul qilishdan iborat.
Ammo bu korporatsiya menejerlarining yagona vazifasi
emas. Jamiyatning har bir a’zosi singari, ular ham qonun-
larga rioya qilishlari, odob-axloq qoidalarini hurmat qilish-
lari va zaruratga ko‘ra albatta, agar bu aksiyadorlar to-
monidan katta sarf-xarajatlarga olib kelmasa, turli ijtimoiy
vazifalar bajarilishiga ko‘maklashishlari kerak
89
.
Biroq korporativ menejment maqsadlarini faqat aksi-
yadorlar manfaatlariga xizmat qilish bilan cheklab qo‘yil-
ganda ham unga erishish usullarini aniq belgilashning
iloji yo‘q. Aslini olganda menejerlar kompaniya egalari bi-
lan har bir masalani, shu jumladan, kompaniya tovarlari
va xizmatlari assortiment
90
ini tanlash, kapital jalb qilish
bo‘yicha sarf-xarajatlarni belgilash masalalarini muhoka-
ma qilishlari, ulardan eng maqbul variantlar qaysiligini
so‘rashlari mumkin. Unday bo‘lsa, kompaniya egalari fir
-
mani o‘zlari boshqarganlarida qanchalik mutasaddi bo‘lsa-
lar, biznesni boshqarishga qancha vaqt sarf qilsalar, shun-
cha darajada mutasaddi bo‘lib, shuncha vaqt sarflagan
bo‘lar edilar va mene-jerlar mehnatidan foydalanishdan
ma’no qolmagan bo‘lar edi.
Bundan tashqari bir necha kishi boshqaradigan firma
uchun bunday yondashuv mos (mumkin) bo‘lsa ham, aksi-
yadorlari soni juda ko‘p firmalarda buning deyarli iloji yo‘q.
Axir dunyoda millionlab aksiyadorlari jahonning turli mam-
lakatlarida yashaydigan ulkan xalqaro korporatsiyalar mav-
jud. Shunday qilib, menejerlar faoliyatini tartibga solish
bo‘yicha asosiy vazifa yoki qoidani ishlab chiqish juda muhim
masala bo‘lib, bunday qoida menejerlar firma boshqaruviga
taalluqli u yoki bu masala yuzasidan aksiyadorlar o‘rtasida
doimo so‘rov o‘tkazishlariga ehtiyoj qoldirmasligi kerak.
89
Biz aksiyadorlar boyligini maksimallashtirishdan maqsad jamiyat
manfaatlariga mos boshqa ijtimoiy maqsadlarga zid kelishi shart emas,
degan farazdan kelib chiqamiz.
90
“Assortiment” fransuzcha “assortiment” – terma, yig‘ma, to‘plam,
saralangan. Tovar va xizmatlarning turli xillari, nomlari va navlariga ko‘ra
to‘plami. Qarang: o‘sha manba. J.I. –B.110
|