Moliya
49
larga va aksincha, buning uchun yetarlicha mablag‘ga ega
badavlat kishi esa bu kabi tashkilotni boshqarish uchun
zarur qobiliyatga ega bo‘lmasliklari mumkin. Shunday qilib,
bunday vaziyatda eng maqbul yo‘l shuki, malakali muta-
xassislar
filmlar yaratib, ularga prodyuserlik qiladilar va
sotadilar, badavlat kishilar esa bu biznesni zarur miqdor-
da kapital bilan ta’minlaydilar.
Ikkinchidan,
biznesda sa-
maradorlikka erishish yoki foyda ko‘rish uchun, ko‘pin-
cha, bir necha uy xo‘jaliklarining resurslarini birlashtirish
kerak bo‘ladi. Masalan, kam byudjetli bo‘lsada,
bitta film
yaratishga millionlab mablag‘ sarflanadi, to‘liq metrajli film
esa bir necha o‘n va hatto yuzlab million so‘mga tushadi.
Bunday vaziyatda ishlab chiqarishning iqtisodiy samara-
li ko‘lami (masshtabi)ni ta’minlash maqsadida bir necha
mulkdorlarni birlashtiradigan tuzilma talab etiladi va qizig‘i
shundaki, ularning ko‘pchiligi bunday biznesni boshqarish-
da bevosita ishtirok etmaydi.
Uchinchidan,
iqtisodiy jarayonlarga xos bo‘lgan
mavhum (noaniq)lik sharoitida investor
83
lar mablag‘larni
turli firmalarga tikish (joylashtirish)
orqali riskni taqsim
-
lashga intiladilar. Mablag‘larni optimal diversifikatsiya
84
qi-
lish uchun investor portfelida turli qimmatli qog‘ozlar oz-oz
miqdorda bo‘lishi kerak. Kompaniya mulkiga egalik huquqi-
ni uni boshqarishdan ajratmasdan turib bunday taqsimotni
amalga oshirish-ning iloji yo‘q.
Faraz
qilaylik, investor ko‘ngil ochish sohasidagi ma’-
lum firmalar bir necha yil davomida daromad keltirishi
mum kin, degan xulosaga keldi va ularning aksiyalariga di-
versifikatsiyalangan kapital kiritishga ahd qildi. Agar shu
83
“Investor” inglizcha “investor”, lotincha “investire” – kiyintirmoq. In-
vestitsiya faoliyatini amalga
oshiruvchi shaxs, tashkilot yoki davlat. Qa-
rang: o‘sha manba. J.II.–B. 207.
84
Hozirgi sharoitda “diversifikatsiya” so‘zi iqtisodiy doiralarda emas,
balki boshqa juda ko‘p holatlarda ham ishlatiladigan so‘z bo‘lsa-da, u
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da o‘z aksini topmagan. Bu so‘z dunyoning
juda ko‘p tillarida aynan shu tarzda ishlatilib, ishlatilish o‘rniga
qarab
asosan, “har xil, turli xil, xilma-xil, turli-tuman, rang-barang”(lashtirish,
lashtirilgan) ma’nolarida qo‘llaniladi.