T. S. Malikov moliya


Moliya 45 gi yoki kichkina ustaxona butun faoliyat davomida yakka  mulkligicha qolishi ham mumkin. Shirkat



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

Moliya
45
gi yoki kichkina ustaxona butun faoliyat davomida yakka 
mulkligicha qolishi ham mumkin.
Shirkat 
(partnership) – bu ikki va undan ko‘p kishi 
(oila) mulki bo‘lgan firma. Ular sherik deb ataladi va kom
-
paniya kapitaliga birgalikda egalik qiladilar. Sheriklik ke-
lishuvida odatda, qarorlar qanday qabul qilinishi va fir
-
maning daromad va zarari qanday taqsimlanishi belgilab 
qo‘yiladi. Kelishuvda boshqa shart belgilangan bo‘lmasa, 
sheriklar xuddi yakka mulkchilikdagi kabi majburiyatlar 
bo‘yicha cheklanmagan javobgarlikka ega bo‘ladilar.
Ammo sheriklarning majburiyatlarini ma’lum darajada 
cheklash ham mumkin. U holda bunday sheriklar 
mas’uli­
yati cheklangan sheriklar
yoki kommanditlar, deb ataladilar 
(limited partners). Biroq bunda, sheriklarning hech bo‘lma-
sa bittasi firmaning qarzlari bo‘yicha cheklanmagan javob
-
garlikka ega bo‘ladi va u asosiy (bosh) sherik, deb ataladi. 
Odatda, kommandit sheriklar shirkat faoliyatiga taalluqli 
kundalik qarorlarni qabul qilishda ishtirok etmaydilar. Bu 
asosiy (bosh) sherikning vakolatiga kiradi.
Xususiy korxona yoki shirkatdan farqli o‘laroq, 
korpo-
ratsiya 
(corporation) – bu mustaqil yuridik shaxs bo‘lib, u 
o‘z egalaridan alohida faoliyat yuritadi. Korporatsiya mulkka 
egalik qilish, qarz olish va shartnomalar tuzish huquqiga 
ega. Ular sudga berishlari va ularni ham sudga berish mum-
kin. Bundan tashqari korporatsiyalarni va biznes yuritish-
ning ikkita boshqa shaklini soliqqa tortishda ham farq bor. 
Korporatsiya ustav hujjatlari asosida boshqariladi. Ak-
siyadorlar korporatsiya daromadidan amalga oshiriladigan 
har qanday to‘lovlarda o‘z aksiyalari soniga proporsional
80
ravishda ulushga ega bo‘lish (masalan, dividendlar ko‘ri-
nishida) huquqiga egadirlar. Aksiyadorlar direktorlar ken-
gashini saylaydi va ular o‘z navbatida, korporatsiya ish-
80
“Proporsional” lotincha “proportionalis” – mos, mutanosib; teng. 1. 
Miqdorlardan biri qancha oshsa yoki kamaysa, boshqasi ham shuncha 
o‘zgaradigan, mutanosib. 2. Qismlari, o‘lchamlari o‘zaro ma’lum nisbat-
da bo‘lgan, bo‘yi eniga mos, mutanosib, uyg‘un, kelishgan. Qarang: o‘sha 
manba. J.III.–B. 313-314.


46

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin