T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
K a p i t a l 
Jismoniy kapital 
Moliyaviy kapital 
Bino, inshoot, mashina 
uskunalari va ishlab 
chiqarish jarayonida 
ishlatiladigan boshqa 
zarur resurslar 
Jismoniy kapitalni sotib 
olishni moliyalashtirish 
imkonini beruvchi aksiyalar, 
obligatsiyalar, kreditlar 
va h.k.lar 
2.2.1-chizma.
 Kapitalning eng umumiy tarkibiy tuzilmasi
Ko‘pincha, firma o‘zining mahsulot liniyasi (yo‘nalishi)
dan kelib chiqqan holda asosiy yo‘nalishga ega bo‘ladi va 
shu bilan bir qatorda birinchisi bilan o‘zaro bog‘liq boshqa 
faoliyat bilan ham shug‘ullanadi. Masalan, kompyuter ish-
lab chiqaradigan firma o‘z faoliyatining ma’lum bosqichi
-
da kompyuterlarga xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan ham 
shug‘ullanishga ahd qilishi mumkin. 
Vaqt o‘tishi bilan kompaniyaning strategik maqsad-
lari o‘zgarishi, o‘zgarganda ham keskin o‘zgarishi mumkin. 
Ba’zi korporatsiyalar bir vaqtning o‘zida biznesning bir-biri 
bilan mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan sohalarida ishlashi uchrab 
turadigan hol. Bundan tashqari shunaqasi ham bo‘ladiki, 
firma o‘zining dastlabki faoliyati bilan umuman shug‘ullan
-
may qo‘yadi, natijada firmaning nomi uning bugungi vazi
-
falari va maqsadlariga mutlaqo mos kelmay qoladi. 
Masalan, 
ITT Corporation (International Telephone and 
Telegraph) 
korporatsiyasini eslaylik. Korporatsiya 1920-yilda 
telefon va telegraf xizmatlarini va tegishli asbob-uskunalarni 
taklif etuvchi kompaniya sifatida tashkil etilgan. XX asrning 
70-yillarida 
ITT 
ulkan ko‘p millatli konglomerat
77
ga aylan-
di. Asosiy faoliyatidan tashqari firmaning faoliyat doirasi
-
77
“Konglomerant” lotincha “conglomeratus” so‘zidan olingan bo‘lib, 
so‘zma-so‘z “to‘dalangan, yig‘ilgan, to‘plangan”, deb tarjima qilinib, jumla-
dan, “turli-tuman jins, predmet va qismlarning tasodifiy mexanik qo‘shil-


Moliya
41
ga sug‘urta, harbiy kiyim-bosh tikish, non mahsulotlari, 
yog‘och-taxta, bog‘dorchilik mahsulotlari ishlab chiqarish, 
shuningdek, tog‘-kon ishi va avtomobillarni ijaraga berish 
kirar edi. O‘tgan asrning 80-yillari davomida kompaniya shu 
faoliyat turlarining ko‘pchiligi bilan shug‘ullanmay qo‘ydi va 
butun diqqat-e’tiborini mehmonxona va qimor biznesiga qa-
ratdi. 1996-yilga kelib esa, korporatsiya umuman telefon va 
telegraf uskunalari ishlab chiqarmay qo‘ydi va telekommu-
nikatsiya xizmatlari ko‘rsatishni to‘xtatdi. 
Firma qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanishini uzil 
-kesil belgi (aniq)lab olgach, kompaniya menejerlari fabri-
ka, mashina uskunalari, tadqiqot o‘tkaziladigan laboratori-
yalar, ko‘rgazma zallari, ulgurji omborxonalar va boshqa 
uzoq muddatli aktivlar qurish va sotib olish rejasini ishlab 
chiqishlari hamda buning barchasini boshqaradigan xo-
dimlarni o‘qitish loyihasini tayyorlashlari kerak bo‘ladi. Bu 
jarayon 
investitsiyalarni rejalashtirish (capital budgeting pro
­
cess), 
deb ataladi.
 
 
Bunday tahlil birligi 
investitsion loyiha (investment project) 
hisoblanadi. Investitsiyalarni rejalashtirish har bir yangi in-
vestitsion loyiha uchun asosiy niyat (maqsad)larni belgilash, 
ularga baho berish, eng manfaatli niyat (maqsad)ni tanlash va 
ularni amalga oshirish usullarini ishlab chiqishdan iborat. 
Firma aynan qanday loyihalarni amalga oshirishini bel-
gilab olgandan so‘ng shu loyihalar qay tarzda moliyalash-
ti 
ri 
lishini aniqlashi kerak. Investitsiyalarni rejalashtirish 
bilan bog‘liq qarorlardan farqli o‘laroq kapital tuzilmasiga 
taalluqli qarorlarni qabul qilayotganda tahlil birligi alohida 
investitsion loyiha emas, balki firmaning butun o‘zidir. Ka
-
pital tuzilmasini aniqlash jarayoni firma faoliyatining ama­
liy moliyaviy rejasini ishlab chiqishdan boshlanadi, shun-
dan keyin moliyalashtirishning optimal tuzilmasini ishlab 
chiqishga kirishish mumkin.
Firmalar turli-tuman moliyaviy instrumentlarni mu-
omalaga chiqarishi mumkin. Bu tashkillashtirilgan bozor-
masidan iborat narsa, qurama” ma’nolarida ishlatiladi. Qarang: o‘sha 
manba. J.II. –B. 398.


42

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin