T. S. Malikov moliya



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

kor-
xo nalar moliyasi
 yoki 
korporativ moliya
 (business or cor
­
porate finance), deb ataladi.
Tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun 
har qanday firma hajmi(o‘lchami)dan qat’iy nazar 
kapital­
76
ga
ega bo‘lishi kerak. Bino, inshoot, mashina uskunalari 
va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur 
resurslar firmaning 
jismoniy kapitali
hisoblanadi. 
Firma
­
larga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkoni
­
ni beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlar 
moliyaviy 
kapital,
 deyiladi.
Bularni chizmali ko‘rinishda quyidagicha 
aks ettirsa bo‘ladi (2.2.1-chizma).
Birinchi gal (navbat)da har qanday firma aynan qan
-
day biznes bilan shug‘ullanishini belgilab olishi kerak va 
bu jarayon 
strategik rejalashtirish,
deb ataladi. Strategik 
rejalashtirish vaqt omilini inobatga olgan holda xarajat va 
daromadni baholash bilan bog‘liq ekan, ko‘p jihatdan uni 
moliyaviy qarorga kiritish mumkin. 
76
Ona tilimizga “kapital” so‘zi nemischa “kapital” va lotincha “capitalis” 
so‘zlaridan kirib kelgan bo‘lib, so‘zma-so‘z “bosh”, yoki “asosiy” deb tarjima 
qilinsa-da, iqtisodiy nuqtayi nazardan, eng oddiy tarzda, quyidagi ma’no-
larda ishlatilishi mumkin: a) o‘zini o‘zi ko‘paytirish uchun foydalaniladi-
gan, o‘z egasiga foyda, daromad keltiradigan boylik (qimmatli qog‘ozlar, 
pul mablag‘lari, moddiy mol-mulk va sh.k); b) katta mablag‘, ko‘p pul, 
boylik; v) kimgadir katta boylik, qadriyat hisoblangan, muhim ahamiyat-
ga ega bo‘lgan, ahamiyatga molik narsa. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B. 
316. Shunday bo‘lsa-da, ayrim hollarda Ona tilimizda “kapital”ning o‘rni-
ga “sarmoya”ni ishlatish “moda” bo‘lganligini ham qayd etib o‘tish lozim. 
Shu munosabat bilan quyidagilarni ta’kidlab o‘tishni maqsadga muvofiq
deb hisobladik: “sarmoya” so‘zi o‘zbek tiliga fors tilidan kirib kelgan. U 
“kapital, pul; boylik; asos, manba, sabab”, deb tarjima qilinadi va asosan, 
quyidagi ikki ma’noni anglatish uchun ishlatiladi: a) asosiy savdo mab-
lag‘i; b) umuman, mablag‘, pul. Qarang: o‘sha manba. J.III. –B.451. 
Endi yuqoridagi har ikki abzatsda keltirilgan holatlarni bir-biriga 
taqqoslab ko‘ringchi, “kapital” bilan “sarmoya” o‘rtasida o‘xshash jihatlar 
yoki farqli tomonlar bormikan? U holda ularning o‘rniga bir-birini ish-
latish hamma vaqt ham maqsadga muvofiqmikan? Esingizdan chiqma-
sin, Zamonaviy moliyada ham har narsani o‘z nomi bilan atash prinsipial 
ahamiyatga ega. 


40

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin