T. S. Malikov moliya



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

moliyaviy qarorlar


Moliya
37
Uy xo‘jaliklari o‘z daromadlarining ma’lum qismini ke-
lajakda sarflash uchun jamg‘arib qo‘yishlari natijasida 
ular umumiy boylik jamg‘armasini (pool of wealth) to‘plab 
qo‘yadilar. Va ular turli shakllarda saqlanishi mumkin. 
Kimdir pullarni bankdagi hisob raqamlarida saqlashni afzal 
ko‘rsa, kimdir ko‘chmas mulkka yoki biror biznesga tika-
di (yo‘naltiradi, joylashtiradi). Bu mablag‘larning umumiy 
nomi bor. Ular aktivlar (assets), deb ataladi (
iqtisodiy qiy
­
matga ega bo‘lgan barcha narsalar aktivlar, deyiladi.).
Uy xo‘jaliklarining o‘zlari to‘plagan mablag‘larni sarflash 
borasida qaror qabul qilish jarayoni 
xususiy investitsi-
yalash 
(asset allocation)
 yoki pul mablag‘larini turli ak
-
tivlar turlari o‘rtasida taqsimlash,
 deb ataladi.
Xususiy uy sotib olish bilan bir qatorda odamlar ko‘pin
-
cha, o‘z mablag‘larini moliyaviy aktivlarga, masalan, aksiya 
yoki obligatsiyalarga tikadi (joylashtiradi, qo‘yadi)lar
73
. Agar 
odam pul qarz olsa, u o‘zida yuzaga kelgan qarz majburiyati 
(liability) bilan bog‘liq ma’lum javobgarlikni o‘z zimmasiga 
oladi. Boshqacha qilib aytganda, unda qarz paydo bo‘ladi. 
Uy xo‘jaligi boyligi yoki mulkining 
toza (sof) bahosi (qiyma-
ti)
(net worth) uning mulki bahosidan uning qarz majburi-
yatlari summasini ayirish orqali aniqlanadi.
Masalan, faraz qilaylik, Siz 100 mln. so‘m turadigan uy 
egasisiz va bankdagi hisob raqamingizda 20 mln. so‘min-
giz bor. Bundan tashqari Siz bankka 80 mln. so‘m qarzsiz. 
Bu summani Siz uy sotib olayotganda bankdan ko‘chmas 
mulkni garovga qo‘yish evaziga olgansiz (majburiyat) va 5 
mln. so‘m miqdorida kredit kartochkasi bo‘yicha to‘lanma-
gan xarajatlaringiz bor. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, 
uy xo‘jaligingizdagi mulkning haqiqiy bahosi 35 mln. so‘mni 
tashkil etadi: jami aktivlardan (120 mln. so‘m) qarz ma-
jburiyatlari summasi (85 mln. so‘m) ayirib tashlanadi. Oxir 
hisobda (pirovardida) jamiyatning har qanday resurlari uy 
xo‘jaliklariga tegishli. Chunki aynan ular firma egalaridir 
73
Haqiqatdan ham shundaymi? Real vaziyatdan kelib chiqib, bu tas-
diqqa qanday baho berasiz? Bu holatning rivojlanishi yoki aksincha, rivoj-
lanmasligi nimalarga bog‘liq deb o‘ylaysiz?


38

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin