T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
larda savdo (sotuv)ga chiqariladigan standartlashtirilgan 
qimmatli qog‘ozlar – oddiy va imtiyozli aksiyalar, obligatsi-
yalar va konvertatsiya
78
qilinadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘li-
shi mumkin. Shuningdek, korxonaga qo‘yilgan bozordan 
tashqari (nobozoriy) moliyaviy talablar (claims), ya’ni bank 
ssudalari, xodimlar uchun opsionlar, ijara shartnomalari 
va pensiya ta’minoti bo‘yicha majburiyatlar ham savdo (so-
tuv)ga qo‘yilishi mumkin. 
Korporatsiya kapitali tuzilmasi kapitalning ma’lum qis-
mi egalaridan har biri korporatsiya daromadining qancha 
qismini olishini belgilab beradi. Masalan, obligatsiya egalari 
odatda, belgilangan (qat’iy) to‘lovlar olib turadi, aksiyador-
larga esa daromadga da’vogarlarning barchasi o‘z ulushini 
olgandan keyin qolgan mablag‘ to‘lanadi. Kompaniya ishi-
ning qanday nazorat qilinishi qisman kapital tuzilmasiga 
bog‘liq. Odatda, aksiyadorlar firmani direktorlar kengashi
-
ga o‘z vakillarini saylash huquqidan foydalangan holda 
boshqaradilar, obligatsiyalar chiqarish va kompaniyaning 
boshqa kredit kelishuvlariga kirishi, ko‘p hollarda, undan 
ma’lum shartlarni bajarishni taqozo etadi, 
ushbu shartlar
o‘z navbatida, kreditorlar bilan tuzilgan tegishli shartnoma
­
larda ko‘zda tutilgan bo‘ladi
(covenans ) va boshqaruv xo-
dimlari faoliyatini cheklaydi. Ushbu shartnoma cheklovlari 
tufayli kreditorlar ma’lum darajada kompaniya menejerlar-
ining ishi (faoliyati)ni nazorat qila oladilar.
Aylanma kapitalni boshqarish sifati firma muvaffaqiyat
-
iga ulkan ta’sir ko‘rsatadi. Agar menejerlar kompaniyan-
ing kunlik moliyaviy ishlariga doimiy diqqat qilmasalar (e’ti-
bor bermasalar), eng oqil tuzilgan uzoq muddatli reja ham 
ko‘ngildagidek amalga oshmasligi mumkin. Hatto o‘sib ke-
layotgan muvaffaqiyatli firmada ham kiruvchi va chiquvchi 
pul oqimlari vaqt jihatidan aniq bir-biriga mos tushmasligi 
78
“Konvertatsiya” lotincha “convertatio” so‘zidan olingan bo‘lib, so‘zma-
so‘z “o‘zgartirish”, “aylantirish” deb tarjima qilinadi va odatda, “milliy 
valyutaning amaldagi kursi bo‘yicha boshqa xorijiy valyutalarga erkin 
va cheklanmagan miqdorda almashtirilishi” ma’nosini bildiradi. Qarang: 
o‘sha manba. J.II. –B.398.


Moliya
43
mumkin. Menejerlar mijozlar o‘z hisoblari bo‘yicha to‘lovlar-
ni vaqtida amalga oshirishlarini muntazam tekshirib tu-
rishlari kerak va hokazo. Boshqacha qilib aytganda, mene-
jerlar firma moliyasi ustidan umumiy boshqaruvni shunday 
amalga oshirishlari kerakki, pul mablag‘larining operatsion 
defitsiti doimo to‘ldirilib turishi, ortiqchasi yaxshi daromad 
olib keladigan tarzda investitsiya qilinishi kerak
79

Firma moliyaviy qarorlar qabul qilishi vaqtidagi har 
bir qaror, xoh u investitsiyalash, xoh moliyalashtirish yoki 
aylanma kapitalni boshqarish masalasi bo‘lsin muayyan 
ishlab chiqarish texnologiyasiga, shuningdek, tadbirkorlik 
faoliyatini boshqarish tizimi, soliq tizimi va firma faoliyat 
yuritadigan raqobat muhiti kabi omillarga bog‘liq. Firma 
tanlaydigan moliyaviy siyosat variantlari ham bir-biri bilan 
uzviy bog‘liqdir. 

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin