T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
larini boshqarish uchun menejerlarni tayinlaydilar. Odat-
da, aksiyadorlar yig‘ilishida bitta aksiya bitta ovozga ega. 
Ammo turli toifadagi aksiyalar ham bor bo‘lib, ular turli 
ovoz huquqini berishi mumkin.
Korporativ tashkilot (biznesni korporativ tashkil qilish)
ning afzal tomoni shundaki, firmaning sog‘lom faoliyati
-
ga zarar yetkazmasdan aksiyalar boshqa egalarga berilishi 
mumkin. Boshqa afzal tomoni aksiyadorlarning mas’uliyati 
cheklanganligida bo‘lib, bu degani agar korporatsiya qar-
zlarini to‘lashga qodir bo‘lmasa, kreditor
81
lar aksiyadorlar-
ning shaxsiy mulkini emas, balki korporatsiya aktivlarini 
xatlaydilar. Bu ma’noda korporatsiya xuddi shirkatda aso-
siy (bosh) sherik bajargan vazifani bajaradi, aksiyadorlar 
esa mas’uliyati cheklangan sheriklar kabi ishlaydi (faoliyat 
ko‘rsatadi)lar. 
Butun dunyoda yirik firmalarning deyarli barchasi, gar
-
chi ularga bitta shaxs yoki oila egalik qilsa-da, korporatsiya 
shaklida faoliyat yuritadi. AQShda aksiyalari tarqoq korpo-
ratsiyalar ochiq (public corporations), mulkka egalik huquqi 
jamlangan (to‘plangan) korporatsiyalar esa yopiq yoki xusu-
siy korporatsiya (private corporations), deb ataladi. 
Turli mamlakatlarda korporatsiyalar faoliyati turlicha 
qonunlar bilan muvofiqlashtiriladi. Hatto bitta mamlakat 
ichida bunday firmalar faoliyati turli yurisdiksiyaga tushi­
shi ham mumkin. Masalan, AQShda bunday qonunlar 
davlat darajasida joriy etiladi (va ularning bajarilishi qat’iy 
nazorat qilinadi).
Kundalik hayotda nomiga qarab firmaning korporat
-
siya ekanligini quyidagicha aniqlash mumkin: masalan, 
AQShda firma­korporatsiya nomiga inglizcha incorporat
-
ed so‘zidan olingan qisqartma ink; Fransiyada – SA har-
flari (Societe Anonime); Italiyada – SpA (Societa per Azione); 
Nider landiyada – NV (Naamloze Vennootdchap); Shvetsiya-
da – AB (Aktiebolag)lar qo‘shiladi.
81
“Kreditor” lotincha “creditor” – qarz beruvchi. Mol yoki pulni nasiyaga, 
qarzga bergan muassasa yoki shaxs. Qarang: o‘sha manba. J.II.–B. 415.


Moliya
47
Germaniyada ochiq korporatsiyalar Aktiengesellschaf-
ten, deb ataladi va bunday korporatsiyani firma nomining 
oxiridagi AG harflaridan bilsa bo‘ladi; xususiy korporats
i-
yalar Gesellschaften mit beschrankter Haftung, deb ata-
ladi va ularning nomiga GmbH harflari qo‘shiladi. Buyuk 
Britaniyada PLS harflari mas’uliyati cheklangan ochiq 
kompaniyalar uchun va LTD xususiy kompaniyalar uchun 
xuddi shunday ma’noga ega. Tarixda nomi qolgan birinchi 
korporatsiyalar Amsterdam va Londonda XVII asrda tash
-
kil etilgan va o‘zbekchada “aksiyadorlik kompaniyasi” (joint 
stock companies), degan ma’noni anglatgan. Bugungi kun-
da bunday atamadan deyarli foydalanilmaydi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin