T.S.Malikov, N.H.Haydarov bilan birga u aksiyalarini sotib olgan kompaniyalarni o‘zi
boshqarishga ham qaror qabul qiladigan bo‘lsa, u o‘z mab-
lag‘larini ko‘plab kompaniyalar o‘rtasida taqsimlay olmay-
di. Shunday qilib, aytish mumkinki, biznesni korporatsiya
shaklida tashkil etish mulkdor investor o‘z mablag‘larini di-
versifikatsiya qilishi uchun ko‘proq mos keladi, chunki kor
-
poratsiya turli firmalar kapitalida nisbatan katta bo‘lmagan
ulushga egalik qilish imkonini beradi.
To‘rtinchidan, mulkka egalik huquqini boshqarishdan
ajratish axborot olishga ketadigan xarajatlarni tejash im-
konini beradi. Odatda, menejerlar firmaning ishlab chiqar
-
ish texnologiyalari, ishlab chiqarish resurslari bahosi (qiy-
mati) va mahsulotga bo‘lgan talab to‘g‘risida juda aniq va
atroflicha ma’lumot to‘play oladilar. Kompaniya egalariga
esa ishlab chiqarish texnologiyalari, firma faoliyati ning sa
-
maradorlik darajasi va uning mahsulotiga talabning qan-
dayligi to‘g‘risida umumiy yoki yuzaki tasavvurga ega
bo‘lishining o‘zi kifoya.
Ko‘ngil ochish industriya
85
si bilan bog‘liq bo‘lgan yana
bir misolni ko‘rib chiqamiz. Kinofilmlar ishlab chiqarish
va ularning prokat
86
i bilan shug‘ullanish uchun juda keng
ma’lumot to‘plash kerak bo‘ladi. Avvalo, yangi filmda ish
tirok etishga yollanishi mumkin bo‘lgan taniqli aktyorlar va
rejissyorlar to‘g‘risida ma’lumotni ortiqcha sarf-xarajatlarsiz
qo‘lga kiritish mumkin. Ammo kinofilm ishlab chiqarish va
uning prokatiga zarur boshqa resurslar to‘g‘risida so‘z bora-
digan bo‘lsa, buning uchun ko‘plab mablag‘ talab etilishi ta-
biiy. Aktyorlar tanlash bo‘yicha mutaxassislar bilan aloqa
o‘rnatish juda qimmatbaho jarayon va bu vazifani shu kasb-
ga ixtisoslashgan professional ma’murlar hammadan a’lo da-
rajada bajaradilar.
85
“Industriya” lotincha “industria” – mehnatsevarlik, tirishqoqlik. Sa-
noat, milliy xo‘jalikning jamiyat iqtisodiy rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir
ko‘rsatadigan muhim tarmog‘i. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B.209.
86
“Prokat” ruscha “prokat” – ijara (kira)ga berish yoki olish. U yoki
bu narsani ma’lum miqdordagi haq evaziga vaqtincha foydalanish uchun
berib yoki olib turish. Qarang: o‘sha manba. J.III. – B.312.