T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
xizmatlarini xuddi yurist
60
va buxgalter
61
lar kabi soatbay 
baholaydilar. O‘zini zamonaviy moliya borasida maslahat-
chi, deb ataydiganlarning taklifini tushunib olishingiz va 
to‘g‘ri qaror qabul qilishingiz uchun bir necha maslahat be-
ramiz. Ularning eng muhimlari quyidagilardan iborat:
1. Yaxshi tavsiyalarga ishonmang.
 
Ehtimoldan xoli 
emas, bojangiz yoki qadrdon bo‘lib qolgan o‘rtog‘ingiz o‘z 
moliyaviy maslahatchisini og‘iz ko‘pirtirib maqtaydi. Ammo 
u o‘zining muayyan investitsiyalari va haqiqiy daromadlari 
to‘g‘risida aniq ma’lumot bermaguncha uning maslahatlari 
o‘z mexanigini unda faqat texnik yordam mashinasi borli-
gi uchungina maqtayotgan kishining gaplaridan ko‘ra is-
honchli emas. Faqat do‘stlaringiz muhokama qilinayotgan 
masala mohiyatini tushunishlariga ishonch hosil qilgan-
dan keyingina ularning gaplariga ishoning. Axir o‘zbeklar-
da “Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin!”, - deb bekorga 
aytilmagan-ku!;
2. Diplom
62
 va turli guvohnoma-yu, sertifikat
63
larga 
doim (ko‘p hollarda) ham ishonavermang.
Inson moli-
yaviy maslahatchi lavozimini egallashining o‘zi u tegishli 
litsenziyaga ega ekanini, ko‘plab imtihonlar topshirgani-
ni va doimiy, masalan, dunyoning nufuzli joylarida (Da-
vos, Sankt-Peterburg va h.k.) o‘tkaziladigan konferensiya-
ga o‘xshash ko‘plab konferensiyalar ishtirokchisi bo‘lgani-
ni anglatadi. Undan tashqari hozirgi sharoitda dunyoning 
60
“Yurist” lotincha “jurista” – huquqshunos. Yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan 
shaxs; huquq sohasining amaliy vakili. Qarang: o‘sha manba. J.V. – B. 91.
61
“Buxgalter” nemischa “Buch” – kitob + “halter” – olib yuruvchi, tutib 
turuvchi, aynan “hisobchi” ma’nosini bildirib, idora, muassasa, korxona 
va shu kabilarning hisob-kitob ishlarini olib boruvchi mutaxassis; hisob-
chi mazmunini anglatadi. Qarang: o‘sha manba. J. I. –B. 390.
62
“Diplom” fransuzcha “diplome”, yunoncha «diploma» - ikki buklan-
gan varaq, hujjat. 1. Biror o‘quv maskanini bitirganlik yoki biror ilmiy un-
von, ilmiy daraja berilganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat; 2. Universitet, 
institut va shu kabilarni bitirish oldidan, shunday hujjat olish maqsadida 
yoziladigan ish, taqdqiqot yoki loyiha; 3. Biror huquq yoki mukofot beril-
ganligi tasdiqlovchi guvohnoma. Qarang: o‘sha manba. J. I. – B. 623-624.
63
“Sertifikat” fransuzcha “certificat”, lotincha “sertum” – aniq, to‘g‘ri, 
rost + “facere”- qilmoq. Bu erda “biror narsa, voqea haqidagi rasmiy yozma 
guvohnoma; diplom”. Qarang: o‘sha manba. J.III. – B. 488.


Moliya
31
juda ko‘p mamlakatlarida tegishli shaxslarni tijorat aso-
sida ana shunday hujjatlar bilan ta’minlovchi ko‘plab fir
-
malar ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu bois uning diplom 
va guvohnoma­yu, sertifikatlariga ishonishdan oldin undan 
moliyaviy maslahatchi bo‘lgunga qadar nima ish qilganini 
so‘rang. Ko‘pchilik bu faoliyat sohasiga savdo sohasidan ke-
ladi. Ammo borgan sari ko‘pchilik moliyaviy maslahatchilar 
buxgalterlik, muhandislik, o‘qituvchilik va yuridik tajriba-
ga ega kishilar bo‘lib chiqmoqda. Esda tuting: faqat ular-
ning oldingi ixtisoslashuvini inobatga olgan holdagina, Siz 
ularning professional (kasbiy) bilimlaridan o‘z manfaatingiz 
yo‘lida nafli tarzda foydalana olishingiz mumkin
64
. Buning 
ustiga yuqorida ta’kidlanganidek, bu yerda ham o‘zbeklarda 
“Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin!”, deb bekordan-be-
korga aytilmagani esingizdan chiqmasin.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin