T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
mobilni sotib (ijaraga) olish yoki o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish 
imkoniyatini baholashda yirik kompaniyaning moliyaviy 
direktori telekommunikatsiya xizmatlari bozoriga chiqish 
istiqbollarini belgilayotganda, yoki Jahon banki O‘zbekis-
tonda gidro yoki issiqlik elektrostansiya qurilishini moli-
yalashtirish masalasini hal etayotganda qo‘llaniladi.
Zamonaviy moliya nazariyasi shunday doktrina
34
ga 
asos 
lanadiki, unga ko‘ra moliyaviy tizimning eng asosiy 
vazifasi insonlar ehtiyojini, shu jumladan, oziq-ovqat, ki-
yim-kechak va uy-joyga bo‘lgan barcha asosiy hayotiy ehti-
yojlarni qondirishdan iborat
35
. Iqtisodiy faoliyatning har 
qan day subyekt
36
lari (firmalar ham, barcha darajadagi dav
-
lat hokimiyati organlari ham) ushbu asosiy vazifani baja-
rishga hissa qo‘shish uchun tashkil etil(adi) gan
37
.
1.2. Zamonaviy moliyani o‘rganishning obyektiv
za rur ligi
Zamonaviy moliyani o‘rganishga astoydil kirishmoq-
chimiz? Uning Siz uchun naqadar zarur ekanligini his 
etishni istaysizmi? Unda hech bo‘lmaganda quyidagi hayo-
tiy misol va savollarga bir e’tibor bering:
• Siz pul to‘plash (jamg‘arish)ni boshladingiz
38
va ularni 
bankda (gi hisob varag‘ida) saqlamoqdasiz. O‘z mablag‘in-
gizni biror-bir o‘zaro fond
39
ga qo‘yishingiz (joylashtirishin-
34
“Doktrina” lotincha “doktrina”so‘zidan olingan va «ta’limot, o‘qi-
mishlilik» deb tarjima qilinib, “ilmiy yoki falsafiy ta’limot, nazariya; asosiy 
nazariy yoki siyosiy nuqtayi nazar” ma’nosida ishlatiladi. Qarang: o‘sha 
manba. J. I. –B. 639. 
35
Buni boshqacha variantda talqin qilishga bir urinib ko‘ringchi, qan-
day vaziyatga tushar ekansiz?
36
“Subyekt” lotincha “subjektum” so‘zidan olingan bo‘lib, “ostida, asosida 
turuvchi” deb tarjima qilinadi va mantiqda: muhokama qilinayotgan, hukm 
chiqarilayotgan predmet; mantiqiy ega” ma’nosini bildiradi. Ko‘pchilik hollar-
da “faol ish-harakat qiluvchi, biluvchi, ong va irodaga ega bo‘lgan individ yoki 
ijtimoiy guruh” mazmunida ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J. III. -575. 
37
Bu tasdiqqa qo‘shilmasangiz, o‘z argumentlaringizni keltira olasizmi?
38
Buni orzu qilmagan kim bor? Buni kim istamaydi deysiz?
39
Bu o‘rinda «jamg‘arma» so‘zini ishlatmaganimizga xafa bo‘lmang. 
Chunki “fond” so‘zi o‘zbek tilida ishlatilishi mumkin bo‘lgan xalqaro ata-


Moliya
25
giz) to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar to‘g‘ri bo‘lsa, aynan qaysi fondga 
qo‘yish (joylashtirish) kerak?
40
• Sizga avtomobil kerak bo‘lib qoldi
41
. Uni sotib olish 
kerakmi yoki shunchaki ijaraga olgan yaxshi (ma’qul)mi?
42
.
• O‘quv yurtida o‘qib yurganingizda Siz mardikorlik (ma­
salan, to‘yxona yoki restoranlarda ofitsiantlik) qilib pul top
-
gansiz va o‘qishni tugatgach restoran ochishga ahd (qa ror) 
qildingiz
43
. Sizning shunday qilishingizga bu arziydimi? Umu-
man, bu to‘g‘ri bo‘ladimi? Buning uchun qancha mablag‘ ta-
lab etiladi? Siz bu mablag‘ni qayerdan olishingiz mumkin?
44
• O‘zbekistonda televizor ishlab chiqaruvchi yirik kom
-
paniyaning moliyaviy direktori Sizdan maslahat so‘ramoq-
da. U firmasining faoliyat sohasini kengaytirish arziydimi 
(maqsadga muvofiqmi) yoki yo‘qmi, shuningdek, telekom
-
munikatsiya sohasida biznes bilan shug‘ullanmoqchiligi 
borasida Sizning fikringizni bilmoqchi. Dastlabki hisob­ki
-
toblarga ko‘ra, yangi biznes tashkil etish uchun firma 
keyingi bir necha yil ichida qariyb 300 mln. so‘m sarflashi, 
keyingi yillarda ko‘riladigan iqtisodiy samara esa har yili 
olinadigan 100 mln. so‘mlik foydada mujassam. Siz unga 
nima(lar)ni maslahat berasiz? 
• Siz Jahon banki mutaxassislari guruhida ishlaysiz
45

Guruhning vazifasi O‘zbekistonning qarz so‘rab qilgan 
muro jaatini tahlil qilishdan iborat. Mablag‘ni ulkan loyiha
ya’ni gidro yoki issiqlik elektrostansiya qurilishiga sarflash 
ko‘zda tutilgan. Bunday vaziyatda Siz nimalarga asoslanib 
maslahat berasiz?
46
malardan biridir. Bu to‘g‘rida batafsil qarang: o‘sha manba. J. IV. – B. 356.
40
Bunday savollarga duch kelmaysiz, deb Sizga kim kafolat bera oladi?
41
Bu kimga kerak emas?
42
Yoki bu savollarning aniq javoblari Siz uchun prinsipial aha miyatga 
ega emasmi? Nega?
43
Yaxshi niyat – yarim mol.
44
O‘zingizni zarracha hurmat qilsangiz, bu savolga “Mablag‘ni ota-
onam dan yoki akamdan tekinga olaman”, deya ko‘rmang.
45
Orzuga ayb yo‘q! Intilganga tole’ yor!
46
Hayotda bunday misollarni qamrab oluvchi yuqoridagi ketma-ketlikni 
cheksiz davom ettirish mumkin. To‘g‘rimi? Unday bo‘lsa, bir urinib ko‘ringchi!


26

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin