Moliya
29
malaringiz qanchalik oqilona ekanini, pensiya (nafaqa)
jamg‘armangiz yetarlimi yoki yo‘qmi va o‘z investitsiya
56
lar-
ingizning samaradorligini oshirish uchun yana qanday
choralar ko‘rish (masalan, uzoq muddatli sug‘urta polis
57
i
olis h yoki o‘z hayotingizni sug‘urta qilish) kerakligini bilish-
ni istadingiz
58
. Xullas, bir qancha
reklama broshyuralarini
o‘qib, katta tajribaga ega mutaxassisni tanladingiz. Muta-
xas sis o‘z mijozlaridan olgan tavsiyanomalarni Sizga taqdim
etdi. U yaxshi inson. Xo‘sh, endi nima qilish kerak?
Bunday vaziyatda mana nimani kutsa bo‘ladi: moliyaviy
maslahat-chilarning aksariyati (ko‘pchiligi) – yoki broker-
lar, yoki sug‘urta agent
59
lari bo‘ladi. Ularning vazifasi Sizni
o‘z investitsiyalaringiz tarkibi va yo‘nalishini o‘zgartirishga
ishontirishdan iborat (axir, ana shuning evaziga ular daro-
mad oladilar-da!). Bundan tashqari ba’zi maslahatchilar o‘z
56
“Investitsiya” nemischa “investition” va lotincha “investire” so‘zlari-
dan olingan bo‘lib, so‘zma-so‘z “kiyintirmoq, sarpo bermoq”
deb tarjima
qilinsa-da, iqtisodiy nuqtai-nazardan “mamlakat ichkarisida yoki chet
elda, foyda ko‘rish maqsadida, biror korxonaga, iqtisodiyotning muayyan
tarmog‘iga kapital qo‘yish, kiritish va shunday kapitalning o‘zi” ma’nosida
ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J. II. – B. 206.
57
“Polis” frantsuzcha “police” va italyancha “polizza” so‘zlaridan olingan
bo‘lib, uning so‘zma-so‘z tarjimasi “tilxat”yoki “patta” bo‘lsa-da, o‘zbek tili-
da “sug‘urta jamiyati tomonidan sug‘urta qilingan
shaxs yoki muassasaga
beriladigan va sug‘urta shartnomasi va uning shartlarini tasdiqlaydigan
guvohnoma” ma’nosida ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J. III. –B.292.
58
Afsuski, shu kecha-kunduzda, bizning sharoitimizda bu muammo-
lar unchalik dolzarb ahamiyat kasb etmayotgandek tuyuladi. Chunki ba’zi
bir sabablarga ko‘ra masalaning bu jihatlariga unchalik e’tibor bermasdan,
hamon xotirjam yashayapmiz. Boshqa tashvishlar bilan ovvoramiz. Bunday
holat yana biroz davom etishi ham mumkin. Biroq bozor iqtisodiyotining
qonunlari – o‘ta shafqatsiz. Bugun bo‘lmasa albatta, ertaga ular o‘z kuchi-
ni ko‘rsatadi: Siz bilan bizni yuqoridagi masalalar ustida bosh qotirishimiz-
ga majbur etadi. Ulardan o‘zimizni ayro holda tasavvur etishimiz mumkin
emasligiga ishontiradi.
Shu bois, o‘z taqdiriga, kelajagiga befarq bo‘lmagan
har bir fuqaro bu muammolarni oqilona hal etishga intilishi turgan gap.
59
Bu so‘z ona tilimizga lotin (“agens, agentis”) tilidan kirib kelgan. U
so‘zma-so‘z “harakatdagi” yoki “ish yurituvchi” ma’nolarida tarjima qilina-
di. Eng umumiy ko‘rinishda, jumladan, “tashkilot, muassasa va shu
kabilarning ma’lum vazifalarni bajarish uchun tayinlangan vakili” maz-
munida ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J. I. – B. 36.