T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
rini sotuvchi kompaniya xodimlari va ko‘plab shu kabi 
shaxs 
lar shunday xizmatlarni taklif etadilar. Ko‘pincha 
bunday maslahatlar bepul beriladi, chunki yordam so‘rab 
murojaat qilgan mutaxassis yaqin kunlar (kelajak)da kom-
paniyaning yoki tegishli mutaxassisning potensial
53
(salohi-
yatli) mijozi(ga) bo‘lishi (aylanishi) mumkin. Ammo olingan 
maslahatning sifatini qanday baholasa bo‘ladi? Sizni chuv 
tushirib ketishmadimikan? Balki, “oltin tog‘” va’da qilinib, 
qo‘yningiz puch yong‘oqqa to‘ldirilgandir? Zamonaviy moli-
ya ni chuqur o‘rganibgina shunday obyektiv baholash 
uchun zarur asosiy me’zonlar bilan tanishish mumkin.
Misol: Siz o‘zingiz uchun “Moliyaviy maslahatchi 
ning 
maslahati kerakmi?”, degan savolga javob topmoqchi-
siz. Buning uchun quyidagi 
foydali maslahatlar
dan ogoh 
bo‘lsangiz, foydadan xoli bo‘lmas yoki ayni muddao!
Faraz qilaylik, Siz 50,0 mln. so‘mlik moliyaviy aktivlar 
portfel
54
i (shu jumladan, pensiya (nafaqa) hisob varaqlari)
ga, uy-joy, oddiy qarz majburiyatlari va aksiyalar opsion
55
i-
ga egasiz. Vaqti kelib Siz bugungi kunda kapital qo‘yil-
53
“Potensial” lotincha “potentia” so‘zidan kelib chiqqan va u «salohiyat, 
kuch, quvvat» deb tarjima qilinadi va quyidagi ma’nolarda ishlatilishi mum-
kin: a) biron-bir jihatdan imkoniyatlar, kuch-qudrat darajasi; foydalanilishi 
mumkin bo‘lgan vositalar, imkoniyatlar majmui; b) foydalanilishi mumkin 
bo‘lgan, ammo ro‘yobga chiqmagan. Qarang: o‘sha manba. J. III. – B. 301.
54
“Portfel” fransuzcha “portefeuille” so‘zidan olingan bo‘lib, a) kitob, 
daf tar, hujjat kabilar solib olib yuriladigan dastali va qopqoqli maxsus 
sumka; b) nashriyotlarda, gazeta, jurnal tahririyatlarida navbatdagi nashr 
uchun to‘plangan qo‘lyozma materiallar majmuyi ma’nolarida ishlatila-
di. Qarang: o‘sha manba. J. III. –B. 299. Shu munosabat bilan bu yerda 
“portfel” so‘zi, ko‘chma ma’noda bo‘lsa-da, shunga yaqin ma’noni anlatib, 
uni “moliyaviy aktivlar majmuini o‘zida mujassam etuvchi maxsus sum-
ka” sifatida talqin qilish mumkin.
55
O‘zbek tilida ishlatilishi mumkin bo‘lgan “opsion” so‘zi nemischa “op-
tion”, lotincha “optionis” so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, “tanlash, istak”ni 
bildiradi. U quyidagi ma’nolarda ishlatilishi mumkin: a) shartnoma shart-
lariga ko‘ra tomonlardan biriga majburiyatlarni bajarish yo‘li, shakli, hajmi, 
texnikasini tanlab olish uchun berilgan huquq; b) sotuvchi yoki xaridorga 
qimmatli qog‘ozlar yoki tovarlarni muayyan muddat davomida belgilangan 
narxlarda sotib olish yoki sotish huquqini beradigan shartnoma. Qarang: 
o‘sha manba. J. III. – B. 131.


Moliya
29
malaringiz qanchalik oqilona ekanini, pensiya (nafaqa) 
jamg‘armangiz yetarlimi yoki yo‘qmi va o‘z investitsiya
56
lar-
ingizning samaradorligini oshirish uchun yana qanday 
choralar ko‘rish (masalan, uzoq muddatli sug‘urta polis
57

olis h yoki o‘z hayotingizni sug‘urta qilish) kerakligini bilish-
ni istadingiz
58
. Xullas, bir qancha reklama broshyuralarini 
o‘qib, katta tajribaga ega mutaxassisni tanladingiz. Muta-
xas sis o‘z mijozlaridan olgan tavsiyanomalarni Sizga taqdim 
etdi. U yaxshi inson. Xo‘sh, endi nima qilish kerak?
Bunday vaziyatda mana nimani kutsa bo‘ladi: moliyaviy 
maslahat-chilarning aksariyati (ko‘pchiligi) – yoki broker-
lar, yoki sug‘urta agent
59
lari bo‘ladi. Ularning vazifasi Sizni 
o‘z investitsiyalaringiz tarkibi va yo‘nalishini o‘zgartirishga 
ishontirishdan iborat (axir, ana shuning evaziga ular daro-
mad oladilar-da!). Bundan tashqari ba’zi maslahatchilar o‘z 
56
“Investitsiya” nemischa “investition” va lotincha “investire” so‘zlari-
dan olingan bo‘lib, so‘zma-so‘z “kiyintirmoq, sarpo bermoq” deb tarjima 
qilinsa-da, iqtisodiy nuqtai-nazardan “mamlakat ichkarisida yoki chet 
elda, foyda ko‘rish maqsadida, biror korxonaga, iqtisodiyotning muayyan 
tarmog‘iga kapital qo‘yish, kiritish va shunday kapitalning o‘zi” ma’nosida 
ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J. II. – B. 206.
57
“Polis” frantsuzcha “police” va italyancha “polizza” so‘zlaridan olingan 
bo‘lib, uning so‘zma-so‘z tarjimasi “tilxat”yoki “patta” bo‘lsa-da, o‘zbek tili-
da “sug‘urta jamiyati tomonidan sug‘urta qilingan shaxs yoki muassasaga 
beriladigan va sug‘urta shartnomasi va uning shartlarini tasdiqlaydigan 
guvohnoma” ma’nosida ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J. III. –B.292.
58
Afsuski, shu kecha-kunduzda, bizning sharoitimizda bu muammo-
lar unchalik dolzarb ahamiyat kasb etmayotgandek tuyuladi. Chunki ba’zi 
bir sabablarga ko‘ra masalaning bu jihatlariga unchalik e’tibor bermasdan, 
hamon xotirjam yashayapmiz. Boshqa tashvishlar bilan ovvoramiz. Bunday 
holat yana biroz davom etishi ham mumkin. Biroq bozor iqtisodiyotining 
qonunlari – o‘ta shafqatsiz. Bugun bo‘lmasa albatta, ertaga ular o‘z kuchi-
ni ko‘rsatadi: Siz bilan bizni yuqoridagi masalalar ustida bosh qotirishimiz-
ga majbur etadi. Ulardan o‘zimizni ayro holda tasavvur etishimiz mumkin 
emasligiga ishontiradi. Shu bois, o‘z taqdiriga, kelajagiga befarq bo‘lmagan 
har bir fuqaro bu muammolarni oqilona hal etishga intilishi turgan gap.
59
Bu so‘z ona tilimizga lotin (“agens, agentis”) tilidan kirib kelgan. U 
so‘zma-so‘z “harakatdagi” yoki “ish yurituvchi” ma’nolarida tarjima qilina-
di. Eng umumiy ko‘rinishda, jumladan, “tashkilot, muassasa va shu 
kabilarning ma’lum vazifalarni bajarish uchun tayinlangan vakili” maz-
munida ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J. I. – B. 36.


30

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin