Moliya
37
Uy xo‘jaliklari o‘z daromadlarining ma’lum qismini ke-
lajakda sarflash uchun jamg‘arib qo‘yishlari natijasida
ular umumiy boylik jamg‘armasini (pool of wealth) to‘plab
qo‘yadilar. Va ular turli shakllarda saqlanishi mumkin.
Kimdir pullarni bankdagi hisob raqamlarida saqlashni afzal
ko‘rsa, kimdir ko‘chmas mulkka
yoki biror biznesga tika-
di (yo‘naltiradi, joylashtiradi). Bu mablag‘larning umumiy
nomi bor. Ular aktivlar (assets), deb ataladi (
iqtisodiy qiy
matga ega bo‘lgan barcha narsalar aktivlar, deyiladi.).
Uy xo‘jaliklarining o‘zlari to‘plagan mablag‘larni sarflash
borasida qaror qabul qilish jarayoni
xususiy investitsi-
yalash
(asset allocation)
yoki pul mablag‘larini turli ak
-
tivlar turlari o‘rtasida taqsimlash,
deb ataladi.
Xususiy uy sotib olish bilan bir qatorda odamlar ko‘pin
-
cha, o‘z mablag‘larini moliyaviy aktivlarga, masalan, aksiya
yoki obligatsiyalarga tikadi (joylashtiradi, qo‘yadi)lar
73
. Agar
odam
pul qarz olsa, u o‘zida yuzaga kelgan qarz majburiyati
(liability) bilan bog‘liq ma’lum javobgarlikni o‘z zimmasiga
oladi. Boshqacha
qilib aytganda, unda qarz paydo bo‘ladi.
Uy xo‘jaligi boyligi yoki mulkining
toza (sof) bahosi (qiyma-
ti)
(net worth) uning mulki bahosidan uning qarz majburi-
yatlari summasini ayirish orqali aniqlanadi.
Masalan,
faraz qilaylik, Siz 100 mln. so‘m turadigan uy
egasisiz va bankdagi hisob raqamingizda 20 mln. so‘min-
giz bor. Bundan tashqari Siz bankka 80 mln. so‘m qarzsiz.
Bu summani Siz uy sotib olayotganda bankdan ko‘chmas
mulkni garovga qo‘yish evaziga olgansiz (majburiyat) va 5
mln. so‘m miqdorida kredit kartochkasi bo‘yicha to‘lanma-
gan xarajatlaringiz bor. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki,
uy xo‘jaligingizdagi mulkning haqiqiy bahosi 35 mln. so‘mni
tashkil etadi: jami aktivlardan (120 mln. so‘m) qarz ma-
jburiyatlari summasi (85 mln. so‘m) ayirib tashlanadi. Oxir
hisobda (pirovardida) jamiyatning har
qanday resurlari uy
xo‘jaliklariga tegishli. Chunki aynan ular firma egalaridir
73
Haqiqatdan ham shundaymi? Real vaziyatdan kelib chiqib,
bu tas-
diqqa qanday baho berasiz? Bu holatning rivojlanishi yoki aksincha, rivoj-
lanmasligi nimalarga bog‘liq deb o‘ylaysiz?